Nazariy va amaliy dars ishlanmalari


Download 0.49 Mb.
bet32/138
Sana18.06.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1555029
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   138
Bog'liq
2020-21 Ona tili majmua 11

AJRATIB YOZISH
1. Qo‘shma fe'l, shuningdek, ko‘makchi fe'lli qo‘shilmalar doimo ajratib yoziladi: kirib chiqdi, olib keldi, oshkor etdi, aytib qo‘ya qoldi, o‘qib chiqdi kabi.
2. Har, kech, bir, u, shu, o‘sha, hamma kabi so‘zlar o‘zi birikib kelgan so‘zdan ajratib yoziladi: har kim, hech narsa, bir zum, bu yerda, o‘sha joyda, hamma vaqt kabi.
3. Ko‘makchilar o‘zi bog’langan so‘zdan ajratib yoziladi: Vatan uchun, siz bilan, shahar tomon.
Eslatma: bilan va uchun ko‘makchilarining qisqargan la va chun shakli chiziqcha bilan yoziladi: onam-la, sen-chun singari.
4. Sifatning orttirma darajasini yasovchi to‘q, och, tim, tang, jiqqa kabi so‘zlar ajratib yoziladi: tim qora, och ko‘k, to‘q sariq kabi.
5. Qo‘shma sonlar ajratib yoziladi: o‘n to‘qqiz, bir yuz yigirma besh, ikki ming birinchi va hokazo.
6. Yildan yilga, kundan kunga kabi ko‘rinishdagi birliklar ham ajratib yoziladi.
7. Nuqtayi nazar, tarjimayi hol, dardi bedavo kabi izofali birikmalar ham ajratib yoziladi.

1-mashq. So‘zlarni qo‘shib yoki ajratib yozish qoidalari asosida ikki guruhga bo‘lib ko‘chirib yozing.


Ko‘z//oynak, sotib//olmoq, alla//qachon, shu//yerga, baland//parvoz, xom//semiz, tinchlik//sevar, umum//davlat, shaharlar//aro, shirin//so‘z, jigar//rang, besh//kokil, otash//qalb, g‘ayrat//qilmoq, bilag//uzuk, Yakka// saroy, Olti//ariq, Qum//qo‘rg‘on, Sot//voldi, kino//yulduz, radio// markaz, tele//tanlov.

2-mashq. Gaplarni o‘qing. So‘zlarning qo‘shib yoki ajratib yozilayotganiga diqqat qiling.


Guzar olato‘polon bo‘ladi. Guzar olatasir bo‘ladi. El oqkaltak-qorakaltak bo‘ladi. Farg‘onani oqpodsho bosadi. Oqpodsho shahar oralaydi. (T.Murod) Ikki kun burun Qumariqqa ketgan edi. (A.Cho‘lpon) Poytaxt atrofidagi ko‘plab so‘lim manzillarga boradigan avtobuslar shu yerdan jo‘naydi: Parkent, So‘qoq, Kumushkon, Oqtosh, Chimyon, G‘azalkent, Sijjak. (E.A'zamov) Mahallamizda ikkita masjid, bitta choyxona, ikkita baqqollik bor. Masjidning bittasi — Tikanlimozorda, ikkinchisi — Yetimmasjid Qo‘rg‘ontagida. (G’.G‘ulom) Oybuloq — yurt. Yurtni tashlab ketib bo‘lmaydi. (Sh.Bo‘tayev) Millatlararo munosabatlar masalasi murakkab va hal qilinishi dolzarb muammolardan biridir. (E.Vohidov)

3-mashq. Uyga vazifa. Matnni o‘qing. Unli harflarning yozilish o‘rinlariga diqqat qiling.


Salomlashish — qadimiy odat. Dunyodagi barcha madaniy xalqlar o‘zaro insoniy muloqot — muomala-munosabatni salomdan boshlashadi. Har bir xalqning salomlashish bilan bog‘liq o‘z urf-odatlari bor. Hindlar qo‘l kaftlarini birlashtirgancha, peshonalariga tirab, afg‘onlar yuzlarini yuzlariga suykagancha kift urishtirib salomlashsa, inglizlar bosh kiyimini olib, yengil ta'zim qilishadi.
Biz, o‘zbeklar, barcha islom dunyosi xalqlari singari bir-birimizni ko‘rganimizda «assalomu alaykum» deya, qo‘l olishib ko‘rishamiz.
Xalqimizning o‘ziga xos tabiatini, lutfkorligini, urf-u odatlarini hammamizga jonday aziz, qadrdon bo‘lib qolgan «Salom» so‘zisiz tasavvur qilolmaymiz.
Odamning kimligini uning salomi belgilaydi. (M. Sattor)

Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling