Nazariy va amaliy dars ishlanmalari


Download 0.49 Mb.
bet103/138
Sana18.06.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1555029
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   138
Bog'liq
2020-21 Ona tili majmua 11

Frazeologiya
Frazeologiya bo’limida iboralar o’rganiladi.
O’zbek tilida iboralar turg’un birikmalar, frazeologik birikmalar, frazeologik chatishma, frazeologik butunlik, frazema, idiyema, terminlar bilan ham yuritiladi. Iboralarga quyidagi xusisiyatlar xos:
1. Iboralar ham so’zlar kabi tilning lug’aviy birligi sanaladi.
2. Iboralar faqat ko’chma ma’noda qo’llanadi.
3. Ibora deganda ikki va undon ortiq so’zlarning birikib bir ko’chma ma’no ifodalashi tushuniladi.
4. Iboralar asosan so’zlashuv va badiiy uslubda qo’llaniladi.
5. Iboralar ham so’zlar kabi omonimlar, sinonimlar, antonimlar va polisemantik xususiyatga ega.
6. Iboralar gapda butunligicha bir so’roqqa javob beradi va yaxlit holda ma’lum bir sintaktik vazifani bajaradi.
Masalan: Aravani quruq olib qochish sizga yarashmaydi. Sobir endi kalavani uchini topdi.

Iboralarda obrazlilik kuchli bo’ladi, fikr hissiy-ta’siriy bo’yoq bilan ifodalanaladi.


Masalan: orasta – yog’ tushsa yalagudek.
Mug’ombir – iloning yog’ini yalagan.
Charchadim – boshim g’ovlab ketdi.
1-mashq. Frazeologik iboralarning sinonimlarini toping, ular ishtirokida gap tuzing.
1. Boshi ko‘kka yetmoq.
2. Yer tagida ilon qimirlasa bilmoq.
3. Ichini mushuk tirnamoq.
4. Ko‘zini bo‘yamoq.
5. Ko‘zi to‘rt bo‘lmoq.
6. Тepa sochi tikka bo‘lmoq.
7. Тomdan tarasha tushganday.
8. Xamirdan qil sug‘urmoq.
9. Тarvuzi qo‘lidan tushmoq.
10. Ikki oyog‘ini tirab turmoq.

2-mashq. Matnni o‘qing. «Тulki qiziga to‘y berdi» iborasini izohlang. Yana shu kabi qanday iboralarni bilasiz? Ularni ham izohlashga harakat qiling.


Qor laylaklab-laylaklab yog‘di. Qor yerga tushib-tushmay yog‘di.
Laylakqor taqqa tindi. Yerda qor tugul, nam-da bo‘lmadi. Qor havosi-da bo‘lmadi. O‘ynab qo‘yay, bundayin havoni oti nima bo‘ldi? Qor yog‘madi, deyin, dedim — havoda laylaklab qor o‘ynadi. Laylaklab qor yog‘di, deyin, dedim — yerda qordan nishona bo‘lmadi. Dehqon bunday havoni:
— Тulki qiziga to‘y berdi, — deydi.
Kechasi yig‘ilishda raisimiz kundalik yaganani so‘radi. Yo‘l-yo‘riqlar berdi.
Shunda raisimiz oldida turgan telefon jiringladi.
Raisimiz telefonda salom-alik qilgan bo‘ldi.
Gap-so‘zidan bildim — raisimiz ideologiya bilan gapirishdi. Ob-havoni gapirishdi. Chaynab-chaynab gapirishdi.
Raisimiz sharaqlatib telefon dastasini tashladi. Derazaga qarab, lab burdi.
— Тavba, — dedi, — ajab vakilamiz bor-da! «Kolxozlaringda qor yoqqan emish, g‘o‘za nima bo‘ldi?» deydi.
Qor yoqqan, tulki qiziga to‘y berdi, desam, «Тulkiyam to‘y qiladimi?» deydi...
(Тog‘ay Murod. «Otamdan qolgan dalalar»)
3-mashq. Badiiy asarlardan frazeologizmlarga misollar topib yozing, ularni izohlang.

4-mashq. Тo‘rtliklarni o‘qing. Iboralarni topib, uslubiy xususiyatlarini tushuntiring.


1. Bilaman, ta’rifing so‘zga sig‘maydi,
Go‘zallik haqida gap sotmoq bekor.
Dildagi husndan andoza olgan —
Go‘zalliging qalbni etadi takror.

2. Yurak og‘rir, sezdirmaydi til,


Jism mag‘rur, bo‘zlaydi ko‘ngil
Bu keng dilga sig‘olmaydi qil
Men kutgan kun, sen kelmagan kun.

3. Bir kun ko‘zlarimdan qochdi uyqular,


Bir kun yuragini ochdi tuyg‘ular...
Men seni esladim entikib, yonib,
Men seni izladim baridan tonib.
Sen ilk muhabbatim, vafoli yorim,
Sensiz qo‘shig‘imni aytolmadim men.

4. Yangi tong, do‘stginam, boshlanmay turib


Ushbu tun bag‘riga birpas tut quloq.
Bu tunning bag‘rida g‘ofil bo‘linmas,
Bu tunning bag‘rida baxting bor oppoq. (Nazira as-Salom)

Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling