Nazariy o‘quv mashg‘ulotining o‘qitish texnologiyasi
-rasm. Yengillashtirilgan
Download 1.51 Mb.
|
Markaz Domla7777
93-rasm. Yengillashtirilgan stroplar:
a - ikki tarmoqli; b - to'rt tannoqli; d, e - to'rt va olti ilmog'idagi olti tannoqli strop bilan ilish. Olti tarmoqli universal muvozanatlanuvchi strop (93- d, e rasm) olti joyidan stropga ilinadigan yirik panellarni ko'tarish, ag'darish va montaj qilish uchun mo'lja,llangan. U bir-biriga skoba bilan biriktirilgan ikki va to'rt tarmoqli ikkita stropdan iborat. Stropning ikki tarmog'i uzunligi - 3,4 m va to'rt tarmog'i uzunligi - 5 m dan. Bunday strop bilan elementlar gorizontal yoki qiya vaziyatda uzatilishi mumkin. Bu stropda arqon o'tkazilgan to'rtta blok bo'ladi. Bu esa barcha tarmoqlarga yuklama birday tushishini ta'minlaydi (muvozanatlaydi). Bunday strop bilan to'rt yoki ikki montaj ilmoqli har xil yuklarni ham ko'tarish mumkin. Muvo zanatlanuvchi stropning universalligi ham shunda. Stroplarning taimoqlari tarang holatda turganda ular ko'ta riladigan elementlar sirtiga kamida 45° burchak ostida turishi kerak (93- b, d rasmga qarang). Bu burchak shundan kichik bo'lsa, montaj ilmoqlari yoki stroplarning uzilish xavfi tug'iladi. Amalda tarmoqlar orasidagi burchak 90°dan oshmasligi kerak. Stroplarning pasportida ko'rsatilgan yuk ko'taruvchanligi shu shartga monand bo'ladi. Montaj stroplari har xil og'irlikdagi yuklarni ko'tarishga mo'ljallab tayyorlanadi va shunga mos ravishda diametri 12-30 mm gacha bo'lgan arqonlar ishlatiladi. Tarmoqlari uchtadan ortiq bo'lgan stroplarda tarmoqlarning uzunligi qat'iy bir xil bo'lishi kerak, aks holda ularga yuklama birday tushmaydi. Stroplami Davlat texnika nazorati tomonidan oliy ma'lumotli payvandchi mutaxassislar tayyorlashiga ruxsat beriladi. Stroplar tayyorlashda ishtirok etgan chilangarlar, temirchilar, arqon tayyorlovchilar kabi mutaxassislar uchastka va sex boshliqlari tomonidan mahsulotlami tayyorlash tartibi to'g'risida ko'rsatmalar oladilar. Kichik massali yuklar (masalan, progonlar, bog'lamlar, to'siqlar)ning bir nechtasi yig'ilib, paket hosil qilinadi. Og'ir elementlar alohida-alohida stroplanadi. Yuklami ortib-tushirishda kamida ikki uchidan stroplash sxemasini qo'llash zarur. Bu usul ulaming o'rta qismi va konsolli chiqiqlarining egilib qolishiga yo'l qo'ymaydi. Yuklar taxlangan joyda yoki transport vositasida turganda stroplanadi va stroplardan bo'shatiladi. Stroplash joylari yukning og'irlik markazidan tashqarida bo'lishi kerak. Bu joylar yuk osish moslamasi tolasining gorizontga nisbatan yo'l qo'yilgan og'ish burchak.lariga qarab tanlanadi. Ko'p tarmoqli stroplarda bu burchak qancha kichik bo'lsa, stropda shunchalik katta kuch paydo bo'ladi. Bu burchak kattalashgan sari stroplardagi kuch kichrayib boradi, ammo ayni vaqtda yukni stroplash balandligi ortadi, buning oqibatida kran ilgagining foydali ko'tarilish balandligi yo'qoladi. Stropning gorizontga nisbatan 45° og'ish burchagi optimal hisoblanadi. Yukning massasi va gabaritlariga, yuk osish moslama sining yuk ko'taruvchanligiga qarab og'ish burchagini 15° kat talashtirish yoki kichraytirish mumk.in. Stroplarni 30°dan kichik yoki 60°dan katta burchak ostida joylashtirish yaramaydi. Har smenada ish boshlashdan oldin kran ilgagiga osiladigan yuk osish moslamalarini muayyan tartibda, masalan, pastdan yuqoriga tomon ko'zdan kechirish, ya'ni tekshirishni yuk osish organ laridan boshlash, so'ngra boshqa qismlarga o'tish va halqada tu gallash kerak. Ko'zdan kechirishdan maqsad - moslamaning shayligini aniqlash. Yuk osish moslamalarini maxsus ruxsatnomasi bo'lgan zavodlardagina ta'mirlash mumkin. Odatda, qurilish obyekti yok.i boshqa ish joyi sharoitlarida avval bunday yuklarni stroplash usullari ishlab chiqiladi, stroplashning grafik tasviri esa yuk iluvchi va kranboshqaruvchilarga beriladi yoki ish zonasi yaqinidagi ko'zga ko'rinadigan joyga osib qo'yiladi. Har bir strop Davlat texnika nazorati talablariga muvofiq sinaladi. Sinov natijalari haqida akt tuziladi va stropning yuk ko'taruvchanligi haqida tamg'a qo'yilib, foydalanish muddati ko'rsatiladi. Yuk ko'tarish natijasida stroplar tugunlaridagi ishqalanishdan, zarblardan, o'ta buralib ketishdan, ezilishdan, tuzilmalarning o'tkir qirralariga ishqalanishdan yeyiladi. Shuning uchun vaqti vaqti bilan stroplarni sinash va muntazam ravishda holatini kuzatib turish kerak. Sinovlami Davlat texnika nazorati inspeksiyasi vakili ishtirokida qurilishlar bosh mexanigi xizmati bajaradi. Download 1.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling