Nazariy o‘quv mashg‘ulotining o‘qitish texnologiyasi


Download 1.51 Mb.
bet5/79
Sana09.06.2023
Hajmi1.51 Mb.
#1472590
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   79
Bog'liq
Markaz Domla7777

Minorali kranlar. Qishloq xo'jalik va gidrotexnik inshootlar, turarjoy va sanoat binolarini qurishda, tuzilmalar va texnologik
jihozlarni montaj qilishda, shuningdek, qurilish-montaj ishlarini olib borishda minorali kranlardan keng foydalaniladi. Kran minorasi tuzilmasi bo'yicha: minorasi aylanadigan (KB-160.2, KB-503) va minorasi aylanmaydigan (KB-674, KB-572) turga bo'linadi.
O'matish usuliga qarab, minorali kranlar ko'chma, statsionar va o'zi ko'tariladigan turlarga bo'linadi. Bu kranlar DAST 13555- 79 bo'yicha yuk ko'taruvchanligi: maksimal qulochda 3,2 t dan 16,0 t gacha, maksimal ko'tarish 5,0 t dan 50,0 t gacha, ko'tarish tezligi 0,3 m/min dan 70 m/min gacha aravachasining tezligi 20 m/min dan 50 m/min gacha, kran tezligi 10 m/min dan 40 m/ min gacha ko'tarish balandligi 32 m dan - 150 m gacha, ilgak qulochi 40 m gacha, aylanishlar chastotasi 0,2 min dan 0,7 min gacha bo'ladi.
Minorasi aylanmaydigan minorali kranlar (26- rasm) harakat­ lantirish mexanizmi (]) peshtoq (2), minora (3), boshqarish kabinasi (4), burish mexanizmi (5), posangi (7) qo'yiladigan konsol (6), yuk ko'tarish mexanizmi (8), strelani ko'tarish mexanizmi (9), ogolovka (10), strela polispasti (11), strela (12), yukli aravacha (13), yurish aravachasi (14) va yurish qismi (15), qaytma argon
(16) dan tashkil topadi. Minorasi aylanadigan kranlarning asosiy qismiga (27- rasm) harakatlantirish mexanizmi (]), yurish aravachasi (2), yurish ramasi (3), minora yuk ko'tarish mexanizrni (9), tayanch burilish moslamasi (10) burilish platformasi (] 1), strela qulochini o'zgartish mexanizmi (12), strela polispasti (13) va posangi (14) kiradi.
Minorali kranlarda ilgak qulochi ikki usulda o'zgartiriladi:

  1. aravachani strela ustida harakatlantirib;

  2. strelani ko'tarib-tushirish bilan.

O'z-o'zini ko'taruvchi kranlar ko'p qavatli va baland binolarni qurishda qo'llaniladi. Yuk ko'taruvchanligi 3,0 t dan 5,0 t gacha, qulochining uzunligi 22 m va undan ham uzun bo'ladi.






Download 1.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling