Nazariy o‘quv mashg‘ulotining o‘qitish texnologiyasi


Download 1.51 Mb.
bet3/79
Sana09.06.2023
Hajmi1.51 Mb.
#1472590
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   79
Bog'liq
Markaz Domla7777

Avtomobil kranlar. Avtomobil kranlar tarqoq obyektlarda qu­ rilish-montaj ishlarida yuklarni ko'tarish va tushirish, ularni kichik masofalarga gorizontal holatda ko' chirishda ishlatiladi. Ular asosan uch turga bo'linadi:

  1. Ilgak osmasi bilan ishlaydigan;

  2. Yarim universal kranlar - ilgak osmasi va greyfer bilan ishlaydigan;

  3. Universal kranlar - har xil almashtiruvchi asbob-uskunalar bilan ishlaydigan.

MDH da ishlab chiqarilayotgan avtomobil kranlarni yuk ko'taruvchanlik bo'yicha ikki katta guruhga bo'lish mumkin: yuk ko'taruvchanligi 2,5 t ... 5,0 t, yuk momenti 7,5 ... 19,0 tm. va yuk ko'taruvchanligi 16,0 t, yukli momenti 21,0 ... 62,0 tm. Ayrimlari har xil uzunlikdagi alishuvchi strelalar bilanjihozlangan. Avtomobil kranlar o'zining yuqori tezkorligi va harakat tezligining yuqoriligi (yuksiz 60 km/soat gacha) bilan boshqa kranlardan farq qiladi. Yuk bilan harakat tezligi 5 km/soat dan oshmaydi.
Avtomobil kranlar juda og'ir yuk bilan ishlash vaqtidagi turg'unlikni oshirish uchun chiqarma tayanchlar bilan jihozlanadi. Yuk ko'taruvchanligi 5,0 t gacha bo'lgan avtomobil kranlarning mexanizmlari avtomobil motoridan quvvat olish qutisi orqali harakatga keltiriladi. Yuk ko'taruvchanligi 10,0 t dan yuqori kranlar mexanizmi individual elektr yuritmaga ega bo'ladi. Elektr yuritmalar kranga o'matilgan o'zgaruvchan tok generatoridan harakatlanadi. Generator rotori quvvat olish qutisi orqali avtomo­ bil motoridan yoki buruvchi platformasiga o'matilgan motordan aylanma harakat oladi.
Ko'pchilik avtomobil kranlarda hozirgi vaqtda gidravlik yuritma qo'llanilmoqda. KS-3571 markali gidravlik avtomobil kran sxemasi 29- rasmda ko'rsatilgan. Bu kranning maksimal yuk ko'taruvchanligi 6,3 t gacha, ilgak qulochi 3 m (yuk og'irligi 0,615 t bo'lganda, ilgak qulochi 10,8 m), ZIL-130 markali avtomobil ramasiga o'rnatilgan. Ko'tarish va tushirish tezligi 2 m/min dan 12 m/min gacha· o'zgaradi. Gidrosistemadagi ish bosimi 9,81 MPa ga teng, buruvchi platformaning aylanishlar chastotasi 3 ayl/min gacha.
Yuritma gidrosistemasi mexanizmlari posangi (7), kojux (8), strela (13) kranning buriluvchi (6) platformasida joylashgan. Gidrosistema yuritmasi harakatni avtomobilning ikki pog'onali quvvat olish qutisi (1) dan oladi. Gidroyuritma (11) elementlariga: aylanma harakat beradigan gidromotorlar va ilgarilama harakat beradigan gidrotsilindrlar kiradi.
Turg'unlikni ta'minlash va yurish mexanizmlari (3) ga tusha­ digan yuklamalarni kamaytirish uchun avtomobillar chiqarma tayanch (2) lar bilan jihozlangan. Kranda, shuningdek, gidravlik ressora - stabilizatorlar bo'lib, ular avtomobil turg'unligini oshiradi va burilganda ressoradagi yuklamani ko'prikka bir tekis uzatilishini ta'minlab turadi. Buriluvchi platformaga yuk ko'ta­ ruvchi chig'ir, burish mexanizmi (5), boshqarish kabinasi (10) va strela (13) o'rnatilgan. Teleskopik strela harakatni gidro­ tsilindrdan oladi va transport holatida tirsak (12) ga tayanib turadi.




Download 1.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling