Nazariy qism L. L. Sulfat kislotaning qo'llanilishi
Download 462.65 Kb.
|
Mundarija
- Bu sahifa navigatsiya:
- I. NAZARIY QISM.
I. NAZARIY QISM. 1.1 Sulfat kislotaning qo'llanilishi Sulfat kislota xalq xo'jaligining hamma tarmoqlarida keng qo'llaniladi va asosan kimyo sanoatining eng muhim mahsuloti hisoblanadi. Shuning uchun ham sulfat kislota ishlab chiqarish miqdori uzliksiz ortib bormoqda. Sulfat kislota mineral o'g'itlar, superfosfat va ammoniy fosfat ishlab chiqarishda ayniqsa kop ishlatiladi. Masalan 1 tonna superfosfat (ftorapatitdan) olish uchun 600 kg 65% li sulfat kislota sarflanadi. Umuman ishlab chiqarilgan sulfat kislotaning hammasi sarflanadi. Umuman ishlab chiqarilgan hamma sulfat kislotaning yarmi mineral o'g'itlar ishlab chiqarish uchun sarflanadi. Suyuq yoqilg'ilarni qayta ishlash, ya'ni kerosin, paraffin, surkov moylarin hamda to'yinmagan uglevodorodlarni oltingurgutli birikmalardan tozalashda ko'p miqdorda sulfat kislota ishlatiladi. Sulfat kislotaning yarim mineral o'g'itlar ishlab chiqarish uchun sarflanadi. Suyuq yoqilg'ilarni qayta ishlashda kerosin, paraffin, surkov moylarin hamda to'yinmagan uglevodorodlarni oltingurgutli birikmalardan tozalashda ko'p miqdorda ishlatilib, sulfat birikmalarni sulfatlab sulfokislotalar, turli bo'yoqlar olinadi. Bundan tashqari sulfat kislota nitrolash reaksiyasi bilan nitrobenzol, nitrosellyuloza va nitroglitserin olishjda suvni tortib oluvchi birikma sifatida ishlatiladi. U yana akkumulyatorlar tayyorlashda gazlami quritishda, kislotalarni konsentrlashda, nitrollash reaksiyalarida, portlovchi moddalar ishlab chiqarishda, ionitlarni regeneratsiyalashda va boshqa ko'pgina sohalarda ishlatiladi [5]. Sulfat kislota Rossiyada 1913- yilda 0,15 million tonna, ishlab chiqarilgan bo'lsa, 1990- yilga кейЬ 25 million tonnaga yetkazildi. O'zbekistonda sulfat kislota ishlab chiqarish Ikkinchi jahon urushidan keyin boshlandi va 1950- yilda 73 ining tonna ishlab chiqarildi. 1990-yilga kelib esa bu ko'rsatkich 2,5 million tonnaga yetkazildi [6]. Hozirgi kunda O'zbekistonda 4 ta sulfat kislota ishlab chiqarish korxonalari: Chirchiq elektrokimyosanoat ishlab chiqarish birlashmasi, Samarqand (1954- yil), Oltintopgan (1965 yil) va Olmaliq (1980- yil) kimyo zavodlari ishlab turibdi [7].
Download 462.65 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling