Nazariy va amaliy dars ishlanmalari


Download 0.49 Mb.
bet24/138
Sana18.06.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1555029
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   138
Bog'liq
2020-21 Ona tili majmua 11

BO‘G‘IN VA UNING TURLARI
Biz so‘zlarni talaffuz qilayotganimizda, o‘pkadan chiqayotgan havo oqimi bo‘linib-bo‘linib chiqadi. Bu bo‘linish tovush yoki tovushlar yig‘indisi shaklida bo‘ladi. Ana shu hodisa tilda bo‘g‘in deb yuritiladi.
Bir havo zarbi bilan aytilgan tovush yoki tovushlar yig‘indisiga bo‘g‘in deyiladi.
Savod chiqarishda va yozuvda bo‘g‘in juda katta amaliy ahamiyatga ega. Bo‘g‘inni tashkil qilishda unli va undosh tovushlar xilma-xil kombinatsiya- larda bir-birlariga qo‘shiladilar.
Masalan:
unli — undosh: ol, uy, il...
undosh — unli: ha, ma, na...
unli — undosh — unli: ola, una, ura...
undosh — unli — undosh: bir, til, kir...
undosh — unli — undosh — unli: vafo, qora, bola...
undosh — unli — undosh — unli — undosh: bodom, g‘azab, lobar va hokazo.
O‘zbek tilidagi so‘zlar kel, bur, suv kabi bir bo‘g‘inli, osmon, qadrdon, iqbol so‘zlaridek ikki bo‘g‘inli, kelajak, xayolot, muhabbat singari uch bo‘g‘inli, yotoqxona, gumburlamoq, xoinona kabi to‘rt bo‘g‘inli, radiokarnay, gultojixo‘roz, abadiylashtirmoq, qurolsizlantirish, aytolmaganliklaringizdandir-da kabi besh va undan ortiq bo‘g‘inli bo‘ladi.
So‘zlar unli tovush bilan tugasa, bunday bo‘g‘inga ochiq bo‘g‘in, undosh tovush bilan tugasa, yopiq bo‘g‘in deb ataladi. Masalan: a) dala, tabaqa, havo, ...; b) turp, qor, shay ton, ...
4-mashq. O‘quvchilar hayotidan olingan quyidagi qatralarni o‘qing. So‘zlarni bo‘g‘inlarga ajratib ko‘chiring.
— Menga ruchkangizni berib tursangiz, — deb iltimos qildi singil akasidan.
— Nega o‘zingniki bilan yozmayapsan? — deb so‘radi akasi.
— Meniki ko‘p xato qilyapti, — deb javob berdi singlisi.
O‘qituvchi o‘quvchidan so‘radi:
— O‘g‘irlamoq fe'li o‘tgan zamonda qanday tuslanadi?
— O‘g‘irladi.
— Kelasi zamonda-chi?
— Qamoqda ...

5-mashq. Quyidagi so‘zlarni bo‘g‘inlarga ajratib ko‘chiring.


Harf, shogird, manba, sunbul, tinglamoq, ko‘ngil, qalb, singil, jingalak, dekabr, kiosk, teieks, faks, juft, mustaqillik, xushchaqchaqlik, ma'ruza, jahl, albom, mudofaa, taassurot.
6-mashq. Uyga vazifa. Quyidagi hikoyachani o‘qib, so‘zlarni bo‘g‘inlarga ajratib yozing.
KO’P TILNI BILUVCHILAR BAHSI
Brusselda qiziq tanlov bo‘lib o‘tdi. Unda G‘arbiy Yevropa mamlakatlaridagi poliglotlar — ko‘p tilni biluvchilar o‘zaro kuch sinashdilar. Poliglotlar uchun eng kamida 9 ta tilni bilish (bunga lotin va esperanto tillari kirmagan) shart qilib qo‘yildi.
Tanlov tashkilotchisi, Belgiyaning Xassalte shahridagi zamonaviy tillarni o‘rganish markazining boshlig‘i E.Xarmansning ta'kidlashicha, bu musobaqa sportchilarning ko‘pkurashi shaklida uyushtirilgan. Hakamlikka esa baholanadigan til ona tilisi bo‘lgan til sohiblari taklif qilingan.
Bu tanlovda Buyuk Britaniya vakili, o‘rta maktab o‘qituvchisi D.Xer g‘olib chiqqan. U 23 ta tilda erkin gaplasha olar ekan.
Savol va topshiriqlar
1. Segment birliklar deganda nimani tushunasiz?
2. Ustsegment birliklar nima?
3. Ohang nimalarni o‘z ichiga oladi?
4. Bir jumla tuzib, unga ohang jihatidan tavsif bering.
5. Bo‘g‘in deb nimaga aytiladi?
6. Ochiq va yopiq bo‘g‘inlar haqida gapirib bering.
7. Bo‘g‘inlarning tashkil topishida unli va undosh tovushlar qanday rol o‘ynaydi.
8. Urg‘u nima?
9. So‘z urg‘usi haqida gapirib bering.
10. Ma'no urg‘usi deganda nimani tushunasiz?



Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling