Nazariy o‘quv mashg‘ulotining o‘qitish texnologiyasi
Download 1.51 Mb.
|
Markaz Domla7777
20-MAVZU: Ikki, to’rt va olti tarmoqli arqonli stroplarni maxkamlash usullarini o’rganish. Stroplardan foydalanish usullarini o’rganish.
Reja: 1. Stroplar xaqida ma’lumot. 2.Ikki va to’rt tarmoqli arqonli stroplarni maxkamlash usullarini o’rganish. 3. Olti tarmoqli arqonli stroplarni maxkamlash usullarini o’rganish. Yuk ko'tarish mashinalari mexanizmlarining ko'tarish organiga donali yukni mahkamlash uchun turli stroplar qo'llaniladi. Stroplar egiluvchi organlardan (po'lat simli arqon, zanjir va h.k.) tayyorlanib, uchlariga ilgak yoki sirtmoq mahkamlanadi. Stroplar ning universal, ko'p tannoqli va yengil xillari bo'ladi. Ko'p tarrnoqli stroplar yukni bir necha nuqtasidan ilish uchun qo'llaniladi. Bunday stroplarda ikkitadan sakkiztagacha tarmoq bo'lishi mumkin. Ko'p tarmoqli stroplardan tayanch yuzasi katta bo'lgan qismlar hamda tuzilmalar (plitalar, poydevor asoslari, zinapoya lar) bilan bir qatorda bir nechta sirtmoqlar joylashgan materiallar (panellar, bloklar, progonlar, rigellar)ni, shuningdek, idishga joylangan materiallar (yashiklar, konteynerlar, bunkerlar, tagdonlar)ni uzatish (ko'tarish)da foydalaniladi. Yuklanma ko'p tarmoqli stroplarning tarmog'lariga bir tekis taqsimlanishi zarur. Shunda stroplar 150-180 ish smenasi davomida xizmat qilishi mumkin. Yuklamaning notekis taqsimlanishi strop tolalarining notekis yeyilishiga olib keladi. Ikki tarmoqli strop (93- a rasm) ikki montaj ilmoqli element lar (progonlar, to'sinlar, bloklar, panellar)ni ko'tarish va montaj qilishda qo'llaniladi. Strop 3 va 5 t yukka mo'ljallab tayyorlanadi. Bunday stroplardan foydalanganda montaj qilinayotgan element lardagi ilmoqlar orasidagi masofa 3800 mm dan (tarmoqlar uzunligi 5000 mm gacha bo'lsganda) va 2300 mm dan (tarmoqlar uzunligi 2600 mm gacha bo'lganda) oshmasligi kerak. To'rt tarmoqli strop (93- b rasm) yopma plitalar, zinapoyalar va to'rtta montaj ilmog'i bo'lgan boshqa elementlami montaj qilishda ishlatiladi. Bunday strop skoba va ikki juft po'lat arqon (tarmoq)dan iborat. Tarnioqlaming pastki uchlariga ilmoqlar (5 t gacha yuk ko'tarishda) va karabinlar (3 t gacha yuk ko'tarishda) mahkamlangan bo'ladi. Montaj qilinadigan ilmoqlar orasidagi masofa 3800 mm dan (strop tarmoqlarining uzunligi 5000 mm bo'lganda) va 2300 mm dan (strop tarmoqlarining uzunligi 2600 mm bo'lganda) oshmasligi kerak. To'rt tarmoqli stroplarning asosiy kamchiligi shundaki, stropning barcha tarmoqlariga bir xil yuklama tushmaydi, bu esa sirtmoqlaming uzilislnga yoki sug'urilib ketishiga va avariya yuz berishiga sabab bo'ladi. Po'lat simli arqonlardan yasalgan har bir strop sina)adi va sinash natijalari maxsus jumalga yozib qo'yiladi. Stroplar yo'l qo'yiladigan maksimal og'irlikdan 25% og'irroq yuk osib sinaladi. Bu yuk 10 daqiqa osilib turishi kerak. Download 1.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling