Nazariy o‘quv mashg‘ulotining o‘qitish texnologiyasi


Download 1.51 Mb.
bet13/79
Sana09.06.2023
Hajmi1.51 Mb.
#1472590
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   79
Bog'liq
Markaz Domla7777

7-MAVZU: Traversalarning vazifasi, tuzilishi va turlari.
Reja:
1. Traversalarning tuzilishi va turlari.
2. Traversalar.
3. Qamrovlar.
Qattiq stroplarning keng tarqalgan qismi - traversalardir. Ular montaj qilinadigan elementlami qamraydigan moslamalari bor metall to'sin yoki fermadan iborat bo'ladi. Ularning soni elementlarni qamrash nuqtalari soniga qarab o'zgaradi. Masalan, ustunlar uchun 1 yoki 2, fenna va to'sinlar uchun 2 yoki 4, plitalar uchun 4 yoki 6 ta bo'ladi.
Ko'pincha, qamrov moslamalari sifatida uchlarida ilmoqlari yoki karabinlari bo'lgan yengillashtirilgan stroplarga o'xshash osmalar, shuningdek, ikkita metall jag'dan iborat qamrovlardan foydalaniladi. Keyingi qamrov montaj qilinadigan elementni qamrab, ularni tiqin yordamida tutib turadi.
Kran ilmog'iga traversa va qamrovlarni osish uchun odatda proushina yoki halqa qilinadi. Ba'zan traversalar kran ilmog'iga po'lat arqonlar yordamida osiladi.
Uzun elementlami, sargalarni, qobiqlami ko'tarish uchun stroplar tik osilgan to'sin yoki uchburchak fennalar ko'rinishidagi traversalardan foydalaniladi. Yukni bir necha joyidan ilish imkoni borligi ko'tarilayotgan elementlarda hosil bo'ladigan qisuvchi kuchlarni yo'qotadi yoki kamaytiradi. Bunday kuchlar qiya stroplar ishlatilganda ko'tarilayotgan elementlarning og'irliklaridan paydo bo'lishi mumkin. Tik stroplar yordamida ko'tarishda ko'tarilayotgan elementni qo'shimcha kuchaytirishga hojat bo'lmaydi.
Yirik plitalar- qoplama to'shamalarini montaj qilishda fazoviy traversalar qo'llaniladi (97- rasm).
Ular uchlariga mahkamlangan ikkita ko'ndalang traversa-to'sin uchburchak po'lat ferrnadan iborat. Traversa-to'sinlarga stroplar osilgan; stroplar plitalarning montaj ilmoqlariga ilinadi. Ferrnalar o'rniga ko'ndalang traversa-to'sinlar ko'chma muftalar yordamida mahkamlanadigan po'lat quvurlardan ham foydalaniladi. Muf­ taning o'rnini almashtirib, ulami maxsus moslamalar bilan quvurda mahkamlab, traversa gabaritlarini montaj qilinadigan qismlar o'lchamlariga moslab o'zgartirish mumkin.
Boshqa uzun elementlarni ko'tarish uchun har xii muvo­ zanatlagich traversalardan foydalaniladi. Ularga stroplar jufti roliklar orqali osiladi, shu tufayli ularning ilmoqlarida kuchlar har doim teng bo'ladi va montaj qilinadigan tuzilmalarning montaj ilmoqlariga bir xil yuklama tushadi.

Download 1.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling