Nazariy va amaliy dars ishlanmalari


Download 0.49 Mb.
bet137/138
Sana18.06.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1555029
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   138
Bog'liq
2020-21 Ona tili majmua 11

II BOSQICH UCHUN
1. Sinekdoxa yo‘li bilan ma’noning ko‘chishini aniqlang.
A) Yoshlarni fan cho‘qqilarini egallashga undadi. B) Uning zehni juda o‘tkir, o‘zi tirishqoq edi. C) Men ham tirnoqqa zor emasman.D) Har bir kishining ko‘zi cho‘l tomonga tikilgan edi.
2. Shirin xayollarga berildi gapidagi sifatda qanday ma’no ko‘chishi bo‘lgan?
A) metafora B) metonimiya C) sinekdoxa; D) vazifadoshlik;
3. Quyidagi o‘xshatishlarning qaysi biri metafora yo‘li bilan hosil bo‘lgan?
A) yong‘oq (daraxt ma’nosida) B) xazon bo‘lmoq (o‘lmoq ma’nosida) C) oqsoqol (katta ma’nosida) D) besh qo‘l (barmoq ma’nosida)
4. Mehmon kelib, kasalning oyog‘iga o‘tirdi. Ushbu gapdagi oyoq so‘zida qanday ma’no ko‘chishi sodir bo‘lgan?
A) metafora B) metonimiya C) sinekdoxa D) vazifadoshlik
5. - Nima qilay, aylanay? Meni u eshikka qadam bostirishmaydi. Ushbu gapda ko‘rsatilgan ma’no ko‘chishning turini aniqlang.
A) metafora B) metonimiya C) sinekdoxa D) vazifadoshlik
6. Eshitgan quloq nima deydi? Ushbu gapda ko‘rsatilgan ma’no ko‘chishning turini aniqlang. A) metafora B) metonimiya C) sinekdoxa D) vazifadoshlik
7. Shaxs yoki predmetning nom o‘rnida biror bo‘lak orqali o‘sha tushunchani berish ko‘chishning qaysi turiga xos?
A) metafora B) metonimiya C) sinekdoxa D) vazifadoshlik
8. Sinekdoxa asosida ma’no ko‘chishi qaysi qatorda berilgan?

  1. Dasturxonga qarang, mehmon.

  2. O‘pkasini rentgen apparatda tekshirish kerak ekan. C) Jussasi ushoqqina bu odam kishiga tik boqar edi. D) Kechgacha tuz totmadi.

9. Ushbu gapda ma’no ko‘chishning qaysi turi mavjud? Dasturxonga qarang.
A) vazifadoshlik B) kinoya C) metafora D) metonimiya
10. Ayvon yonida tik turardi gapidagi yonida so‘zida qanday ma’no ko‘chishi bo‘lgan?
A) metafora B) metonimiya C) sinekdoxa D) ma’no ko‘chishi bo‘lmagan
11. Bo‘lak orqali butunni ifodalash ma’no ko‘chishining qaysi turiga xos?
A) sinekdoxa B) ko‘p ma’nolilik C) metafora D) vazifadoshlik
12. Narsalar o‘rtasidagi o‘zaro o‘xshashlik asosidagi ma’no ko‘chirilishi qanday nomlanadi?
A) sinekdoxa B) ko‘p ma’nolilik C) metonimiya D) metafora
13. Rahmi kelib bulutning,
Yig‘lab to‘kar yoshini
Qushlar qochar, majnuntol,
Ko‘taradi boshini. (E.Vohidov) Ushbu
misralarda ma’no ko‘chishining qaysi turi mavjud?
A) sinekdoxa B) ko‘p ma’nolilik C) metafora D) vazifadoshlik
14. Metafora usuli bilan so‘z ma’nosi ko‘chirilgan qatorni toping.
A) Tuyoqlar sonini ko‘paytirish cho‘ponlarning bosh maqsadi hisoblanadi
B) Avval raisni eshitaylik, keyin bir gap bo‘lar.
C) Avtomobilning eshigi ochilib, uch kishi tushib keldi.
D) Samolyotning qanoti o‘ta pishiq materialdan ishlangan.
15. Narsa va hodisalar o‘rtasida makon va zamondagi o‘zaro aloqadorlik asosida birining nomining ikkinchisiga ko‘chishi qanday nomlanadi?
A) metonimiya B) ko‘p ma’nolilik C) metafora D) vazifadoshlik
16. Haybatli sharsharalar sochar kumush zarralar. Gapda qanday ma’no ko‘chishi mavjud?
A) metafora B) metonimiya C) ma’no ko‘chishi bo‘lmagan D) sinekdoxa
18. 1. Ko‘ngildan ko‘ngilga yo‘l bor. 2. Nodir uni bir necha bor ko‘zdan kechirdi.3. Shunisi ham borki, keyingi vaqtlarda Azizbek Qo‘qonning yorlig‘ va farmonlarini iltifotsiz qoldira boshladi. Ushbu gaplarda qo‘llangan bor so‘zlari o‘zaro ma’no munosabatiga ko‘ra qanday so‘zlar?
A) Birinchi va uchinchi gapdagi so‘zlar o‘zaro ko‘p ma’noli, ular esa o‘z navbatida ikkinchi gapdagi so‘zga nisbatan shakldosh so‘zlar
B) Har uchala gapdagi sozlar o‘zaro bir so‘zning turli ma’nolari C) Har uchala gapdagi so‘zlar bir so‘zning turli ma‘nolari D) Ikkinchi va uchinchi gapdagi so‘zlar o‘zaro ko‘p ma’noli so‘zlar, ular esa birinchi gapdagi so‘zga nisbatan shakldosh.
19. Ko‘k yuzida suzib yurgan bulut parchalari oftobni bir zumda yuz ko‘yga solyapti. (A.Q.) Ushbu gapda ma’no ko‘chishing qaysi turi mavjud?
A) kinoya B) sinekdoxa C) metonimiya D) metafora
20. Gapning ko‘chma - tag ma’nosi qo‘llangan qatorni toping.
A) - Muncha qimmat, eshagi bilanmi? -Yo‘q, eshak siz! B) Bog‘lardagi qip-qizil lola. Bo‘lib go‘yo yoqut piyola. (H.O.) C) - Sizga tekkunimcha alvastiga tegsam bo‘lmasmidi? - Afsuski, yaqin qarindoshlar orasida nikoh man qilingan. D) A,C.
21. Kapalakday kelib, qoshingga qo‘nib. ko'zingga termulib, umrim o‘tsaydi. (M.Yusuf) Mazkur gapda "qoshingga qo‘nib" birikmasida ma’no ko‘chishining qaysi turi kuzatiladi?
A) vazifadoshlik B) sinekdoxa C) metonimiya D) metafora
22. Sinekdoxa usuli bilan ma’no ko‘chgan qatorni aniqlang.
A) Shu uchun u Zebining so‘ng so‘zlaridagi og‘ir ma’yuslikni payqay olmadi
B) Dunyoda tashvishlarni ko‘p chekdi boshim.
C) Keyin telefon trubkasini olib bog‘ni ulashni buyurdi. (S.Ahm.)
D) Adabiyot etagim ikki uchini belimga aylantirib bog‘laydi. (T.Murod)
23. Nadomat komida qolganlar, ayting. (A.Oripov) Ushbu misradagi tagiga chizilgan so‘zning ma’nodoshini toping.
A) yonida B) ichida C) orasida D) tagida
24. Seningsiz menga kom yo‘qdur, Asal ichsam zahar bo‘lg‘ay. (E. V.) Ushbu she’riy parchada qo‘llanilgan kom so‘zining ma’nodoshini toping. A) shodlik B) hayot C) tinchlik D)joy
25. Nadomat komida qolganlar, ayting.
(A.Oripov) Seningsiz menga kom yo‘qdur, Asal ichsam zahar bo‘jg‘ay. Berilgan gaplardagi kom so‘zi o‘zaro ma’no munosabatiga ko‘ra qanday so‘zlar?
A) shakldosh so‘zlar B) ko‘p ma’noli so‘zlar C) uyadosh so‘zlar D) har ikkala gapda ham bitta so‘z hisoblanadi.
26. "Mahbub-ul-qulub" dunyoning achchiq-chuchugini totgan, goho "komronlig‘", goho "iftixorlik" topgan buyuk shoir A.Navoivning 60 yillik hayotiga yakun bo‘ldi. Ushbu gapda qo‘llangan "komronlig‘" so‘zining ma’nosini toping. A) shodlik B)yolg‘izlik C) baxtlilik D) g‘am
27. So‘zing shirin, o‘zing Xisravdin afzun,
Bo‘lur Layli sening husningga majnun.
Baytdagi afzun so‘zining lug‘aviy ma’nosini toping.
A) qudratli B) baxtli C) mard D) ortiq
28. Navoiyning ta’biri bilan aytganda, ”guhari sharif” ga teng nima?
A) ong B) bilim C) aql D) so‘z
29. Tilshunoslikning atash ma’nolarini o‘rganuvchi bo‘limi qanday ataladi?
A) atamashunoslik B) sintaksis C) morfologiya D) leksikologiya.
30. So‘zlarning grammatik ma’nolari grammatikaning qaysi bo‘limida
o‘rganiladi?
A) morfologiyada B) leksikologiyada C) morfemikada D) sintaksisda
31. Ko‘k yuzida suzib yurgan bulut parchalari oftobni bir zumda yuz ko‘yga solyapti. Mazkur gapda qo'llangan "ko‘y" so‘zining ma‘nosini toping. A) holat B) donalik C) musiqa D) rang 32. Qaysi qatorda so‘zlar bir ma’noli?
A) uzumchi, ot, sir, safar, qil B) aziz, qo‘l, toy, ajralmoq, yer C) ko‘k, yuz, suz, ustun, soz D) tul, kek, uzuk, cho‘pon, qum
33. Kitobni ochiq qoldirmoq, ochiq gapirmoq. birikmalaridagi ochiq so‘zi qaysi qatorda to‘g‘ri izohlangan?
A) bir so‘zning turli ma’nolari
B) uchta mustaqil so‘zning shaklan mos kelishi
C) birdan ortiq so‘zning o‘zaro grammatik shakllarda teng kelishi
D) BvaC
34. Quyidagi hodisalarning qaysi biri faqat bir so‘z turkumi doirasida vujudga keladi?A) ko‘p ma’nolilik B) antonimlik C) paronimlik D) A va B.
35. Daryoning cheti: chet mamlakat; chetdan tamosha qilib turmoq kabi birikmalardagi chet so‘zi ma’no munosabatiga ko‘ra qanday so‘z hisoblanadi?
A) sinonim so'z B) antonim so’z C) omonim so‘z D) ko‘p ma‘noli so‘z
36. Bir so‘zning matn mazmunidan kelib chiqib, bir necha ma’no ifodalashi qanday nomlanadi?
A) ko‘p ma’nolilik B) omonimiya C) sinonimiya D) frazeologiya
37. Qaysi qatorda bir ma’noli so‘zlar berilgan?
A) elak, oyoq B) radif, in C) ko‘z, qosh D) tish, quloq
38. 1. Ish ishtaha ochar, dangasa ishdan qochar. 2. Meni boshqa tashkilotlarga ishga chaqirishyapti. 3. Ming qo‘ylining ishi bir qo‘liga tushadi. Ushbu gaplarda qo‘llangan ish so‘zi o‘zaro ma’no munosabatiga ko‘ra qaralay so‘z hisoblanadi?
A) sinonim so‘zlar B) omonim so‘zlar
C) antonim sozlar D) ko‘p ma’noli so‘zlar
39. Bir ma’noli so‘zlar qaysi qatorda?
A) ko‘z, qosh B) og‘iz, bosh C) etak, oyoq D) chumchuq, ravish
40. Ko‘p ma’noli so‘zlarni toping.
A) men, sen B) besh, o‘n C) ota, ona D) tomir, yoqa
41. Polisemiya va polisemantik so‘z deganda nima tnshuniladi?
A) shakldoshlik va shakldosh so‘zlar
B) zid ma’nolilik va zid ma’noli so‘zlar
C) ma’nodoshlik va ma’nodosh so‘zlar
D) ko‘p ma’nolilik va ko‘p ma’noli so‘zlar
42. Bir so‘zning matnga qarab bir necha ma’no ifodalashi tilshunoslikda qanday nomlanadi?
A) uslubiyat B) polisemantika
C) sinonimiya D) omonimiya
43. Bir ma’noli so‘zlar qatorini aniqlang.
A) sa’va, gulxayri, pazanda; B) yengil, mayin, yemoq; C)yutmoq, shirali, achitmoq;
D) gavhar, girdob, yumshamoq;
44. 1. Tog‘ning ko‘rki tosh bilan, odam ko‘rki bosh bilan. 2. Badanim o‘t bo‘lib yondi, boshim og‘rib, ko‘zlarim tindi. 3. Yaxshi yigit davraning boshi. Gaplarning qaysi birida bosh so‘zi bir ma’noli?
A) 2 B) 1,2 C) 1,3
D) barcha gaplarda ko‘p ma’noli
45. Quyida berilgan gaplarning qaysi birida qo‘llangan zang so‘zi o‘zaro bir so‘zning turli ma’nolari hisoblanadi?
1. Boboqul otaning zangi eshitilmaydigan bo‘ldi 2.Temirchilar zanglagan temirni o‘tga solsang, zangi to‘kiladi deyishadi. 3. Uning basharasi tokning zangidek bujmayib, qovoqlari yong‘oq pallasidek bo‘rtib ketibdi. 4. Davlat arboblari adolatni shior qilsalar, hayotning zangini oltinga aylantirmoq mumkin.
A) 1,2 B) 1,2,3 C)2.3 D) 2,4
46. "Daraxtning tomiri", "qon tomiri", "falonchining tomiri" kabi birikmalardagi tomir so‘zi ma’no munosabatiga ko‘ra qanday so‘z hisoblanadi?
A) omonim so‘z B) ko‘p ma’noli so‘z
C) sinonim so‘z D) paronim so‘z
47. 1) Qo‘lida o‘tkir boltasi bor edi
2) Ariqlar bo‘yida o‘tkir hidli yalpizlar o‘sgan. 3) Salim juda o‘tkir bola ekan. Bu gaplardagi o‘tkir so‘zi ma’no munosabatiga ko‘ra qanday so‘z hisoblanadi?
A) antonim so‘z B) bir ma‘noli so‘z
C ) sinonim so‘z D) ko‘p ma’noli so‘z
48. Ko‘p ma’noli qo’shimchalar berilgan qatorni aniqlang.
A) -chi, -ma, -gan, -li, -la
B) -garchilik, -chilik,-moqda,-chi, ser
C) be-, ba-, -li, -zor, -dor D) -li, -ma, -chi, -sa, -chilik
49. Qanday so‘zlarga nisbatan "ko‘chma ma’no" atamasi qo‘llanadi?

  1. bir ma’noli so‘zlarga nisbatan

  2. ko‘p ma’noli so‘zlarga nisbatan

  3. omonim so‘zlarga nisbatan

  4. sinonim so‘zlarga nisbatan

50. Qaysi qatordagi birikmalarda qo‘llangan band so‘zi bir so‘zning ikki ma’nosi hisoblanadi?
A) dilini band qilmoq; zirak bandi
B) Berilgan barcha birikmalarda band so‘zining turli ma’nolari ifodalangan.

  1. gilosning bandi; ipning bandi

  2. o‘qish bilan band; telefon band.

51. Majlis ahlining aksariyati xursand bo‘lib, Mustafo Sodiqni olqishladilar. Ushbu gapdagi ahlining so‘zi adil so‘ziga o‘zaro qaysi jihatdan bog‘liq?
A) Adl va ahil so‘zlari o‘zaro ma’nodosh so‘zlar. B) Ahl va ahil so‘zlari o‘zaro paronim so‘zlar. C) Aynan bir so‘z bo‘lib, egalik qo‘shimchasi qo‘shilgach, i unlisi tushib qolgan. D) Adl va ahil so‘zlari o‘zaro shakldosh so‘zlar.
52. Shakldosh so‘zlar berilgan javobni toping.
A) kadr, qil, yoq, karam B) davlat, tuman, yiq, bor, qalinC) mushak,oy, taxt,et D) A, C.
53. Ma’nodosh so‘zlar berilgan qatorni toping.
A) muhayyo, shay, tayyor B) o‘lchovli, sanoqli, tortilgan
C) yov, dushman, raqib D) to‘g‘ri, vijdonli, samimiy.
54. Zid ma’noli so‘zlar berilmagan gapni toping.

  1. Hozir ketmasang, keyin kech bo‘ladi.

  2. Uning kiyimlari toza kir bo‘lib ketgan ekan.

  3. Qarilar izzatda, yoshlar xizmatda.

D) Asrlar davomida tutqun bo‘lib yashagan xalq ozod bo‘ldi.
55. Quyidagi so‘zlarning uyadosh guruhlari to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni toping: 1) buzoq; 2) chigit; 3) novvos; 4) qo‘ychivon; 5) tola;
6) sigir; 7) jun; 8) qo‘zichoq. 9) g‘o‘za.
A) 1, 3, 6 B) 4, 7, 8. C) 2, 5, 9. D) A, B, C.
56. Uyadosh so‘zlarning tildagi ahamiyati to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni toping.
A) so‘zlarning xotirada oson saqlanishiga yordam beradi
B) so‘zlardan nutqiy jarayonda oson foydalanish imkonini beradi
C) lug‘atlarda to‘g‘ri joylashtirishga yordam beradi D) A, B.
57. Ma’nodosh so‘zlarning tildagi ahamiyati noto‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni toping.
A) bir ma’noni xilma-xil so‘zlar orqali turli nozik ma’no qirralari bilan ifodalashga imkon beradi. B) so‘z sehrini namoyish etishda ahamiyatga ega C) nutqni bezashda, ta’sirchanligini oshirishda ahamiyatga ega D) bir so‘zning turli ma’nolarini ifodalashga yordam beradi
58. Shakldosh (omonim) so‘zlar qatorini toping.
A) kech, shim, tut, osh, til B) bob, tol, qiz, yoqa, ko‘z
C) eshik, chang, kecha, tog‘ D) oltin, to‘r, cho‘qqi, yosh
59. Mashinaga hojat yo‘q. Ana ko‘chada tramvay, trollevbuslar bor. Bor, toshingni ter! Ushbu gaplardagi bor so‘zlari o‘zaro qanday so‘z?
A) zid ma’noli so‘z B) paronim so‘z
C) shakldosh so‘z D) ko‘p ma’noli so‘z
60. Quyidagi so‘zlarning qaysi birida shakldoshlik (omonimlik) ot va fe’l turkumi o‘rtasida vujudga kelmaydi?
A) tut B) tosh C) tush D) to‘r
61. Qaysi omonim so‘z ikkidan ortiq ma’no anglatadi?
A) et, kul, osh B) tuz, tush, och C) ko‘r, tosh, bez D) yoq, o‘t, yoz.
62. Antonimlar qo‘llangan gapni toping.
A) Nurmat tog‘a ozoda, mirishkor odam bo‘lganidan shiyponni guldek tutadi.
B) Bir no‘noqni bir epchil eplaydi.
C) Begona yurtda, bolasi diydoridan uzoqda armon bilan ko‘z yumdi.
D) Moyli bo‘yoqdan torlib toza spirtgacha uning qo‘lida.
63. Qaysi omonim so‘zlardagi qo‘shimchalar tarkibi bir xil emas?
A)Dastlab frontga kelishi va u vaqtgi kechinma ham kayfiyatlarini aytib berdi.
B) Ko‘pdan beri kutgan, ammo shu lahzada ro‘yobga chiqishidan bexabar quvonchdan Ummatali shoshib qoldi.
C) Bu ko‘zlar nimani ko‘zlar. D) Umarali dam kulardi, dam xafa bo‘lardi.
64. Qaysi qatorda sinonimlar kuchaytirishga xizmat qilgan?
A) Yig‘latdi meni demayki, siqtatdi meni.
B) Umrda bir martagina beriladigan ishq atalmish tuyg‘umi, hissiyotmi, haligacha ta’rifi kashf qilinmagan muhabbal rohatlari umrbod yodda.
C) Onasi ham murdadek qotib qoldi - ular g‘arib va haqir odamlar kabi boshlarini ichiga tiqib yotishardi.
D) Bir so‘zliligi, o‘jarligi birovga yoqib, birovga yoqmay yurardi.
65. Qaysi qatorda paronimlar berilgan?
A) va’z - voiz B) baravar - barobar
C) a’yon - ayon. D) kaptar - kabutar
66. Qaysi qatorda ot turkumiga oid sinonimlar berilgan?
A) xanuk, badbashara, ta’viya B) men, kamina
C) tez, jadal D) Qiyinchilik, mashaqqat, zahmat.
67. Qaysi qatordagi ma’nodosh so‘zlar sifat turkumiga mansub?
A ) shekilli, chog‘i B) kabi, singari, yanglig‘
C) asta, ohista D) Ulug‘, buyuk, ulkan.
68. Menga qondosh bo‘lgan el. Gado edi, qashshoq edi xor, Qalbi to‘la nafrat, alam, zor. Ushbu she’riy parchada nechta so‘z bir necha nomlar bilan aytilgan?
A) 2ta B)3 ta C) 4 ta D) 5 ta
69. Qishloqning husniga husn qo‘shgan qaddi raso teraklar tik qomatlarini mag‘rur ko‘rsatib turadi. Ushbu gapda shakl va ma’no munosabatiga ko‘ra qanday so‘zlar ishtirok etgan?
A) omonimlar (husniga husn) B) paronimlar (raso, rosa)
C) antonimlar (tik, qiyshiq) D) Sinonimlar (qaddi raso, tik).
70. O‘zbek tili leksikasining ichki imkoniyatlar asosida boyish manbalarini belgilang.
A) o‘zbek tili so‘z yasash usullari asosida yangi so‘z yasash B) yaqin munosabatda bo‘lgan xalqlar tilidan bevosita so‘z olish
C) xalq shevalaridan so‘z olish D) Ava C
71. O‘zbek tilining ichki imkoniyatlari asosida hosil bo‘lgan so‘zlarni toping .
A) osmon, oftob, bahor, barg, daraxt, shamol B) kitob, maktab, xalq, shoir, ma’no, oila
C) stol, stul, ruchka, pero, pechka, parta
D) limonzor, sportchi, tilshunos, ilmli, maklabdosh, shoirona
72. Umumxalq ishlatadigan so‘zlar qatorini toping.
A) egat, kultivatsiya, chekanka, ko‘rak
B) iskana, randa, poytesha, pona, parma,
payraxa C) ko‘z, qo‘l, radio, gazeta, yaxshi, yomon, kel, tur D) yostiq, bolish, taka, ko‘chik, jastiq
73. O‘zbek tili lug‘atida o‘z ichki imkoniyatlari asosida hosil bo‘lgan so‘zlar qatorini toping.
A) kitob, ma’no, ruchka, parta
B) ijarachi, vazirlik, guldasta, raqobatbardosh
C) kiyim, buyum, ketmon, o‘rik
D) oftob, sahro, saraton, mavj
74. Turnalar uchdi, bulutlar ko‘chdi, yog‘ochlar bargi yerlarga tushdi.
Qo'shiqdagi ostiga chizilgan so‘z...
A) arabcha so‘z B) forscha so‘z
C) asl turkiy so‘z D) Yevropa tillaridan kirgan so‘z
75. Tilshunoslikka oid atamalar berilgan qatorni aniqlang.

  1. inqilob, podshoh, feodal, dehqon

  2. yuklama, paronimlar, son, hol

  3. aniqlovchi, to‘ldiruvchi, xol

D) fonendoskop, terapevt, oddiy tasvir
76. Kasb-hunar so‘zlari qaysi qatorda?

  1. Tiniq ko‘kda oq bulut parchalari ko‘rindi

  2. Yosh terak va tollarning barglari shamolda tebranmoqda. C) Shonlar, har xil siniq qoliplar, charm rezgisi, shirach kosa, magsi ichiga yopishtiriladigan eski lattalar va hokazo do‘konxona yuzini tutgan. D) Deraza tokchalarida tuvaklarda gullar bor.

77. Sinus, o‘zak, kesim, ildiz, son so‘zlari qanday birliklar sanaladi?
A) shevaga xos so‘zlar B) kasb-hunar atamalari C) ilmiy atamalar D) yagi paydo bo‘lgan so‘zlar
78. Faqat terminlar berilgan qatorni aniqlang.
A) inson, kishi, odam B) yuz, bet, qosh
C) odam, o‘pka, ichak D) peshona, manglay, bosh
79. Kasb-hunar so‘zlarini toping
A) ajdod, alam, ko‘l, oqim; B) dasht, osmon, bulut, tinchlik; C) nina, qaychi, andoza, angishvona; D) A, B
80. Umumxalq tilidagi so‘zlarning ma’nolarini maxsuslashtirish orqali hosil qilingan atamalarni toping.
A) ildiz B) tomir C) barg D) yaproq
81. Tilshunoslikning leksikologiya bo‘limiga oid atamalar qaysi qatorda berilgan?
A) ajratilgan bo‘lak, undalma, kirish so‘zi
B) umumxalq so‘zlari, ko‘p ma’noli so‘z, atama
C) grammatik ma’no, undovlar, bog‘lovchi
D) yordamchi so‘zlar, bog‘lama, hol
82. Evfemizm so‘zining ma’nosi qaysi qatorda to‘g‘ri izohlangan?

  1. bir necha ma’no ifodalaydigan so‘zlar

  2. qo‘llanishi taqiqlangan so‘zlar

  3. eskirgan so‘zlarning bir turi

D) Qo‘pol, beadab so‘zlar o‘rnida qo‘pol
botmaydigan, yumshoq so‘zlarni qo‘llash.
83. Ma’lum hududdagina ishlatilib, faqat shu yerda yashovchi kishilarga tushunarli bo‘lgan so‘zlar qanday ataladi?
A) atamalar B) paronimlar C) terminlar
D) sheva so‘zlar
84. O‘zbek adabiy tilining boyishida shevalar qanday manba hisoblanadi?
A) ichki manba B) tasliqi manba C) shevalar adabiy tilning emas, balki o‘zbek milliy tilining ichki manbasi hisoblanadi D) shevalar adabiy til uchun manba bo‘la olmaydi
85. Shevaga xos so‘zlar qaysi qatorda?
A) maktab, suv, tosh B) yaxshi, yomon,
sariq C) men, sen, biz D) moma, mayak, o‘jak
86. Cho‘rak (non), qarinja (chumoli), gashir (sabzi) so‘zlari quyidagi so‘z guruhlarining qaysi biriga mansub?
A) eskirgan so‘zlar B) tarixiy so‘zlar
C) shevaga xos so‘zlar D) yangi so‘zlar
87. O‘zbek tili uchun nisbatan qadimiy so‘zni belgilang.
A) gul B) chechak C) olam D) jahon
88. Bo‘zchi belboqqa yolchimas, kulol mo'ndiga. Ushbu maqoldagi mo‘ndi so‘zi ishlatilish davriga ko‘ra qanday so‘z?
A ) atama B) shevaga xos so‘z
C) eskirgan so‘z D) yangi so‘z
89. Quyidagi so‘zlarning qaysi biri pul birligi ma’nosini bildirgan?
A) chelak B) paqir C) moyana D) oylik
90. Eskirgan so‘zlarni toping.
A) baynalminal, vazir, qalam B) g‘or, o‘ra, chuqurlik C) qit’a, charx, chig‘iriq D) paranji, charx, chig’iriq
91. Quyidagi gapda qo‘llangan iboraning qanday ma’noga egaligini belgilang.
Bizning orzularimiz ko‘p edi, ammo peshanamizsa yozilgani shu bo‘ldi.
A) taqdir B) orzu C) qismat D) A, C.
92. Quyidagi iboralarning qaysi biri nisbatan keng tushuncha ifodalaydi?
A) ko‘ngil bermoq B) ko‘ngil bog‘lamoq
C) ko‘ngil qo‘ymoq D) yaxshi ko‘rmoq
93. O‘zaro sinonim bo‘lgan iboralar qo‘llangan gapni toping.
A) Meni bilsang, Qo‘ng‘irot elda turaman, Har ish bo‘lsa, peshonamdan ko‘raman.
B) Yaqinda peshonamdagi yolg‘iz onajonim ham betob bo‘lib qoldi. C) Taqdirga tan berib, nima bo‘lsa, peshonamdan ko‘rarman, deb xayol qildi. D) Peshonamizga bitgani shu bo‘lsa, qandoq qilaylik, oyi!
94. Quyidagi iboralardan qaysi biri bog‘lovchi bilan sinonim bo‘la oladi?
A) shunga qaramay B) bo‘lsa, bordir
C) u yoqda tursin D) ammamning buzog‘i
95. Qaysi ibora xo‘rlandi so‘ziga sinonim bo‘ladi? A) tepa sochi tikka bo‘ldi
B) yuragiga sig‘may qoldi C) oyoq osti bo‘ldi D) mum tishlab qoldi
96. Qaysi qatordagi frazeologizmlar hayratlanish ma’nosini bildiradi?
A) yoqasini ushlamoq, og‘zi ochilib qolmoq B) o‘zini qo‘ygani joy topa
C)olmaslik, yuragiga g‘ulg‘ula tushmoq D) oyoq osti qilmoq, mayna qilmoq
96. Quyidagi iboralarning qaysi biri uzun
so‘zining antonimi bilan sinonim bo‘ladi?
A) ikki enlik B) ikki odim C) ikki qadam D) bir chimdim
97. Quyidagi iboralarning qaysi biri ruhiy holat natijasini ifodalaydi?
A ) dumini tugmoq B) ko‘zlari yashnamoq
C) ko‘z tikmoq D) qo‘li egri
98. Qimmat so‘zining antonimi bilan sinonim bo‘la oladigan iborani toping.
A ) oshig‘i olchi B) mehri baland C) suv tekin D) bozori chaqqon
99. Bezovta so‘zining antonimi bilan sinonim bo‘la oladigan iborani toping
A) ko‘zi och B) qo‘li ochiq
C) ko‘ngli to‘q D) cho‘ntagi baquvvat
100. Qaysi qatorda ibora yo‘q?
A) Ming xil masala bilan bosh qotirishga to‘g‘ri keladi.
B) Tepa sochi tikka bo‘ldi.
C) Hammamiz bir yoqadan bosh chiqaraylik.
D) O‘rmon malikasi - archani ehtiyot qiling.
101. avizo – (atamasi) so`zining lug`aviy ma`nosi ?
A) hisob-kitob operatsiyasi B) kimoshdi savdosi C) narsalarning o`zaro muvofiq salmog`i D) o`zga mamlakatlarga berilgan ruxsatnoma E) hukumat bayonoti
102. Qaysi qatorda arxaik so`zlar qatnashgan?
A) ahkom, amir, shahar B)qozi, faqir, arshi a`lo C) ashu, ashuq, aqru D) foytun, mingboshi, qozi E) dinor, charx, ellikboshi
103. So`zlar metafora yo`li bilan ko`chgan qatorni toping.
A) Quyoshli osmondek mag`rur chehrangga also yo`latmasman g`am bulutin sen.B) Osmonga tikilgan million juft ko`zlar…C)Zal oyoqqa turdi
D) Auditoriya sukutda E) Besh qo`l barobar emas
104. Qaysi qatorda kinoya qo`llangan?
A) Bizni “homiy”lardan himoya qilg`il B) Bizni homiylar himoya qildi C)Bog`lardagi qip-qizil lola bo`lib go`yo yoqut piyola D) Fuzuliyni oldim qo`limga, Majnun bo`lib yig`lab qichqirdi . E) Auditoriya sukutda
105. Budjet nima?
A) kirim-chiqim hisobi B) oldindan berilgan daromad C) biror mamlakatning pul birligi D) qog`oz pulning qadrsizlanishi E) A B
106. Dekloratsiya nima ? A) hukumat bayonoti B) Chegaradan olib o`tish uchun ariza C) daromad to`g`risidagi ma`lumot D) A B S E) Chet el mahsuloti
107. Qaysi qatorda ko`chma ma`noda qo`llanilgan fe`l qatnashgan?
A) Nutqimiz so`zlarning qo`shiluvidan hosil bo`ladi B) Oyimga yordamlashdim
C) Salim eshikdan yugirib keldi D) Tushirilgan molning isini chiqarmadi. E) Atrofdan chiroyli gullarning hidi kelmoqda
108. Ko`chma ma`noda qo`llangan so`zlar berilga qatorni toping.
A) Yangi binolar qurilishi asossiz ravishda cho’zib yuborilmoqda
b)Beodob qizning gapini onasi tekislab turdi.
c)Bolam, ho’l-u quruqqa qanoat qil , ana o’shanda sen kayvoni odam bo’lasan. d)A va B e)A,B,C
109. Bir ma’noli so’zlar berilgan so’zlar qatorini toping .
a)urg’u, shaxs b)yoqa, qattiq c)etak, burun d)tomir,dunyo e)patnis,til.
110. Qaysi qatordagi palak so’zi o’z ma ‘nosida qollangan?
a)qovun palak b)to’rt egat palak ekdim .
c)poyiga ipakdan palak soldilar d)”parvoyi palak”
e)Bir palakdan har xil hamak chiqadi “ deganlari rost ekan-da .
111.Bulutning orasidan
Quyosh kulib qaraydi
Majnuntolning yuvilgan
Sochlarini taraydi.
Yuqoridagi she’rda qanday ma’no ko’chirish mavjud?

  1. Metafora b) Sinekdoxa s) Vazifadoshlik d) Metanimiya

e)Ma’no ko’chish yo’q
112.Qaysi qatorda ko’chma ma’nodagi so’z qollangan ?
a)O’zi kichkina-yu nimaga tosh bosyabdi desam, bo’rikallaga o’xshaydi . b)Qovunning oshqovoqqa o’xshaganini oluvdim , obinavvot ekan .c)Men ertaga sayohatga boraman. d)A,B e)B,S
113. Qaysi qatorda sinekdoxa qollangan?
a)Chiroq piligini pasaytirdi .
b)Sajda aylar zohid ul mehrob aro,
men qilurman sajda egma qoshima.
c)”Rossiya”ga qanday borsam bo’ladi?
d)Navoiyni kechadan beri ko’tarib yuribman .e)t. j yo’q
114 . Iste’moldan chiqib ketgan so’zlar berilgan qatorni toping.
a)siyosiy byuro, pioner b)Hokimiyat , vazir c)vazirlik, hokimlik
d)devonxona ,vazir e)tender, lizing
115.Neologizmlar berilgan qatorni toping?
a)konsalting ,audit, sammit b)samolyot, radio, telefon.
c)hissa , devonxona, muhr . d)vertalyot, raketa, telefon.
e)raketa, dizayn, lizing.
116 Cherik arxaik so’ziga ma’no jihatdan muqobil zamonaviy so’zni toping.
a)qo’shin b)soqchi c)yasovul d)askar e) barchasi to’g’ri
117 Dubulg’a so’ziga ma’no jihatdan muqobil zamonaviy so’zni toping .a)shlem b)tig’ c)o’q d) bosh e)qamchi
118.Qaysi qatorda tarixiy so’zlar berilgan?
a)paranji, dubulg’a b)yog’iy, firqa c)yovuq, bitik d) handasa, itmak.
e) A,B,S,D.
119 Kasb-hunarga oid atamalar berilgan qatorni toping.
a)Shonlar, siniq qoliplar , charm rezgisi, shirach kosa, mahsi ichiga yopishtiriladigan eski lattalar .
b)ko’p so’zning ozi yaxshi.
c)yo’g’on ingichka bo’lguncha, ingichka uziladi.
d)ko’z qo’rqoq , qo’l botir . e) t. j. yo’q.
120 .So’zlarning ma’no munosabatiga ko’ra qaysi turi nutqni ravon qiladi? a)sinonim b)antonym c)omonim d) paronim. E) t.j.yo’q
121.Dehqon so’zi qaysi tildan olingan?
a) arab, b)tatar c)fors d)lotin e)turkiy
122 .So’z ma’nolarining kengayishi , o’zgarishi , bir sozning kontekstga qarab bir nechta ma’no bildirishi…
a) sinonim b) omonim c) antonim d)ko’p manoli e)bir ma’noli
123. Omadli so’ziga sinonim iborani toping.
a)ovi yurgan b)dili pora c)boshi ko’kka yetdi
d)do’ppisi yarimta e)ko’z ostiga olish
124. Sinonimlar berilgan qatorni toping.
a) chetiga , sezdim b)o’t , yosh c)afsus , afsuslanmoq,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,
d) attang, afsus e)AvaD
125 .Yaqin o’tmishda qo’llanib kelgan so’z , so’z birikmasi , qoshimchalarga nima deyiladi?
a) tarixiy so’z b) arxaizm c) zamonaviy so’z d) B,S e)A,B
126. Ko`z yoshim tuproq ila gar qotila
Kelmagayman javridin, haqqo tila
G`amzasi o`ltirdi-yu ul bexabar
Men agar o`lsam ne g`am ul qotila
Lutfiy qalamiga mansub mazkur tuyuqning 1-chi misrasidagi qotila so`zining sinonimini toping?
a) aralashmoq b) yumshatmoq c) qotmoq d) qotil e) soqov
127. To`g`ri yozilgan so`zlar qatorni toping?
a) Hayhot, Husayni, Leytenant b) Xaftaxam, Shug`illanuv, badamal c) elektrfikasiya, avf, tasavuf
d) bahqamti, baynalminal e) shukixbaxsh, ventelyator, xalim
128. Ko’p ma’noli so’z ma’nolari o’rtasidagi bog’lanish yo’qolishi natijasida omonim so’z hosil bo’lgan qatorni toping.
a) chorak (ulush), chorak (o’quv yilida) b) yoz (fasl), yoz (harakat)
c) ot (hayvon), ot (harakat) d) sir (inson siri), sir (idishning siri)
e) gap (nutq belgisi), gap (ziyofat)
129. Yozma nutqning qonun-qoidalari tilshunoslikni qaysi bo’limida o’rgatiladi? a) orfoepiya b) orfografiya s) grafika d) fonetika
130. O’zbek tili me’yorlari buzilgan qatorni toping.
a ) Futbol muxlislari mahorat bilan tomosha qilmoqdalar .
b)Shonlar, har xil siniq –miniq qoliplar ,charm rezgisi ,shirach kosalar do’konxona yuzini tutgan. s)Odamlar bor: boshiga ko’tarar ellar . d)Noshud yetganda maqtanar , Botir qaytganda .
131. Ko’chgan ma’noli birikma yoki gaplarga nimalar kiradi?
a)Frazeologiya va idioma. b)sinonimlar ,omonimlar
s)polisemiya, metafora. d)Epitet ,metonimiya .
132. Viza nima ? a)Hisob-kitob operatsiyasi .
b)O’zga mamlakatlarga kirishga berilgan ruxsatnoma .
s)yig’in d)chet el mahsuloti .
133. So’zning asl, tub ma’nosi ? a)konnotativ b)denotativ s)modal d)idioma
134. Qanday mazmun maxsus so’z va iboralar orqali ifodalanadi?
a)Uslubiy mazmun. b)modal mazmun s)sintaktik mazmun d)A,B
135. Uslubga betaraf so’zlar berilgan qatorni toping?
a)qalam, kitob ,daraxt b)bashar ,odam, pul s)metro, sohibjamol, badbashara. d)b,s
136. So’zlashuv nutqiga xos bo’lmagan fikrni toping?
a)So’zlar tartibi erkin b)Asosiy maqsadni ifodalovchi gap bo’lagi ajratib ko’rsatiladi.
s)Jumlalar qisqa va ta’sirli bo’ladi. d)Ma’lum bir fonetik ,leksik ,Grammatik qonuniyatga asoslanadi
137. ”…muxbirimizning xabar berishicha ,elchixona xodimining so’ziga ko’ra, Muxbirimiz voqea ro’y bergan joydan xabar beradi …”qaysi uslubga xos? a)Ommabop b)Ilmiy s)Rasmiy d)Badiiy
138. Botir topsa ,barcha yer ,baxil topsa , bosib yer. qaysi uslub?
a)so’zlashuv b)badiiy s)Ommabop d)Ilmiy
139. So’zning o’z ma’nosidan ko’chishi ,uslubiy maz mun olishi ko’proq qaysi uslubda uchraydi? a)badiiy b)ommaviy s)so’zlashuv d)A,b,s
140. Ulug’bek –misoli oftob . Qaysi ko’chim turiga mansub?
a)metonimiya b)metafora s)sinekdoxa d)vazifadoshlik
141. Tarixiy so’zlar berilgan qatorni toping ?
a)arshi a’lo b)ashuq s)ashu d)b, s
142. Qizil tuproq so’zining muqobili ? a)ashu b)ashuq s)aqru d)arshi
143. chaksa so`zining ma`nosi? a)5 kg b)50 gr s)4,15gr d)turma
144. Antonimlar qanday san’at yaratadi? a)tazod b)talmeh s)tajnis d)tashxis
145. Tazodning uslubiy bo’yog’ini oshirish uchun nimalardan foydalaniladi ?
a)metafora,o’xshatish b)metonimiya ,istiora s)mubolag’a d)A,B,S
146. Antonim so’zlar yonma-yon kelganda ,ular orasiga qanday tinish belgisi qoyiladi? a) tire b)chiziqcha s)va bog’lovchisi d)ikki nuqta
147 Antonim so’zlarda –u, -yu yuklamalari kelsa ,qanday tinish belgisi qoyiladi? a)tinish belgisi ishlatilmaydi b)tire s)chiziqcha d)vergul
148. Antonimlar orasida qachon tinish belgi ishlatilmaydi?
a)va bog’lovchisi qo’llansa b)-u, -yu yuklamasi qollansa
s)doimo chiziqcha bilan yoziladi d)doimo tire bilan yoziladi.
149. Qaysi qatordagi so’zlarning antonimlik jufti yo’q?
a) past ,ikki,men b)opa, bu,shu, s)qattiq ,chol, aka d)buncha ,har kim .
150. Qaysi gapda paronimlar bilan bog’liq uslubiy xato mavjud?
a) Otasi endi qarib kuchdan qolgan edi s)Adil qulog’ila eshit holimi
b)Ahli suxanlar ko’p juda
Lek bahsi mazmundan judo . d)Hayvonot bog’ida jayron ham bor .
151.O’zbek tilining izohli lug’ati qachon va qayerda nashr etilgan?
a) 1987-yil, Toshkentda b) 1992-yil, Toshkentda c) 1981-yil, Moskvada d) 1988-yil, Toshkentda
152. ichi qora, haqqi yo`q, mazza kabi birliklar asosan qaysi uslubga xos? A)publitsistik uslubga b) so`zlashuv uslubga c) rasmiy uslubga d) badiiy
153.Paronimlar berilgan qatorni belgilang.
A. Qarz - qars, darz - dars, borlik - borliq. B. Kul, to'lat, bo'lmoq.
C. Dono - nodon, to'g'ri - egri, oq - qora. D.Bosh, burun, etak.
154.Obrazlilik va estetik ta`sir etish qaysi uslubning muhim belgisidir?
a) publitsistik uslub b) so`zlashuv uslubi c) rasmiy va ilmiy uslublar d) badiiy uslub
155.Omonim so'zlarning to'liq qatorini toping.
A. Tut, qirq, uch. B. Ketdi, jo'nadi. C.bosh, dars, darz. D.Yuz, quloq, og'iz.
156.Paronimlar berilgan qatorni belgilang.
A. Qarz - qars, darz - dars, borlik - borliq. B. Kul, to'lat, bo'lmoq.
C. Dono - nodon, to'g'ri - egri, oq - qora. D.Bosh, burun, etak.
157.Cherik arxaik so'ziga ma'no jihatdan muqobil zamonaviy so'zni toping. a)qo'shin b)soqchi c)yasovul d)askar
158. Omadli so'ziga sinonim iborani toping.
a)boshi ko'kka yetdi b)dili pora c)ovi yurgan d)do'ppisi yarimta e)ko'z ostiga olish
159.Antonimlar qanday san'at yaratadi? a)tazod b)talmeh s)tajnis d)tashxis
160.O'zaro bir so'z turkumi doirasidagina shakldoshlik hosil qiluvchi so'zlarni belgilang.
a) tom, tur b) soch, qo'y c) ot, tush d) sir, bog'

Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling