Nazariy va amaliy dars ishlanmalari
O`quv mashg`ulotining maqsadi
Download 0.49 Mb.
|
2020-21 Ona tili majmua 11
- Bu sahifa navigatsiya:
- O`quv faoliyatining natijalari: Talabalar
- O`qitish vositalari
- Monitoring va baholash Savol–javob, test Nazariy mashg`ulotining texnologik xaritasi
- Barqaror birikmalar tasnifi
Nazariy mashg`ulotining texnologik xaritasi
1-topishriq. Boshi osmonga yetdi va quvondi o‘rtasidagi umumiy va farqli jihatlarni ayting 2-topshiriq. Vatanni sevish haqida uchta maqol keltiring va ularning o‘ziga xos tomonlarini tushuntiring. Nutqiy jarayonda fikrimizni bayon qilish uchun so‘zlar yordamidagina emas, balki bir necha so‘zlarning barqaror bog‘lanishidan hosil bo‘lgan birikmalardan ham foydalanamiz. Masalan, Тoshkentdagi istiqlol davrida qurilgan inshootlarni ko‘rib, og‘zim ochilib qoldi. Bu gapda og‘zim ochilib qoldi birikmasi so‘zlovchi tomonidan nutqqa tayyor holda olib kirilgan. Og‘iz ochilib qolmoq birikmasi nutq jarayoniga qadar ham tayyor holda barqaror birikma sifatida mavjud va mazmunan bir leksema hayron bo‘lmoq leksemasi ifodalagan ma’noga teng keladi. Yoki yer haydasang kuz hayda, kuz haydamasang yuz hayda, deydi xalqimiz, jumlasida deydi xalqimiz birikmasi tarkibidagi so‘zlar o‘zaro erkin bog‘langan bo‘lsa, undan oldingi so‘zlar so‘zlovchining nutqiga qadar xalqimiz tomonidan yaratilgan, tilimizda tayyor holda so‘zlarning xuddi shunday tarkibini doimiy saqlagan holda mavjuddir. Ikki va undan ortiq so‘zlarning o‘zaro barqaror munosabatidan tashkil topgan, nutq jarayoniga tayyor holda olib kiriluvchi, til egalari xotirasida imkoniyat sifatida mavjud bo‘lgan til birliklari barqaror birikmalar deyiladi. Barqaror birikmalarning eng xarakterli belgilari quyidagilar: 1. Nutq jarayoniga qadar tilda mavjudlik: nutqqa tayyor holda olib kirishlik. 2. Ma’no butunligi. 3. Тuzilishi va tarkibining barqarorligi. Barqaror birikmalardan o‘rinli foydalanish nutq go‘zalligini ta’minlaydi, shuning uchun ular nutqimiz ko‘rki hisoblanadi. Barqaror birikmalarni o‘rganuvchi tilshunoslik bo‘limi paremiologiya (lot. parema — barqaror, logos — ta’limot), barqaror birikmalar lug‘atini tuzish muammolarini o‘rganuvchi bo‘lim esa paremiografiya (lot. parema — barqaror, grofho — yozmoq) sanaladi. Download 0.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling