26-rasm. Minorasi aylanmaydigan minorali kran.
O'ziyurar strelali kranlar. O'ziyurar strelali kranlar ortish tushirish va montaj-qurilish ishlarini bajaradi. Ular yuk ko'taruvchanligiga qarab uch guruhga bo'linadi: yengil kranlar - yuk ko'taruvchanligi 10,0 t gacha; o'rta og'irlikdagi kranlar yuk ko'taruvchanligi 10,0 t dan 25,0 t gacha va og'ir kranlar yuk ko'taruvchanligi 25,0 t dan yuqori. Ortish-yuklash va maxsus montaj ishlari uchun MDH da yuk ko'taruvchanligi 250,0 t gacha bo'lgan kranlar ishlatiladi. O'ziyurar strelali kranlarga: avtomo bilga o'matilgan, gusenitsali, pnevmog'ildirakli, shuningdek, maxsus ramaga o'matilgan kranlar kiradi. Ular boshqa kranlardan (masalan, minorali kranlardan) mustaqil harakatlanish uchun maxsus yuritma bilan jihozlanganligi bilan farqlanadi. O'ziyurar strelali kranlar quyidagi afzalliklarga ega:
Ish maydoni chegarasida tezkorlik bilan mustaqil harakat lana oladi.
Kranlarni montaj va demontaj qilish, ular ishlatiladigan hamda harakatlanadigan maydonchalarni tayyorlash, kranni
28-rasm. Avtomobil shassisiga o'rnatilgan o'ziyurar kranlar. a-40 t Ii 4 o'qlik kranning umumiy ko'rinishi; b, d, e, f-25, 40, 63 va 100 t li ko'p o'qlik kranning transport holatidagi umumiy ko'rinishi.
obyektdan-obyektga ko'chirish ishlari oddiy, tez va arzon bajariladi.
Bulardan tashqari o'ziyurar strelali kranlarning almash tiriladigan strela jihozlari komlekti bilan ta'minlanganligi boshqa kranlarga nisbatan afzalligidir. Strela jihozi komplekti krandan har xil ishlarda foydalanishga va uni yuk ko'tarish xususiyatlariga nisbatan tez o'zgartirishchga imkon beradi.
O'ziyurar strelali kranlar: yurish moslamasi tuzilmasi bo'yicha gusenitsali va pnevmog'ildirakli tayyorlanadi. Yuritma turga ko'ra esa bir va ko'p motorli bo'ladi. So'nggi paytlarda ko'plab kranlar gidravlikyuritma bilan jihozlanmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |