Nazariy savollar


Javob Yuqoridagi kazusdagi muammoli vaziyatlarni aniqlab olamiz.Bular : Birinchi


Download 32.91 Kb.
bet4/4
Sana05.01.2022
Hajmi32.91 Kb.
#223439
1   2   3   4
Bog'liq
KONSTITUT.YAKUNIY

Javob

Yuqoridagi kazusdagi muammoli vaziyatlarni aniqlab olamiz.Bular :



  • Birinchi muammoli vaziyatga to‘xtaladigan bo‘lsak, universititet tomonidan barcha professor o‘qituvchilar bilan tuzilgan mehnat shartnomasiga ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanish majburiyatlarini kiritishga haqlimi ?



  • Ikkinchi muammoga keladigan bo‘lsak, konstitutsiyada belgilangan ilmiy ijod erkinligi singari huquqning buzilishiga olib kelganmi?



  • Uchinchi holatga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, ushbu vaziyat yuzasidan Faxriddinovni sudga ilmiy ijod erkinligi bilan bog‘liq huquqini tiklab berilishini so‘rab shikoyat qilishi o‘rinlimi?

Ushbu kazusga javob berish uchun quyidagi hujjatlarga to‘xtalamiz:

O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi;

O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga sharh;

O‘zbekiston Respublikasining “Ilm-fan va ilmiy faoliyat to‘g‘risidagi” qonuni;

O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi.



Birinchi vaziyatga javob beradigan bo‘lsak , O‘zbekiston Respublikasining “Ilm-fan to‘g‘risidagi “qonunining 17-moddasiga ko‘ra Oliy ta’lim muassasalarida ta’ lim jarayoni bilan birga ilmiy faoliyat yuritiladi.Oliy ta’ lim muassasalarining pedagog kadrlari tegishli yo‘nalishlarida ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanishi shart. Yoki “Mehnat kodeks”ining 4-moddasiga binoan, xodimlar uchun mehnat huquqlarining va kafolatlarining eng past darajasi qonunlar bilan belgilab qo‘yiladi3. Qonunlardagiga nisbatan qo‘shimcha mehnat huquqlari va kafolat lari boshqa normativ hujjatlar, shu jumladan shartnoma yo‘sinidagi hujjatlar shuningdek xodim va ish beruvchi o‘rtasida tuzilgan mehnat shartnomalari bilan belgilanishi mumkin. Mehnat haqidagi kelishuvlar va shartnomalarning shartlari, agar qonunda boshqa holatlar ko‘rsatilmagan bo‘lsa bir taraflama o‘zgartirishi mumkin emas. Demak bu vaziyatda ko‘rinib turibdiki universitet rahbariyati qonunlarga qo‘shimcha band kiritishga haqli.Ya’ni bu yerda universitet rahbariyati qonunchilikdagi o‘zgarishlar sabab shartnomaning bandlarini o‘zgartirgan. Mehnat shartnomasiga binoan ish beruvchi xodimni uchta hoaltga ko‘ra bo‘shatilishi mumkin. Bular :xodimning tashabbusi bilan, ish beruvchining ixtiyori ko‘ra, taraflar ixtiyoriga bog‘liq bo‘lmagan hollarda. Bu vaziyatda xodim universitet rahbariyatining ixtiyoriga ko‘ra bo‘shatilyapti. Universitet rahbariyati ham qonunga qo‘shimchalar kiritilgani uchun o‘zining bandiga o‘zgartirish kiritgan va qonunga muvofiq ish tutgan.

Ikkinchi holatga javob beradigan bo‘lsak, O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyasining 42- moddasiga ko‘ra har kimga ilmiy va texnikaviy ijod erkinligi madaniyat yutuqlaridan foydalanish huquqi kafolatlandi. Davlat jamiyatning madaniy, ilmiy va texnikaviy rivojlanishiga g‘amxo‘rlik qiladi deyilgan4. Fuqarolar bu huquq va erkinliklaridan foydalanish orqali o‘zlarining turmush sharotini yaxshilaydilar.Haqiqatda bu moddada har bir insonning ilmiy ijod erkinligi kafolatlanadi. Ammo bu vaziyatda universitet rahbariyati bunday vaziyatda to‘g‘ri yo‘l tutgan.

Uchinchi holatga keladigan bo‘lsak, O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyasining 44- moddasiga binoan har bir shaxsga o‘z huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilish , davlat organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalarining g‘ayriqonuniy xatti- harakatlari ustidan sudga shikoyat qilish huquq kafolatlanadi deyilgan .Fuqaro Faxriddinovnining sudga bergan shikoyati o‘rinli emas.Mehnat shartnomasiga ko‘ra xodim o‘z mehnat vazifalarini buzsa, ish beruvchi shartnomani bekor qilish huquqiga ega5.Demak fuqaro Faxriddinov universitet rahbariyati tomonidan chiqarilgan bandga e’ tiroz bildirib shartnoma shartlarini buzgan va shartnoma bekor qilingan. Ammo masalani bu tarafini oladigan univesitet rahbariyati mehnat shartnomasiga muvofiq agar xodim shartnomani imzolashdan bosh tortsa u bilan tuzilgan mehnat shartnomasini tugatish to‘g‘risida ogohlantirdi.

Xulosa qilib aytgand fuqaro Faxriddinov univesitetning shartnoma shartlarini buzgan va ishdan bo‘shatilgani uchun sudga ariza kiritgan. Universitet rahbariyati esa xodim agar shartnoma shartlarini buzsa uni ishdan bo‘shatish bilan ogohlantirgan. “Mehnat kodeksining” 89-modddasiga ko‘ra xodim ish beruvchi tomonidan mehnat shartlarining o‘zgartirilganligi uchun sudga shikoyat qilish huquqiga ega .Faxriddinov mana shu huquqidan foydalandi.Chunonchi har bir jismoniy va yuridik shaxs o‘zining huquq va erkinliklari buzilgan taqdirda sudga murojaat qilishi o‘rinlidir. Ammo bu holatda fuqaroning e’tirozlari noo‘rin bo‘lishi mumkin.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1.O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi.

2.O‘zbekiston Respublikasining “Mehnat kodeksi”

3.O‘zbekiston Respublikasining “Ilm-fan va ilmiy faoliyat to‘g‘risidagi” qonuni

4.O.Xusanboyev .O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga sharh. Toshkent: O‘zbekiston, 2013- yil. 155- bet

5.A.Azizxo‘jayev. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga sharh. – Toshkent: O‘zbekiston, 2013- yil.



Foydalanilgan veb-saytlar ro‘yxati:

1.www.lex.uz

2. www.norma.uz

3.www.advice.uz



1 www.norma.uz

2



3www.lex.uz

4O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyasi

5 O‘zbekiston Respublikasi “Mehnat kodeksi to‘g‘risidagi” qonuni

Download 32.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling