Nazariy savollar


Savol: Sudning harakatlari to‘g‘rimi?


Download 0.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana08.01.2022
Hajmi0.5 Mb.
#243996
1   2   3   4   5
Bog'liq
3 курс Хусусий ҳуқуқ факултети ТҲФ 6 Жураев Шерзод Фуқаролик процессуал

Savol: Sudning harakatlari to‘g‘rimi? 

 

 




 

Nazariy: 



58-savol.  Sud  majlisi  bayonnomasi  taraflardan  tashqari,  guvohlar, 

mutaxassislar  va  ekspertlar  tomonidan  imzolanishi  mumkinmi?  Javobingizni 

asoslantiring. 

 Biz mazkur savolga javob berishdan oldin Sud majlisi bayonnomasiga, Sud 

bayonnomasi  mazmuni,  shakli  va  uni  rasmiylashtirish  tartibiga  qisqacha  ta’rif 

berib ketishni lozim topdik. 

Sud  majlisi  bayonnomasi  –  sudning  har  bir  sud  majlisi  to‘g‘risida, 

shuningdek,  sud  majlisidan  tashqari  qilingan  har  bir  alohida  protsessual  harakat 

to‘g‘risida  ishni  ko‘rishning  yoki  alohida  protsessual  harakatlarni  amalga 

oshirishning  barcha  muhim  jihatlari  aks  ettiriladigan,  sudya  va  sud  kotibi 

tomonidan imzolanadigan hujjat

1



Sudning har bir sud majlisi to‘g‘risida, shuningdek, sud majlisidan tashqari 

qilingan har bir alohida protsessual harakati to‘g‘risida bayonnoma tuziladi. 

O‘zbekiston Respublikasi Oliy  Sudi Plenumining bir necha qarorlarida sud 

majlisining  bayonnomasi  asosiy  protsessual  hujjatlardan  biri  ekanligi,  uning 

ahamiyatini  sud  amaliyotida  yetarlicha  baholamaslik  holatlari  kuzatilayotganligi 

bayon etiladi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi Plenumining 1999-yil 

24-sentabrdagi  “Fuqarolik  ishlarini  sudda  ko‘rishga  tayyorlash,  ularni  ko‘rish 

muddatlari 

to‘g‘risida”gi 

qarorining 

14-bandiga 

ko‘ra, 


sud 

majlisi 


bayonnomasining to‘la va o‘z vaqtida tuzilishiga, shuningdek, uning to‘g‘riligiga 

raislik  etuvchi  va  sud  majlisi  kotibi  mas’ulligini  nazarda  tutib,  sudlar  kotiblar 

malakasi va ishni tashkil qilish darajasini oshirishlari zarur.  

O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Sudi  Rayosatining  2014-yil  31-martdagi 

“Fuqarolik  ishlari  bo‘yicha  tumanlararo,  tuman  (shahar)  sudlarida  ish  yuritish 

tartibi  to‘g‘risidagi  Yo‘riqnomani  tasdiqlash  haqida”gi  RS-22-14-sonli  qaroriga 

asosan ish ko‘rilib, sudning hal qiluv qarori yoki ajrimi chiqarilgandan keyin sud 

majlisi kotibi quyidagi harakatlarni bajaradi:  

- ishga barcha hujjatlarni bir tartibda, oldin sud majlisigacha bo‘lgan qaror, 

ajrim  va  boshqa  yozishmalarni,  so‘ng  sud  majlisi  davomida  qo‘shilgan 

(muzokarada  taqdim  etilgan)  hujjatlarni,  keyin  sud  majlisi  kotibi  va  sudya 

tomonidan  imzolangan  sud  majlisining  bayonnomasini  va  sudning  hal  qiluv 

qarorini yoki ajrimini tikadi;  

-  fuqarolik  ishidagi  varaqlarga  raqam  qo‘yib  chiqadi  va  ishdagi  barcha 

hujjatlarning,  shu  jumladan,  sud  majlisi  bayonnomasining  necha  varaqdan  iborat 

ekanligi haqida ro‘yxat tuzib, o‘z imzosi bilan tasdiqlaydi;  

-  sud  majlisida  ko‘rishga  tayinlangan  ishlarning  hisobini  olib  borish 

daftariga ishning ko‘rilganlik natijalarini qayd etadi;  

- sud qarori darhol ijro etilishi lozim bo‘lgan ishlar bo‘yicha ijro varaqalarini 

yozadi. 


FPKning  314-moddasi  2-qismi  8-bandi  talabiga  muvofiq,  ishda  sud  majlisi 

bayonnomasi  mavjud  bo‘lmasa  yoki  u  imzolanmagan  bo‘lsa,  hal  qiluv  qarori, 

ajrim, qaror majburiy tartibda bekor qilinishi shartligi belgilangan. 

                                                           

1

 Toshkent Davlat Yuridik Universiteti; Fuqarolik ishlari bo’yicha protsessual hujjatlar; O’quv qo’llanma; 




 

FPKning  22-moddasiga  binoan  bayonnoma  raislik  etuvchi  va  sud  majlisi 



kotibi  tomonidan  sud  majlisi  tugagach,  uch  kundan  kechiktirmay  imzolanishi 

lozim.  Sud  majlisi  bayonnomasini  tuzish  va  imzolashga  muddat  belgilanishi  sud 

protsessi  ishtirokchilari  o‘z  vaqtida  bayonnoma  yuzasidan  e’tiroz  keltirishlari 

hamda sud qarori ustidan shikoyat qilishlarida muhim ahamiyatga egadir.  

Bayonnomada  barcha  muhim  harakatlar  to‘liq  va  aniq  aks  ettiriladi, 

chunonchi  ularning  amalga  oshish  tartibi  qanday  bo‘lsa,  bayonnomada  ham 

shunday bo‘ladi.  

Sud  majlisining  bayonnomasida  ishni  ko‘rishning  yoki  alohida  protsessual 

harakatlarni amalga oshirishning barcha muhim jihatlari aks ettirilishi lozim.  

Sud majlisining bayonnomasida, xususan, quyidagilar ko‘rsatiladi:  

1) sud majlisi bo‘lib o‘tgan yil oy, kun va joy;  

2) sud majlisi boshlangan va tamomlangan vaqt;  

3) ishni ko‘rayotgan sudning nomi, sud tarkibi va sud majlisining kotibi; 

4) ishning nomi;  

5)  ishda  ishtirok  etuvchi shaxslarning  va  odil  sudlovga ko‘maklashayotgan 

shaxslarning kelgan-kelmaganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar;  

6)  sudning  taraflar  va  protsessning  boshqa  ishtirokchilariga  ularning 

protsessual huquq va majburiyatlarini tushuntirganligi;  

7)  ushbu  moddaning  5-bandida  ko‘rsatilgan  shaxslarga  chaqiruv  qog‘ozi 

topshirilganligi  to‘g‘risidagi  va  ular  sud  majlisiga  kelmaganligining  sabablari 

haqidagi ma’lumotlar;  

8)  raislik  qiluvchining  barcha  farmoyishlari  va  sudning  alohida  xonaga 

(maslahatxonaga) chiqmasdan chiqargan ajrimlari;  

9) ishda ishtirok etuvchi shaxslarning arizalari;  

10) sudga taqdim etilgan hamma yozma va ashyoviy dalillar, ekspertlarning 

yozma xulosalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar;  

11)  ishda  ishtirok  etuvchi  shaxslarning  tushuntirishlari,  guvohlarning 

ko‘rsatuvlari, 

ekspertlarning 

o‘z 


xulosalarini 

og‘zaki 


tushuntirishlari, 

mutaxassislarning  fikrlari,  ashyoviy  va  yozma  dalillarni  ko‘zdan  kechirishga 

taalluqli ma’lumotlar;  

12) sud muzokaralarining mazmuni va prokurorning fikri;  

13)  sudning  hal  qiluv  qarori,  ajrimi  yoki  qarori  o‘qib  eshittirilganligi 

to‘g‘risidagi ma’lumotlar. 

O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Sudi  Plenumining  2003-yil  19-  dekabrdagi 

“Fuqarolik  protsessual  qonun  hujjatlari  ayrim  normalarining  sudlar  tomonidan 

qo‘llanilishi  haqida”gi  qarorining  7-  bandiga  ko‘ra,  da’vodan  voz  kechilganligi 

to‘g‘risidagi, da’voning tan olinganligi to‘g‘risidagi, shuningdek, kelishuv bitimiga 

erishilganligi  to‘g‘risidagi  arzlar  sud  majlisi  bayonnomasiga  kiritiladi  va 

tegishincha,  da’vogar,  javobgar  yoki  ikkala  taraf  tomonidan  imzolanadi.  Agar 

bunday arzlar yozma shaklda taqdim etilgan bo‘lsa, mazkur arizalar ishga qo‘shib 

qo‘yilib,  bu  haqda  sud  majlisi  bayonnomasida  ko‘rsatiladi.  Sud  majlisi 

bayonnomasiga kiritilgan tushuntirishlar, ko‘rsatuvlar va xulosalar, agar sud zarur 

deb  topsa,  sud  protsessi  ishtirokchilari  (taraflar,  guvohlar,  ekspertlar)  tomonidan 




 

imzolanishi  mumkin.  Javobgar  arz  qilingan  talablarni  sudda  ish  ko‘rilayotganda 



tan olishi ish yuritishni tugatishga asos bo‘la olmaydi. Sud tan olishni qabul qilsa, 

arz qilingan talablarni qanoatlantirish haqida hal qiluv qarori chiqariladi

2



Bayonnoma kotib tomonidan sud majlisining o‘zida yoki alohida protsessual 



harakat  amalga  oshirilganida  majlisdan  tashqarida  tuziladi.  Ishda  ishtirok  etuvchi 

shaxslar  o‘zlari  ish  uchun  ahamiyatli  deb  hisoblagan  holatlarni  bayonnomaga 

kiritish  to‘g‘risida  iltimosnomalar  taqdim  etishga  haqlidirlar.  Taraflarning, 

uchinchi  shaxslarning  o‘zlari  qo‘ygan  talablardan  butunlay  yoki  qisman  voz 

kechganligi,  qo‘yilgan  talablarga  iqrorligi,  ishni  kelishuv  bitimi  bilan  tamomlash 

to‘g‘risidagi arizalari bayonnomaga kiritilib, tegishli bo‘lishiga qarab, taraflarning 

biri  yoki  ikkalasi  tomonidan  imzolanadi.  Bayonnoma  sud  majlisi  tamom 

bo‘lganidan  yoki  alohida  protsessual  harakat  amalga  oshirilganidan  keyin  kechi 

bilan  uch  kunda  raislik  qiluvchi  va  sud  majlisining  kotibi  tomonidan  imzolanishi 

kerak.  Kiritilgan  barcha  o‘zgarishlar,  tuzatishlar,  qo‘shimchalar  haqida 

bayonnomada  izoh  berilishi  lozim.  Majlis  bayonnomasida  sud  ishining  borishi 

to‘la va xolis o‘z aksini topishi uchun javobgarlikni qonun sud majlislarida raislik 

qiluvchilar  zimmalariga  yuklaydi.  Bayonnomaga  imzo  chekishdan  oldin  raislik 

qiluvchi  uning  mazmuniga  e’tibor  berib  tanishishi  va  kotibga  zarur 

o‘zgartirishlarni  kiritishni  taklif  qilishi  lozim.  FPKning  23-moddasida  ishda 

ishtirok etuvchi shaxslarning bayonnoma bilan tanishishga huquqlari mavjudligi va 

unda yo‘l qo‘yilgan xatoliklar va kamchiliklarni ko‘rsata olishlari ko‘zda tutilgan. 

Ishda  ishtirok  etuvchi  shaxslar  sud  majlisining  bayonnomasi  bilan  tanishib 

chiqishga va u imzolangan kundan e’tiboran besh kun ichida unda yo‘l qo‘yilgan 

kamchiliklarni yoki uning to‘liq emasligini ko‘rsatib, bayonnoma yuzasidan yozma 

ravishda  fikr-mulohaza  bildirishga  haqlidirlar.  Bayonnoma  yuzasidan  bildirilgan 

fikr-mulohazalarni  raislik  qiluvchi  ko‘rib  chiqib,  ularga  qo‘shilsa,  bu  fikr-

mulohazalarning  to‘g‘riligini  tasdiqlaydi  va  sud  majlisining  bayonnomasiga 

qo‘shib qo‘yadi. Raislik qiluvchi bildirilgan fikr-mulohazalarga qo‘shilmasa, ular 

sud  majlisida  ko‘rib  chiqiladi.  Bildirilgan  fikr-mulohazalar  hamma  hollarda  ham 

ishga qo‘shib qo‘yilishi kerak. Bayonnoma yuzasidan bildirilgan fikr-mulohazalar 

ular topshirilgan kundan e’tiboran yetti kun ichida ishda ishtirok etuvchi shaxslarni 

xabardor  qilgan  holda  ko‘rib  chiqilishi  kerak.  Biroq  ishda  ishtirok  etuvchi 

shaxslarning  kelmasligi  bayonnoma  yuzasidan  bildirilgan  fikr-mulohazalar 

to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqishga to‘sqinlik qilmaydi

3



Yuqorida keltirib o’tilgan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi Plenumining 



2003-yil  19-  dekabrdagi  “Fuqarolik  protsessual  qonun  hujjatlari  ayrim 

normalarining  sudlar  tomonidan  qo‘llanilishi  haqida”gi  qarorining  7-  bandiga 

muvofiq  shuni  aytishimiz  mumkinkiy  Sud  majlisi  bayonnomasi  taraflardan 

tashqari,  guvohlar,  mutaxassislar  va  ekspertlar  tomonidan  imzolanishi  qachonkiy 

sud zarur deb topsagina imzolanishi mumkin ekan. 

 

 



                                                           

2

 O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi Plenumining 2003-yil 19- dekabrdagi “Fuqarolik protsessual qonun hujjatlari 



ayrim normalarining sudlar tomonidan qo‘llanilishi haqida”gi qarorining 7- bandi; 

3

 Toshkent Davlat Yuridik Universiteti; Fuqarolik ishlari bo’yicha protsessual hujjatlar; O’quv qo’llanma; 




 

96.  Hal  qiluv  qarori  chiqarmasdan  ish  yuritishni  tugatish  asoslarini  tahlil 



qiling. 

Biz  mazkur  savolga  javob  berishdan  oldin  Sudning  hal  qiluv  qaroriga 

qisqacha ta’rif berib o’tishni lozim topdik. 

Sudning  hal  qiluv  qarori  –  bu  nizoni  mazmunan  hal  qiluvchi  va  buzilgan 

yoki  taraflar  tomonidan  nizolashilayotgan  huquqlar  yoxud  qonun  bilan  himoya 

qilinadigan manfaatlarni tiklovchi, ishni mazmunan ko‘rish asosida sud tomonidan 

qonunda nazarda tutilgan protsessual shaklda qabul qilinadigan protsessual hujjat

4

.  



Amaldagi  fuqarolik  protsessual  qonunchiligi  bo'yicha  sudda  ish  yuritishini 

nizo  yuzasidan  hal  qiluv  qarori  chiqarmasdan  tamomlashning  ikki  turini: 

birinchidan,  ish  yuritishni  tugatish;  ikkinchidan,  arizani  ko'rmay  qoldirish 

shakllarini belgilaydi.  

Ish yuritishni tugatish deganda-sudning ish yuzasidan faoliyati, da'vogarning 

xuddi  shu  ish  bo'yicha  sudga  qaytadan  murojaat  qilish  huquqiga  ega  bo'lmasligi 

bilan bog'liq tugatish nazarda tutilgan. 

 FPKning 124-moddasiga muvofiq, sud quyidagi hollarda:  

1) ish sudga taalluqli bo'lmasa;  

2)  ayni  bir  taraflar  o'rlasidagi,  ayni  bir  predmet  to'g'risidagi  va  ayni  bir 

asoslar bo'yieha chiqqan nizo yuzasidan sudning qonuniy kuchga kirgan hal qiluv 

qarori  yoki  da'vogarning  arz  qilgan  talablaridan  voz  kechishini  qabul  qilish 

to'g'risidagi  yoxud  taraflaming  kelishuv  bitimini  tasdiqlash  to'g'risidagi  ajrimi 

mavjud bo'lsa;  

3)  da'vogar  arz  qilgan  talablaridan  voz  kechgan  va  sud  bu  voz  kechishni 

qabul qilgan bo'lsa;  

4) taraflar kelishuv bitimi tuzgan bo'lsalar va u sud tomonidan tasdiqlangan 

bo'lsa;  

5) ishni sudda ko'rishga tayyorlash vaqtida javobgar daVogarning talablarini 

tan olgan bo'lsa va bu tan olish sudya tomonidan qabul qilingan bo'lsa;  

6)  nizoni  ko'rish  uchun  hakamlar  sudiga  topshirish  haqida  taraflar  o'rtasida 

shartnoma tuzilgan bo'lsa;  

7)  ish  bo'yicha  taraflardan  biri  bo'lgan  fuqaroning  vafotidan  so'ng  nizoli 

huquqiy munosabat huquqiy vorislikka yo'l qo'ymasa-ish yuritishni tugatadi

5

.  


Ish yuritishning yuqorida sanab o'tilgan asoslari qat'iy bo'lib, kengaytirilgan 

ma'noda talqin qilinishi mumkin emas va unga boshqa asoslar qo'shilmasligi kerak. 

 Ish yuritish sudning ajrimi bilan tugatiladi. Agar ish yuritish ishning sudga 

taalluqli  bo'lmaganligi  sababli  tugatilsa,  sud  ariza  beruvchiga  qaysi  organga 

murojaat qilish kerakligini ko'rsatishga majbur

6

.  



Arizani ko'rmay qoldirish chog'ida esa ishni yuritish tamomlanmaydi chunki 

da'vogarga  arizaning  ko'rilmay  qoldirilishiga  asos  bo'lgan  to'sqinliklar  bartaraf 

qilingach,  xuddi  shu  ish  bo'yicha  qonun  taraflarga  qaytadan  murojaat  qilish 

huquqini beradi. 

                                                           

4

 Toshkent Davlat Yuridik Universiteti; Fuqarolik ishlari bo’yicha protsessual hujjatlar; O’quv qo’llanma; 



5

 O’zbekiston Fuqarolik Protsessual Kodeksining 

 124-moddasi; 

6

 O’zbekiston Fuqarolik Protsessual Kodeksining  125-moddasi; 




 

Sud quyidagi hollarda arizani ko‘rmasdan qoldiradi, agar: 



1) ariza muomalaga layoqatsiz shaxs tomonidan berilgan bo‘lsa; 

2) manfaatdor shaxs nomidan ariza ish yuritishga vakolati bo‘lmagan shaxs 

tomonidan berilgan bo‘lsa; 

3)  fuqarolik  ishlari  bo‘yicha  sudning,  iqtisodiy  sudning  yoki  hakamlik 

sudining ish yurituvida ayni bir taraflar o‘rtasidagi, ayni bir predmet to‘g‘risidagi 

va ayni bir asoslar bo‘yicha nizo yuzasidan ish mavjud bo‘lsa; 

4) taraflar o‘rtasida ushbu nizoni hal qilish uchun hakamlik sudiga topshirish 

to‘g‘risida hakamlik bitimi tuzilgan bo‘lsa; 

5)  ishni  o‘zining  ishtirokisiz  muhokama  qilishni  iltimos  qilmagan  taraflar 

ikkinchi chaqiruv bo‘yicha ham uzrli sabablarsiz sudga kelmasa, sud esa ishga oid 

mavjud materiallar asosida ishni hal qilish mumkin emas, deb hisoblasa; 

6) ishni o‘zining ishtirokisiz muhokama qilishni iltimos qilmagan da’vogar 

ikkinchi chaqiruv bo‘yicha sudga kelmasa, javobgar esa ishni mazmunan ko‘rishni 

talab qilmasa; 

7)  alohida  tartibda  yuritiladigan  ishni  muhokama  qilish  vaqtida  sudga 

taalluqli huquq to‘g‘risida nizo kelib chiqsa; 

8)  xotini  homilador  bo‘lgan  vaqtda  yoki  bola  tug‘ilganidan  keyin  bir  yil 

davomida  er  xotinining  roziligisiz  nikohni  bekor  qilish  to‘g‘risida  da’vo  taqdim 

etgan bo‘lsa; 

9)  da’vogar  tomonidan  arizani  ko‘rmasdan  qoldirish  to‘g‘risida  ariza 

berilgan bo‘lsa; 

10) da’vogar tomonidan nizoni javobgar bilan sudgacha hal qilish tartibiga 

rioya qilinmagan, basharti bu qonunda yoki shartnomada nazarda tutilgan bo‘lsa; 

11)  mol-mulkni  (ashyoni)  egasiz  deb  topish  to‘g‘risidagi  ariza  qonunda 

belgilangan  muddatdan  oldin  yoki  egasiz  mol-mulkni  (ashyoni)  aniqlash  va 

hisobga olishning qonunda nazarda tutilgan tartibi buzilgan holda berilgan bo‘lsa

7



Yuqorida ko’rsatilgan  asoslardan  tashqari  yana  boshqa ba’zi  hollarda  ham, 



chunonchi:  sudda  qo’zg’atilgan  ishning  O’zbekiston  Fuqarolik  Protsessual 

Kodeksining  tegishli  moddalari  bo’yicha  alohida  tartibda  ko’rilishi  lozimligi 

aniqlanganida,  ish  hal  qiluv  qarori  chiqarilmasdan  tamomlash  hisoblanadi  va 

arizachiga  ishning  sud  majlisida  ko’rilmay  qoldirilishiga  va  alohida  yuritish 

tartibida ko’rilishi tushuntiriladi. 

Sud qonunda ko’rsatilgan hollarda arizani ko’rmasdan qoldirish to’g’risidagi 

ajrimni  bekor  qilishi  mumkin.  Agar  taraflar  sud  majlisiga  kelmaganlik 

sabablarining  uzrli  ekanligini  tadiqlovchi  dalillar  taqdim  etsalar  bunga  yo’l 

qo’yiladi.  

Ariza  ko'rmay  qoldirilgan  hollarda  ish  yuzasidan,  yuqorida  qayd 

qilinganidek  hal  qiluv  qarori  chiqarilmasdan  ishning  ko'rilmay  qoldirilishi 

to’g’risida ajrim chiqarish bilan tamom qilinadi

8

.  


 

 

                                                           



7

 O’zbekiston Fuqarolik Protsessual Kodeksining  122-moddasi; 

8

 Toshkent Davlat Yuridik Universiteti; Fuqarolik ishlari bo’yicha protsessual hujjat namunlariga sharh;



  


 


Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling