Nazariy savollar


Download 32.91 Kb.
bet2/4
Sana05.01.2022
Hajmi32.91 Kb.
#223439
1   2   3   4
Bog'liq
KONSTITUT.YAKUNIY

30-savol “Xabeas korpus” institutining joriy etilishi qaysi konstitutsiyaviy normalarning amalda to'liq ishlashi uchun zamin yaratdi? Fikringizni amaliy misollar yordamida bayon eting.

Javob

“Xabeas korpus” instituti inson huquq va erkinliklarining muhofaza qilishning ishonchli kafolati sanaladi. Bu atama 1679- yil 2 6- may kuni ingliz parlamenti tomonidan qabul qilingan qonun “Xabeas Korpus Akt atamasidan olingan1. Jinoiy ta’qibiga uchragan fuqaroning adolatli sud muhokamasiga bo‘lgan huquqi Xabeas Korpus deyiladi. Ushbu insitutning joriy etilishi munosabati bilan mamlakatimizda 2008 yil 1-yanvardan boshlab sanksiya berish prokuraturadan sudga o‘tkazildi. Mamlakatimizda ushbu insitutning amaliyotga tatbiq etilishi insonning konsititutsiyaviy huquq va erkinliklari, uning daxlsizligini himoya qilishda muhim omil sifatida namoyon bo‘lmoqda. Aytish kerakki, davlatimiz rahbari tomonidan taqdim etilgan mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish kontseptsiyasi sud-huquq tizimida yangi davrni boshlab berdi.Zero, mazkur Kontseptsiya asosida ishlab chiqilib, 2012- yil 18-sentyabrda qabul qilingan “Sud-huquq tizimi yanada isloh qilinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq, sudga qadar ish yuritish bosqichida prokuror va tergovchi tomonidan qo'llanib kelingan ayblanuvchini lavozimidan chetlatish va shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish tarzidagi protsessual majburlov choralarini faqat sud’yaning sanksiyasi asosida amalga oshirish tartibi joriy etildi2. Bundan tashqari 2014-yil 4-sentyabrdagi “O'zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o'zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonunga asosan Jinoyat-protsessual kodeksiga ehtiyot choralarining yangi turi, ya’ ni uy qamog‘i joriy qilindi.Ushbu qonunga muvofiq uy qamog‘i gumon qiluvchiga, ayblanuvchiga yoki sudlanuvchiga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini tanlash uchun asoslar mavjud bo‘lganida uning yoshi, sog‘ligi holatini, oilaviy ahvolini va boshqa holatlarni hisobga olgan holda qamoqqa olish maqsadga nomuvofiq deb topilgan taqdirda qo‘llaniladi. Xulosa qilib aytganda, bu insitutninng joriy etilishi mamlakatimizda ijobiy ahamiyatga ega bo‘ldi.Sud huquq tizimida tub o‘zgarishlarga olib keldi. Bu insititut fuqarolarning erkinlik va shaxsiy daxlsizlik huquqini konstitutsiyaga ko‘ra kafolatlaydi. Ushbu insititut jinoyat-protsessual qonunchiligi hamda xalqaro huquq normalarining muhim normalaridan biri sanaladi.




Download 32.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling