Nazariy qism L. L. Sulfat kislotaning qo'llanilishi
Download 462.65 Kb.
|
Mundarija
Mundarija: KIRISH NAZARIY QISM . l.l.Sulfat kislotaning qo'llanilishi 1.2.Sulfat kislotaning fizik kimyoviy xossalari Xomashyo, yarim mahsulot va tayyor mahsulot harakteristikasi. Sulfat kislotaning ishlab chiqarish usullari TEXNOLOGIK HISOBLAR. H2SO4 ishlab chiqarishning texnologik yozuvi Moddiy balans hisobi Ishlab chiqarish hisobi HAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGI. XULOSA ADABIYOTLAR
KIRISH Sulfat kislotani ishlab chiqarish po'lat ishlab chiqarish kabi mamlakatning texnikaviy rivojlanish darajasini bildiradi. Sulfat kislota olishda eng ko'p ishlab chiqariladigan xom ashyolar bular asosan oltingugurt dioksidi , temir kolchedani , kislorod hisoblanadi. Bulardan tashqari rangli metallurgiyada ajralib chiqadigan , tarkibida oltingugurt dioksidi tutgan gazlardan olinadi. Bundan tashqari chiqayotgan gazlar nisbatan arzon, narxi ham arzon . Oltingugurt bir muncha qimmat bo'lishiga qaramasdan sulfat kislota uchun iqtisodiy tejamkordir [1]. Sulfat kislota ko'p miqdorda o'g'it sanoatida: ammoniy sulfat, superfosfat va boshqalami ishlab chiqarishda ishlatiladi. Yana yirik ishlatiladigan sohalari: neft mahsulotlarini tozalash, toshko'mir smolasini qayta ishlash, ko'p kislotalar (masalan, ortofosfat, sirka, ftorid va boshqalar) va tuzlar olish, rangli va nodir metallar ishlab chiqarish, po'latdan yasalgan buyumlarni bo'yash, nikellash, xromlashdan oldin ishlov berish, lak va bo'yoqlar olish dori-darmonlar olish va boshqalardir [2]. Sulfat kislota turli organik sintezlarda ishlatiladi. Undan etanol va boshqa spirtlar ba'zi efirlar, sintetik yuvish vositalari, pestisidlar, bo'yoqlar, saxarin, plastmassalar olinadi. Uning tuzlari sun'iy ipak ishlab chiqarishda, to'qimachilik sanoatida, tola yoki gazlamalarni bo'yashdan oldin ishlov berishda ishlatiladi [3]. Oziq-ovqat sanoatida kraxmal, patoka va boshqa mahsulotlarni olishda ham ishlatiladi [4].
Download 462.65 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling