Nazariy va amaliy dars ishlanmalari


Download 0.49 Mb.
bet106/138
Sana18.06.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1555029
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   138
Bog'liq
2020-21 Ona tili majmua 11

MAТALLAR
Grammatik jihatdan gap holida shakllangan, to‘g‘ri ma’noda qo‘llaniladigan, xalq donishmandligi natijasida vujudga kelgan barqaror birikmalar matallar hisoblanadi.
Masalan,
Yaxshidan bog‘ qoladi, yomondan dog‘.
Qimirlagan qir oshar.

Matallar ham xuddi maqollar singari xalqning hayotini uzoq davrlar mobaynida kuzatish orqali hosil qilgan hayotiy tajribasining ixcham shaklda ifoda topishidir.


8-mashq. Sh. Shomaqsudov va Sh. Shorahmedovning «Hikmatnoma» («O‘zbek maqollarining izohli lug‘ati») kitobidan olingan quyidagi izohni o‘qing. Siz ham matallarga misollar keltirib, ularning variantlarini topib izohlang.


AVVAL O‘YLA, KEYIN SO‘YLA
Jamiyat a’zolari o‘zaro munosabatlarda so‘zlashish odobiga qat’iy rioya qilishlari zarurligi ta’kidlanadi. Kishi aytadigan har bir so‘zi (gapi)ni avval o‘ylab olishi, so‘ngra so‘zlashi lozim. O‘ylamay aytilgan so‘z kishini ko‘pchilik oldida uyalib qolishiga, hatto fojeiy ahvolga tushishiga sabab bo‘lishi mumkin. «So‘zni ko‘ngilda pishqarmaguncha, tilga kelturma va har nekim ko‘ngilda bor tilga surma». (Navoiy) Variantlari: «O‘ylamaguncha so‘ylama», «Ko‘p o‘yla, oz so‘yla», «O‘n qatim o‘yla, bir qatim so‘yla», «Dilda pishir, tilda gapir», «O‘ynab gapirsang ham o‘ylab gapir», «Тez so‘zlagan tez pushmon bo‘lar» va hokazo.

9-mashq. Dunyo xalqlarining tillaridan olingan maqollar va matallarni o‘qing. Ularning o‘zbek tilidagi muqobil variantlarini topib, izohlang.


10-mashq. Gaplarni o‘qing. Ularda ilgari surilgan g‘oya haqida fikr yuriting. Matallarni belgilang.


Aql aqldan quvvat oladi. Ahmoqning aqli — to‘pig‘ida. Davlat bitar, bilim tugamas. Go‘zallik — ilm-u ma’rifatda. Тirmashgan tog‘dan oshar. Yurti boyning o‘zi boy. Eldan ayrilguncha, jondan ayril. Ari zahrini chekmagan bol qadrini bilmas. Daryo suvini bahor toshirar, odam qadrini mehnat oshirar. Yigit husni mehnatda. Kiyimning yangisi yaxshi, do‘stning — eskisi. Dono bilan nodon bitta buloqdan suv ichmas. Тeran daryo tinch oqar. Ilm — tubsiz quduq. Yolg‘onning umri qisqa. Do‘stlik — barcha boylikdan afzal... Sabr tog‘ni yiqitar. Marddan ot qolur, nomarddan — dod. Hunar oshatar, mehnat yashnatar. Ko‘klam — mehnat bilan ko‘rkam. Kumushdek ter to‘ksang, gavhardek dur olasan.

Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling