Nazariy o‘quv mashg‘ulotining o‘qitish texnologiyasi
Download 1.51 Mb.
|
Markaz Domla7777
4-MAVZU: Yuk osish moslamalarining vazifasi, turlari va tuzilishi. Yuk osish moslamalarining vazifasi va ahamiyati.
Reja: 1. Yuk osish organlari. 2. Yuk osish moslamalarining vazifasi. 3. Ilgaklar va sirtmoqlar. Yuk osish organlarining ishonchli va xavfsiz ishlashi, qulay, mavjud og'irligining kam bo'lishi talablarga mos kelishi kerak. Ular sirasiga ilgaklar, sirtmoqlar, maxsus qisqichlar, elektromag nitlar, greyferlar, stroplar, traversalar, yuklarni stroplash va ularni kran ilgak osmasiga osish uchun mo'ljallangan qamrovlar kiradi. Yuk osish organlari birxillashtirilgan (normalashtirilgan) yoki maxsus bo'lishi mumkin. Har bir moslamada individual raqam bo'lishi va bu raqamlar undan foydalanadigan tashkilot jumaliga qayd etib borilishi lozim. Yuk osish moslamalarini vazifasi turli yuklarni ishonchli va xavfsiz holda stroplab kran ilgak osmasiga osib berishdan iboratdir. Donali yuklami ko'tarish mexanizmining egiluvchan ish organiga osish uchun yukli ilgaklar va sirtmoqlardan foydalaniladi. Yuklar bu organlarga arqonli, zanjirli stroplar yoki maxsus qisqichlar yordamida osiladi. Ilgaklar tuzilishiga ko'ra bir (80- a rasm) va ikki (80-b rasm) shoxli bo'ladi. Ulaming o'lchamlari standartlashtirilgan bo'lib, tegishli DAST da ko'rsatilgan. Masalan, dastaki va mashina yuritmali mexanizmlarda bir shoxli ilgaklar DAST 6628-78 bo'yicha, ikki. shoxli ilgaklar DAST 6628-73 bo'yicha tanlanadi. Ilgaklar DAST 1050-60 bo'yicha kam uglerodli 20 va 20 G po'latlardan bolg'alab yoki shtamplab tayyorlanadi. Bir shoxli ilgakning eng xavfli kesimi A-A (80- a rasm) kesim bo'lib, bu kesim uning markaziga qo'yilgan Qyuk massasidan egilishga va cho'zilishga ishlaydi. A-A kesim egilishga va a= 45° burchak ostida ikkita qiya stroplarda yuk osilgan bo'lsa, qirqilishga hisoblanadi. İkki shoxli (80-b rasm) ilgakning G-G va V-V kesimlari egilishga vahar qaysi shoxga ta’sir etuvchi hisobiy kuch ta'siridan qirqilishga hisoblanadi. Yengil va o'rta rejimli kranlardagi ilgak oquvchanlik chegarasiga nisbatan hisoblagan da,mustahkamlik zaxirasi 2 ga teng, og'ir va o'ta og'ir rejimlarda 2,25 ga teng deb olinadi. Yuk ko'taruvchanligi yuqori kranlar uchun DAST 6619-69 bo'yicha bir va ikki shoxli plastinkali ilgaklar tanlanadi. Ular DAST 380-71 bo'yicha martenli VMSt 3 sp markali po'lat, DAST 1050-60 bo'yicha po'lat 30 yoki DAST 6713-53 bo'yicha 16MS po'latlaridan parchinlab tayyorlanadi. Yangi ilgaklarga yuk ko'taruvchanligidan 25% ortiqcha yuk ilinadi, ilgak yukni 10 daqiqa davomida ko'tarib turishi kerak. Bunday yuklamaga bardosh bergan ilgaklar sinovdan o'tkaziladi va ularni yuk ko'tarish mashinalarida ishlatishga ru:xsat beriladi. Agar ilgakning formasi va o'lchamlari DAST talabiga javob bermasa, bunday ilgaklarni mustahkamlikka hisoblash kerak. Yuklarni yuk tashish moslamalari bilan bir joydan ikkinchi joyga uzatish zarur bo'lsa, Davlat texnika nazorati talablariga muvofiq yuk ilgaklari tutashtiruvchi saqlash moslamasi bilan ta'minlanadi. Bu rnoslama osilgan yukning ilgak og'zidan chiqib ketishiga yo'l qo'yrnaydi. Download 1.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling