Nazariy o‘quv mashg‘ulotining o‘qitish texnologiyasi


O‘quv mashg‘ulotining texnologik xaritasi


Download 1.51 Mb.
bet76/79
Sana09.06.2023
Hajmi1.51 Mb.
#1472590
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   79
Bog'liq
Markaz Domla7777

O‘quv mashg‘ulotining texnologik xaritasi

Ish bosqichlari va vaqti

Faoliyat mazmuni

O‘qituvchi

Ta’lim oluvchi

1-Bosqich O‘quv
mashg‘ulotiga
kirish
(10-daq)

Tashkiliy qism:
1.Salomlashish va guruh davomatini tekshirish, o‘quvchilarni mashg‘ulotga tayorgarligi (sog‘lig‘i, formasi, o‘quv qurollarini mavjudligini) tekshirish.
2.O‘quv fan nomi va o‘qituvchi ismi sharifi bilan tanishtirish(1-ilova).

Mashg‘ulotga tayyorlanadilar, tinglaydilar

2-bosqich.
Asosiy
(65-daq)

Maqsad va vazifani belgilanishi:
1. Mashg‘ulotning nomi, rejasi, maqsad
va o‘qitish natijalar bilan tanishtirish.
2.Mustaqil ishlash uchun adabiyotlar
bilan tanishtiraman va ularga namoyish etish.
3.O‘quv mag‘shulotida o‘quv ishlarni
baholash mezoni va ko‘rsatkichlari bilan
tanishtirish (2-ilova).
Ta’lim oluvchilar bilimini faollashtirish;
4. Tezkor-so‘rov orqali bilimlarini
faollashtirish (3-ilova).
5. Faning maqsadi va vazifalari bilan
tanishtirish.
6.Kichik guruhlarga bo‘ladi, kichik
guruhda ishlash qoidasi bilan tanishtiradi (4-
ilova) va xar bir guruhga topshiriq beradi (5-
ilova).
Yangi o‘quv material bayoni:
7.Nazariy mashg‘ulotning rejasi va
tuzilishiga muvofiq, asosiy nazariy holatlarni
bayon qilish (6-ilova).
Yangi o‘quv materialini mustahkamlash:
8. O‘tilgan mavzuni mustahkamlash
uchun ommaviy savollar berish (7-ilova),
berilgan javoblarni to‘ldiraman va qisqacha
xulosalar qilish.
9. Savollarga javob bergan o‘quvchilarni
baholashni o‘tkazish.
10. Mavzuning har bir rejasi bo‘yicha
o‘quvchilar qanday o‘zlashtirganliklari
to‘g‘risida xulosalar qilish.
11. Eng asosiylariga e’tibor qaratish, va
berilayotgan ma’lumotlarni daftarga qayd
etishlarini eslatish.
12.Mavzuni kasbiy faoliyatidagi
ahamiyati va qo‘llanishi bilan bo‘g‘lab
mavzuni yakunlash.

Diqqat qiladilar.
Savollarga javob beradilar.
Mavzu nomi va rejasini yozib oladilar.
Diqqat qiladilar.
Yozib oladilar.
Diqqat qiladilar.
Savollarga javob beradilar.
Diqqat qiladilar.
Yozib oladilar
Diqqat qiladilar.
Berilgan qo‘shimcha savollarga javob beradilar.

Ma’lumotlarni daftarga qayd qiladilar.



3-bosqich Yakuniy
(5-daq)

Mashg‘ulot yakuni:
1.Faol ishtirok etgan o‘quvchilarni javoblarini izohlab baholash.
Uyga vazifani berilishi:
2.Kelgusi mashg‘ulotga vazifa va uni bajarish yuzasidan tushuncha berish, kerakli adabiyotlar ro‘yxatini va bajarish uchun tavsiyalar berish (8-ilova).

Baholari bilan tanishadilar.
Topshiriqni yozib oladilar.

58-MAVZU: Qurilish konstruksiyalarini ilish uchun ishlatiladigan moslamalarni o’rnatish.


Reja:
1. Montaj ishlaridagi qurilmalar.
2. Xavozalar, zinalar, lulkalar.

Montaj ishlarida 25,0...200,0 t yuk ko'taradigan gidravlik domkratlardan foydalaniladi. Balandligi 300...400 mm bo'lgan domkratlar bilan yuklar 75...200 mm balandlikka ko'tariladi. Domkratlarning vazni og'ir bo'lishi 200...800 N va qo'lda o'matilishi ulaming kamchiligidir.


Montaj ishlarida ishlatiladigan kranlar yuqori yuk ko'taruv­ chanligi (500,0 t gacha) oralig'i kichikligi (taxminan 20 m gacha) va sekin harakat qilishi bilan tavsiflanadi.
Qishloq xo'jalik va gidrotexnik inshootlar, turarjoy va sanoat binolarini qurishda, tuzilmalar va texnologik jihozlarni montaj qilishda, shuningdek, qurilish-montaj ishlarini olib borishda minorali kranlardan keng foydalaniladi. Kran minorasi tuzilmasi bo'yicha: minorasi aylanadigan (KB-160.2, KB-503) va minorasi aylanmaydigan (KB-674, KB-572) turga bo'linadi.
Yuklash, tushirish va montaj ishlari uchun mo'ljallangan normal kranlar DAST 5126-70 bo'yicha yuk ko'taruvchanligi 10,0 va 16,0 t, strela uzunligi 8 m, ko'tarish balandligi 27...29,5 m, ko'tarish tezligi 24...20 m/min (asosiy) va 0,6...0,4 m/min (yordamchi), harakat tezligi 33 min·1, strela uzunligini o'zgartirish tezligi 20 m/min va burish tezligi 1,1 m/ min bo'ladi. Kemasozlikda ishlaydigan portal kranlarning yuk ko'taruvchanligi 100,0 t dan strelasining uzunligi esa 50 m dan ortiq bo'ladi.
Montaj ishlarida bir tarmoqli (ISS), ikki tarmoqli (2SS), uch tarmoqli (3SS), to'rt tarmoqli (4SS), universal (SSU) stroplardan keng foydalaniladi. Ko'tarilayotgan yuklarning qirralariga zattjirlardan shikast yetmasligi uchun zanjir bilan yuk orasiga yumshoq metalldan tayyorlangan qistirmalar ishlatiladi.
Montaj ishlarini bajarish uchun boshqa qamrov moslamalaridan foydalaniladi. Bularda montaj qilinadigan elementlarning o'ziga xos tomonlari hisobga olingan bo'ladi. Tuzilmalarni ko'tarish uchun qamrov moslamalari tiplari haqidagi ko'rsatmalar montaj ishlarini bajarish loyihalarida va ish jarayonlari texnologik kartalarida beriladi.
Montaj ishlarini bajarishda ko'pincha arqonni bevosita ishlatishga to'g'ri keladi. Ular yuklar (tuzilma elementlari)ga, ko'tarish krani ilmog'iga yoki machtalarga mahkamlanadi, boshga hollarda har xil tugun hamda ulamalarni go'llashga to'g'ri keladi: dumaloq narsalarni yakka argon bilan ilishda sakkizsimon va go'sh sakkizsimon; katta diametrli predmetlarga argon uchini bog'lashda galmiq tuguni; arqonni machtalar, yakorlarga mahkamlashda gistirma ; qo'sh gistirma, surilma uchma-uch tugunlari qo'llaniladi. Yakka argon ilmogqa gayka tuguni bilan bog'lanadi.
Qurilish-montaj ishlarini bajarish ishlab chiqarish sharoitida, signal beruvchi tuzilmasini boshqarish joylarida, bino va inshootlarda, ishlab chiqarish ishlari loyihalarida signal beruvchining xavfsizligini ta'minlaydigan chora­ tadbirlar albatta inobatga olingan bo'lishi lozim. Kranga xizmat ko'rsatuvchi shaxs kran turi asosida ishlab chiqilgan, ishlab chiqarish ko'rsatmasida ko'zda tutilgan signal berish tizimini o'zlashtirgan bo'lishi kerak.
Inshoot zinalari montaj uchun qiya holatda uzatiladi, ba'zilarida loyihalangandan ko'ra qiyaligi kattaroq. Bunda uzaytirilgan stroplardan foydalangan holda montaj qilinadi yoki har xii oxirlik bog'lamlardan foydalaniladi, ularning bir uchidan ikkinchi uchi uzunroq bo'lib, ko'tarilayotgan elementning tagiga ulanadi.
Zinalarni ko'tarish uchun uning tuzilmasidan qat'yi nazar ilgaklar (iladigan sirtmoqlar soniga qarab) yoki sirtmoq tutgichlar (sirtmoq o'rniga bog'lamlar uchun teshik borligida) va panshaxali qisqichlar qo'llaniladi, (montaj qilish uchun sirtmoq va teshiklar bo'lmagan holatlarda) zina maydonlarini omborlarga saqlash uchun stroplardan foydalanish holatlarida bir necha usullardan foydalaniladi («qovurg'a ustiga>> ).
Zinalar, avvalo, oddiy stroplar bilan oddiy ilgaklar orqali ilinib, (shunday holatda qanday saqlangan bo'lsa) uzatiladi, keyin ular kantovka qilish joyiga (kantovka qilish qoidalariga muvofiq) kerakli holatda uzatiladi. Zinalar kran yordamida yotqizilgan holatda zinapoyalari yuqoriga qilib uzatiladi, keyin ular qayta bog'lamlar orqali stroplarga bog'lanib, montaj qilish holatiga yaqin tarzda uzatiladi. Loyihada ko'rsatilgan holatga yaqindir.



Download 1.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling