Nazariy va amaliy dars ishlanmalari


Mavzular yuzasidan nazorat savollari


Download 0.49 Mb.
bet133/138
Sana18.06.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1555029
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   138
Bog'liq
2020-21 Ona tili majmua 11

Mavzular yuzasidan nazorat savollari

  1. Olib ber, o'qib chiq, ketma-ket kabi qo'shma, juft so'zlarning imlosi qaysi bo'limda yoritilgan?

  2. So'z ma'nolari tilshunoslikning qaysi bo'limida o'rganiladi?

  3. Frazeologiya deganda nimani tushunasiz?

  4. Lug'at va uning tiplari qaysi bo'limda o'rganiladi?

  5. Grammatika nima?

  6. O'zbek degan so'z ilk bor qaysi yozma manbada uchraydi?

  7. O'zbek urug'lari qaysi tilda gaplashishgan?

  8. O'zbeklar haqida yozilgan qaysi asarlarni bilasiz?

  9. Qadimgi turkiy til qaysi davrlarni o'z ichiga oladi?

  10. Enasoy va Urxun daryolari qayerda joylashgan?

  11. Mazkur yozuvlar haqidagi ma'lumotlarni kimlar e'lon qilgan?

  12. Urxun-enasoy yozuvlarida bitilgan bitiktoshlarda nimalar haqida hikoya qilinadi?

  13. V.V. Radlov va V. Tomsenlarning urxun-enasoy yozuvlari borasidagi xizmatlari nimada?

  14. Eski turkiy til davri qaysi davrlarni o'z ichiga oladi?

  15. Nutqiy faoliyat nima va u qanday amalga oshadi?

  16. Til nima uchun ijtimoiy hodisa hisoblanadi?

  17. Tovushlarning akustik tomoni deganda nimani tushunasiz?

  18. Tovushlarning farqlovchi va biriktiruvchi belgilari deganda nimani tushunasiz?

  19. Tovush deb nimaga aytiladi?

  20. Fonema nima?

  21. Tovushlar ketma-ketligi deganda nimcini tushunasiz?

  22. Unli tovushlar deb qanday tovushlarga aytiladi?

  23. Unli tovushlar qanday tasniflanadi?

  24. Undosh tovushlar deb qanday tovushlarga aytiladi?

  25. Undosh tovushlar qanday tasnif qilinadi?

  26. Undosh tovushlar deb qanday tovushlarga aytiladi?

  27. Hozirgi alifboda unlilar qanday ifodalanadi?

  28. Hozirgi alifboda undoshlar qanday ifodalanadi?

  29. ш, ч harflari lotin yozuvida qanday yoziladi?

  30. Qaysi jarangli undoshlar talaffuzda jarangsizlashadi?

  31. Fonetik hodisalar deganda nimani tushunasiz?

  32. Fonetik hodisalar nima uchun ro'y beradi?

  33. O'zbek (umumturkiy) so'zlarining boshi va oxiridagi tovush tuzilishi qanday?

  34. So'z boshidagi qo'sh undoshlar qaysi tillarga xos va bunday noqulaylik og'zaki nutqda qanday bartaraf qilinadi?

  35. So'z oxiridagi sht, xt, rg kabi qo'sh undoshlar qaysi tillarga xos va ular qanday talaffuz qilinadi?

  36. Ma'no urg'usi deganda nimani tushunasiz?

  37. Segment birliklar deganda nimani tushunasiz?

  38. Ustsegment birliklar nima?

  39. Ohang nimalarni o'z ichiga oladi?

  40. Bo'g'in deb nimaga aytiladi?

  41. Urg'u nima?

  42. Imlo qoidalari deb nimaga aytiladi?

  43. Unlilar imlosi deganda nimani tushunasiz?

  44. Egalik qo'shimchalari qo'shilganda qanday so'zlarda tovush o'zgarishlari ro'y beradi?

  45. Qanday so'zlar qo'shib yoziladi?

  46. Qanday so'zlar ajratib yoziladi?

  47. Kishilarning ismi, familiyasi, otasining ismi nima sababdan bosh harf bilan yoziladi?

  48. Chiziqcha qanday o'rinlarda ishlatiladi?

  49. Juft so'zlar qanday yoziladi?

  50. Vergul qanday o'rinlarda ishlatiladi?

  51. So'roq belgisi qanday gaplarda ishlatiladi?

  52. Undov belgisi gapda nima uchun qo'yiladi?

  53. Darak gaplarni so'roq yoki undov gaplarga aylantirish mumkinmi?

  54. Qavsning ishlatilish o'rinlari qaysilar?

  55. Ko'p nuqta qanday hollarda ishiatiladi?

  56. Tire o'zbek yozuvida qachondan boshlab ishlatila boshlangan?

  57. Ikki nuqtaning ishlatilish o'rinlari qaysilar?

  58. Nuqtali vergul qanday hollarda ishiatiladi?

  59. So'zning asos qismi deb nimaga aytiladi?

  60. Qo'shimchalar deb nimaga aytiladi?

  61. Qo'shimchalar qanday turlarga bo'linib ketadi?

  62. Ko'makchi morfemalar deb nimaga aytiladi?

  63. Sintaktik munosabat bildirmaydigan morfemalar qaysilar?

  64. Sintaktik munosabat bildiradigan morfemalarga qaysi morfemalar kiradi?

  65. O'zbek tilida qo'shimchalar so'zning qaysi tomoniga qo'shiladi.

  66. So'z yasovchi qo'shimchalar so'zning oldiga ham qo'shilishi mumkinmi?

  67. Old qo'shimchalar deb qanday qo'shimchalarga aytiladi?

  68. Old qo'shimchalarni boshqa qo'shimchalar bilan almashtirish mumkinmi?

  69. Qo'shimchalarda ma'nodoshlik deganda nimani tushunasiz?

  70. Qo'shimchalarda zid ma'nolilik deganda nimani tushunasiz?

  71. Tilning lug'at tarkibi qanday boyib boradi?

  72. So'z yasalishi deganda nimani tushunasiz?

  73. So'z yasalishining tuzilishi qanday qismlarni o'z ichiga oladi?

  74. So'z yasashning qanday usullarini bilasiz?

  75. Affiksatsiya usuli haqida so'zlang.

  76. So'z yasash qolipi nima?

  77. So'z yasash qolipi qanday aniqlanadi?

  78. Adabiy til nima va u xalq shevalaridan nimasi bilan farq qiladi?

  79. Xalq shevalari deganda nimani tushunasiz va uning adabiy til bilan aloqasi qanday?

  80. Yozma adabiy til nima?

  81. Og‘zaki adabiy til deganda nimani tushunasiz?

  82. Badiiy til bilan adabiy til bir narsami?

  83. Adabiy tilning qanday uslublarini bilasiz?

  84. Leksika nima?

  85. Leksikologiya nimani o‘rganadi?

  86. So‘z tovush tomonidan tashqari yana nimaga ega bo‘lishi kerak?

  87. So‘zning leksik ma’nosi deganda nimani tushunasiz?

  88. So‘zning grammatik ma’nosi nima?

  89. Leksema va so‘z nimasi bilan bir-biridan farq qiladi?

  90. Ko‘p ma’noli so‘zlar nima?

  91. Ko‘p ma’noli so‘zlar nima uchun paydo bo‘ladi?

  92. Ko‘chma ma’no qanday aniqlanadi?

  93. Metafora deganda nimani tushunasiz?

  94. Metonimiyada ko‘chma ma’no qanday asosda vujudga keladi?

  95. Sinekdoxa ko‘chma ma’no hosil qilishning qanday usuli?

  96. Sinekdoxaning metafora va metonimiyadan farqi nimada?

  97. Vazifadoshlik asosida ma’no ko‘chishi deganda nimani tushunasiz?

  98. Atama deganda nimani tushunasiz?

  99. Atama qanday hosil qilinadi?

  100. Atamaning umumxalq so‘zidan qanday farqi bor?

  101. Atamalarni yasash va ularni tartibga solish muammolari tilshunoslikning qaysi bo‘limida o‘rganiladi?

  102. Atamalarni tartibga solishga qanday zaruriyat tug‘ildi?

  103. Atamalarni tartibga solishning qaysi yo‘llarini bilasiz va qaysisi sizga ma’qulroq?

  104. O‘zbek tili leksikasi qaysi yo‘llar bilan boyib, rivojlanib bormoqda?

  105. Leksikaning ichki manbalar asosida rivojlanishi deganda nimani tushunasiz va ularning usullari qanday?

  106. Тashqi manbalarga qanday holatlarda murojaat etiladi?

  107. Qo‘llanilish doirasiga ko‘ra so‘zlar qanday turlarga bo‘linadi?

  108. Dialekgizmlar deganda qanday so‘zlarni tushunasiz?

  109. Sotsial chegaralangan so‘zlarga qanday so‘zlar kiradi?

  110. Onomastikada nima haqida bahs yuritiladi?

  111. Nomlarning qanday turlarini bilasiz?

  112. Nom bilan nomlanuvchi obyekt o‘rtasida qanday munosabatlar bor?

  113. Omonimlar (shakldoshlar) deganda nimani tushunasiz?

  114. Omonimlarning qanday turlari bor?

  115. Leksik omonimlar (shakldosh so‘zlar)ning nutqda qanday ahamiyati bor?

  116. Lug‘aviy sinonimlar nima?

  117. Sinonimlar qatori (uya) deganda nimani tushunasiz?

  118. Sinonimlar qatorida qanday so‘z dominanta bo‘ladi?

  119. Barqaror birikma deganda nimani tushunasiz?

  120. Barqaror birikmaning qanday turlari mavjud?

  121. Frazeologizm nima?

  122. Maqol va matal deganda nimani tushunasiz?

  123. Qanday birikmalar hikmatli so‘zlar (aforizmlar) sanaladi?

  124. Leksikografiya nima va u nimalar haqida bahs yuritadi?

  125. Lug‘at deganda nimani tushunasiz va u qanday turlarga bo‘linadi?

  126. Ensiklopedik lug‘at bilan filologik lug‘atlar bir-biridan nimasi bilan farq qiladi?

  127. Nutq uslublari nima va ular tilshunoslikning qaysi bo‘limida o‘rganiladi?

  128. Nutqning qanday uslublari bor?

  129. Qanday uslubga publitsistik uslub deyiladi?

  130. Publitsistik uslubning qanday shakllari bor?

  131. Rasmiy uslub nima?

  132. Rasmiy uslubning qanday turlarini bilasiz?

  133. Ilmiy uslub deganda qanday uslubni tushunasiz?

  134. Ilmiy uslubning o‘ziga xos belgilari qanday?

  135. Ilmiy uslubning qanday turlari bor?

  136. Grammatika deganda nimani tushunasiz?

  137. Grammatika necha qismdan iborat?

  138. Leksik ma’no nima va uning grammatik ma’noga qanday aloqasi bor?

  139. Morfologiya nimani o‘rgatadi?

  140. So‘z turkumlari deganda nimani tushunasiz?

  141. So‘zlarning mustaqil va yordamchi so‘zlarga bo‘linishida ularning qaysi belgisiga tayaniladi?

  142. Morfologiya deb nimaga aytiladi?

  143. So‘zlarni turkumlarga ajratishda ularning qaysi xususiyatlariga diqqat qilinadi?

  144. Mustaqil so‘z turkumlari qaysilar?

  145. Yordamchi so‘z turkumlariga qaysi so‘zlar kiradi va nima uchun?

  146. Oraliqdagi so‘zlar qaysilar?

  147. Otning son shakli deganda nimani tushunasiz va qanday ifodalanadi?

  148. Ko‘plik shakli qanday vaqtlarda birlik ma’noni o‘zgartirmaydi va bunday holatda qanday vazifalarni bajaradi?

  149. Qarindoshlik bildiruvchi so‘zlarda ko‘plik va egalik shakllarining o‘rinlashishi qanday bo‘ladi?

  150. Ot deb nimaga aytiladi?

  151. Otlarning ko‘plik shakli qanday vositalar orqali yasaladi?

  152. Otlarning uslubiy xossalari deganda nimani tushunasiz?

  153. Yasama otlar qanday hosil qilinadi?

  154. Sifat deganda nimani tushunasiz?

  155. Sifat darajalari deganda nimani tushunasiz?

  156. Sifatning qanday darajalarini bilasiz?

  157. Yasama sifat nima va qanday vositalar yordamida sifat yasaladi?

  158. Sifat yasovchi qo‘shimchalar sinonimiyasi deganda nimani tushunasiz?

  159. O‘lchov so‘zlari deganda qanday so‘zlarni tushunasiz?

  160. O‘lchov so‘zlarining qanday ma’no turlarini bilasiz?

  161. Sonlar qanday miqdorni bildiradi?

  162. Son bilan kelgan otlar -lar bilan kela oladimi?


  163. Download 0.49 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling