Nazariy va amaliy dars ishlanmalari
Amaliy dars mashg`ulot rejasi
Download 0.49 Mb.
|
2020-21 Ona tili majmua 11
- Bu sahifa navigatsiya:
- O`quv mashg`ulotining shakli
- O`quv mashg`ulotining maqsadi
- O`quv faoliyatining natijalari: Talabalar
- O`qitish shakllari Ommaviy O`qiti sh sharoit lar i
- Monitoring va baholash Savol–javob, test Amaliy mashg`ulotining texnologik xaritasi
- Old qo’shimchalar va ularning xususiyatlari
Amaliy dars mashg`ulot rejasi
Amaliy mashg`ulotining texnologik xaritasi
Topshiriq. Davlat, farzand, xabar, obro‘so‘zlariga no-, ser-, be-, bo- qo‘shimchalarini qo‘shib ko‘ring. Ularning asosga qay taxlitda qo‘shilayotganiga e'tibor bering. O‘zbek tili asrlar davomida arab, fors-tojik hamda rus tillari bilan o‘zaro aloqada yashab keldi. Buning natijasida tilimizga o‘sha tillarga xos bo‘lgan yasalmalar va so‘z yasalish qolipi ham o‘zlashdi. Shulardan biri old qo‘shimchali so‘zlar va old qo‘shimchalar sanaladi. Bular quyidagilar: ba-: batafsil, badavlat, bahaybat; be-: bexavotir, bcg‘ubor, befarosat; no-: noumid, noqulay, norozi; ser-: serzavq, sergap, serhosil. Shuningdek, kam qo‘llaniluvchi badfe'l, badjahl, badnafs, xushxabar, xushroy, xushvaqt, hamfikr, hamshahar, hamsuhbat singari so‘z yasalishi holatlari ham mavjud. -ba, -ser qo‘shimchalari, asosan, otga qo‘shilib, asosdan anglashilgan belgi-xususiyatning me'yordan ortiq, ko‘p ekanligini bildirsa, be-; no- qo‘shimchalari xuddi shu narsalarga ega emaslikni anglatadi. Solishtiring: baquvvat, serma’no, behayo, noo‘rin. Mazkur qo‘shimchalar -li, -siz, -dor qo‘shimchalari bilan sinonimik munosabatida bo‘la oladi. Masalan: badavlat—davlatli, beqiyos—qiyossiz, noo‘rin— o‘rinsiz, sertashvish—tashvishli. 1-mashq. Gaplarni daftaringizga ko‘chirib yozing. Old qo‘shimchalarning ishlatilishiga e'tibor bering. Serjanjal uyda baraka yo‘q. Qanoat qorin to‘ydiradi, beqanoat o‘zin o‘ldiradi. Eshik ochiq bo‘lsa ham beruxsat kirma. Badavlat va baquvvat dushmandan emas, ochko‘z va badnafs, ichi qora odamga sherik bo‘lib qolishdan qo‘rq. Nomard do‘st seni chohga yetaklar. Unda beravzan ekan har bir bino, Ul binolarning ichinda yo‘q havo, So‘risi yo‘q, sahni yo‘q, ayvoni yo‘q. Aqrabolar yo‘q, aziz mehmoni yo‘q, Beo‘chog‘-u bepalos-u betanur, Betaom-u belibos-u qayda nur. (Chustiy) 2-mashq. Gaplarni o‘qing. Old qo‘shimchalarni aniqlab, ular haqida fikr bildiring. 1. Serjahl va serzarda bo‘lmang, odamlar e'tiboridan qolasiz. 2. Noo‘rin aytilgan so‘z boshga kulfat keltiradi. 3. Baquvvat va kuchli farzandlari bor xalqni hech kim yengolmas. 4. Serquyosh o‘lkamizning har bir qarich yen biz uchun muqaddas. 5. Nomard do‘st dushmandan yomon.(Chustiy) 3-mashq. Uyga vazifa. Gaplarni o‘qing, ularni daftaringizga ko‘chirib oling. Be-, ba-, no-, ser- old qo‘shimchalari o‘rnida ularning sinonimlarini qo‘llash mumkinligi yoki mumkin emasligi haqida bahs yuriting. Bevafo do‘stdan tayoq yaxshi, bebahra guldan yaproq yaxshi. Bevaqt qichqirgan xo‘rozning boshini kesadilar. Bemehr qarindoshdan mehr bergan yot yaxshi. Benuqson do‘st axtargan do‘stsiz qoladi. Besabab oyoqqa tikan kirmas. Befoyda so‘zni aytma, foydali so‘zdan qaytma. Nomard bo‘lib ko‘pga kirguncha, mard bo‘lib o‘lgan yaxshi. Nohaq ishga rivoj yo‘q. Scrduraxt qishloqni sel olmas. Serva'da kishi yolg‘onchi bo‘lur. Ona — oliyhimmat, ona — sersaxo, Ona sertilakdir, ona — serduo. Ota-onani kim etmasa rizo, U rasvoyi olam bo‘lur el aro. Download 0.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling