Nazariy tadqiqotlarning birinchi bosqichi


Download 29.33 Kb.
Sana25.01.2023
Hajmi29.33 Kb.
#1118846
Bog'liq
5-mavuzu ilmiy bilishning metodologik asoslari. Ilmiy bilishnin (1)


18-variant
1. Nazariy tadqiqotlarning birinchi bosqichi.
2. Nazariy tadqiqotlarning ikkinchi bosqichi.
3. Nazariy tadqiqotlarning uchinchi bosqichi.


Nazariy tadqiqotlarning birinchi bosqichi.

Nazariy tadqiqot 3ta bosqichdan iborat.


1 – bosqich, bu yangisini qurish yoki ma’lum bo’lgan nazariy bazasini kengaytirish. Agar borliq haqidagi ma’lum bo’lga nilmiy tasvir mavjud bo’lgan muammolarni yecha olmasa, biz yangi g’oya va tushunchalar, tamoyil va taxminlar asosida borliqning yangi tasvirini qurishga harakat qilamiz.

  • Borliqning ilmiy tasviri – bu tegishli falsafiy bilim va g’oyalar asosida qurilgan va ma’lum rivojlanish bosqichiga tegishli bo’lgan ma’lum fan sohasi bo’icha dastlabki nazariy tushuncha, tamoyil va taxminlarni o’z ichiga oladigan tabiat haqidagi umumiy tasavvurlarning tizimidir. Borliqning mexanik, fizik va biologik tasvirlari mavjud.

  • Tushuncha. Umumiy tushunchalarning kelib chiqishi turlicha talqin etiladi. Idealistlar tomonidan ular g’oyaviy muqaddimani tug’ulishi deyilsa, materialist umumiy tushunchalar tajribalar asosida yuzaga keladi va bizning tasavvurlarimizni umumlashtiradi deb hisoblaydi.

  • Ilmiy tamoyil – bu nazariy qurilma uchun dastlabki asos yoki muqaddimadir. Nazariy bilimning dastlabki tamoyili tashqi dunyoning mavjudligi va uni kishi tafakkurida aks etishidir.

  • Ilmiy taxmin. Taxmin –ilmiy gumon yoki farazdir.

  • Fikriy tajriba –u real tajribani fikran o’tkazishdir, ya’ni uni o’tkazishga tayyorlash jarayonida alohidagi qismlarni o’ylab ko’rishdir.

  • Ideallashtirish. Bunda o’rganilayotgan jarayonlarning real kechishi ma’lum qonunlar va mavjud sharoitlarni hisobga olgan holda fikrlar harakati bilan almashtiriladi.

Nazariy tadqiqotlarning ikkinchi bosqichi

Nazariya tadqiqotlarning 2-bosqichi topilgan asosga, poydevorga ilmiy nazariyani qurishdan iboratdir. Nazariyani qurishi uchun avval ba’zi-bir umumiy tushunchalar, tamoyillar va gipotezalarni topish va ularni asos sifati qo’llash zarur.


Nazariya deb ma’lum bir hodisani tushuntirib berish va aniqlashga yo’naltirilgan g’oyalar yig’indisiga aytiladi. U tor va maxsus ma’noda ilmiy bilimni tashkil etishning eng yuqori va rivojlangan shaklidir. Nazariya ob’ektni uning ichki bog’lanishlarini e’tiborga olgan holda va tizim sifatida bir butun holda tushunish imkonini beradi. Nazariy ana faqat umumlashtirish funktsiyasini balki ilmiy bashorat qilish funktsiyasini ham bajaradi.
Nazariyaning o’z mantiqiy strukturasi mavjud. Nazariyani qurish metodlariga aksiomatik va genetik metodlar kiradi, ular deduktsiya va induktsiyaga tayanib bir –birini inkor etmaydi va bir –biridan ajralmaydi. Ilmiy qonun ilmiy nazariyaning asosini tashkil qiladi. Uning yordamida ilmiy dalillar tegishli nuqtai-nazar bo’yicha umumlashtirilib, bir tizimga solinadi va shunga ko’ra olingan dalillar asosida ichki bog’lanishlar ochiladi.



    1. Nazariy tadqiqotlarning uchinchi bosqichi

Nazariy tadqiqotlarning 3-bosqichi ma’lum bir guruh hodisalarini tushuntirish uchun xizmat qiladi. Tushuntirishda avval asosiy qonundan tegishli emperik qonun chiqariladi, keyin undan o’rganilayotgan hodisani tavsiflovchi ma’lumotlar topiladi. Nazariyani tekshirishning usullaridan biri qonun asosida olingan qiymatlar tajriba natijalari bilan solishtiriladi, agar ular mos tushsa, nazariya to’g’ri deb topiladi.


Tushuntirish deb o’rganilayotgan hodisani qonunga tayanib chiqarilgan isbotiga aytiladi.
Nazariya umumiy holda chegarasi bo’lmagan holda ko’p bo’lgan xodisalarni o’zida jamlagani sababli uning asosida hali kuzatilmagan dalillar haqida ham konkret axborotlar chiqarilishi mumkin, ushbu holda u bashorat yoki oldindan ko’rish deb ataladi. Bashorat tajribada tasdiqlanadi. Bashorat o’zini ayniqsa ob’ektiv qonunlar sababli yuzaga kelishini yaqqol tasdiqlaydi.
Mantiqiy va matematik metodlar – nazariy tadqiqotlarning bosh vositasidir.
Konkretlashtirish – fanning ma’lum rivojlanish bosqichida boshlang’ich falsafiy g’oyalardan dunyoni ancha konkret ilmiy tasviriga o’tish va shu tariqa uning konkret elementlari yordamida nazariy aniq urish demakdir.
Generalizatsiya deb- mutlaq xususiy xarakterga ega bo’lgan emperik bilimlardan dunyoni ilmiy tasvirining umumiy elementlariga o’tish va shu tariqa boshlang’ich emperik bilimlarni tushuntirib beruvchi nazariyani qurish uchun asos bo’ladigan jarayonga aytiladi.
Download 29.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling