Nazariy va amaliy dars ishlanmalari


Download 0.49 Mb.
bet34/138
Sana18.06.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1555029
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   138
Bog'liq
2020-21 Ona tili majmua 11

O`qitish shakllari

Ommaviy

O`qitish sharoitlari

Ona tiliga ixtisoslashgan maxsus xona.

Monitoring va baholash

Savol–javob, test



Amaliy mashg`ulotining texnologik xaritasi

Bosqichlar,
Vaqti

Faoliyat mazmuni

O`qituvchi



Talaba


1-bosqich.
Kirish
(15 min.)



1.1. Davomatni oladi, talabalarning darsga tayyorgarligini tekshiradi.
1.2. O`quv mashg`ulotining mavzusi, maqsadi, ko`zlanayotgan natijalar va uni o`tkazish rejasini ma’lum qiladi.
1.3. Bilimlarni faollashtirish uchun oldingi mavzu bo`yicha diqqatni jalb qiluvchi savollar beradi:
1. Fonetikada nima o`rganiladi?
2. Morfologiyaning tekshirish obyekti nima?
3Gapning qanday turlarini bilasiz?

Diqqat bilan tinglaydilar, yozib oladilar va javob beradilar.



2-bosqich.
Asosiy
(65 min.)

2.1. Yangi “Bosh harflar imlosi” mavzusini oldingi mavzu bilan bog`lagan holda tushuntirib beradi.
2.2. Ma’ruza mazmunini jamoa bo`lib muhokama qilish jarayonini tashkil etadi:
- talabalarga o`z fikrlarini bildirishlarini, qo`shimcha savollar berishni taklif qiladi;
- talabalarning savollariga javob beradi;
- o`zi savollar beradi;
2.3. 1-2-masqlar bajariladi;

Talabalar ma’ruza bo`yicha o`z tushunchalarini bayon qiladilar.
Savollar beradilar. Munozalarda ishtirok etadilar.

3-bosqich.
Yakuniy
(10 min.)

3.1. Darsga yakun yasaydi. Faol ishtirokchilarni rag`batlantiradi. Baholar e’lon qilinadi, sharhlab beriladi.
3.2. Mustaqil ish uchun vazifa beradi: Mashqlarni yechish.
Mashqlar bo`yicha tushuncha beradi.

Yangi vazifa bo`yicha tushunmaganlarini so`rab oladilar.

Topshiriq. Ota-onangizning ismi va familiyasini, tug‘ilgan joyingizning nomini daftaringizga yozing. Ularning nima sababdan bosh harflar bilan yozilayotganini izohlang.

1. Kishilarning ismi, otasining ismi, familiyasi, taxallusi bosh harf bilan yoziladi: Sobirov Zokirjon Shukurjonovich, Abdurauf Fitrat kabi.


2. Mamlakatlar, shaharlar, qishloqlar, shaharchalar, daryo, dengiz, tog‘, tepa, adir nomlari ham bosh harf bilan yoziladi: Hindiston, Muborak, Urgut, Tentaksoy, Qo‘ng‘irtog’, Qashqadaryo, Qora dengiz у a hokazo.
3. Korxona, tashkilot, muassasa nomlari, adabiyot va san'at asarlari, sanoat va oziq-ovqat mahsulotlari, transport vositalarining nomlari bosh harf bilan yoziladi: «Malika» firmasi, «Sharq» nashriyot-matbaa konserni, «O‘zqishloqxo‘jmashxolding» kompaniyasi, «Damas» avtomobili, Ko‘kdumaloq kompressor stansiyasi, Xorazm chanqovbosti ichimliklar zavodi, Qizilqum fosforit kombinati, «Amudaryo» jurnali, «Shaytanat» asari va hokazo.
4. Muhim tarixiy sanalar va bayramlar nomi bosh harf bilan yoziladi: Mustaqillik kuni, Navro‘z bayrami, Xotira kuni.
5. Oliy darajadagi davlat tashkilotlari, xalqaro birlashmalar nomi bosh harf bilan yoziladi: O‘zbekiston Respublikasi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Raisi, Yevropa Ittifoqi Kengashi kabi.
6. Mudofaa vazirligi, Davlat test markaziy «Umid» jamg‘armasi, Xususiy tadbirkorlik va kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi kabi tashki­lotlar nomining birinchi harfi bosh harf bilan yoziladi.
7. Oliy darajadagi unvonlar va mukofotlar nomi tarkibidagi so‘zlar har biri bosh harflar bilan yoziladi: «O‘zbekiston Qahramoni» unvoni, «Oltin Yulduz» medali.
Shuningdek, «Sog‘lom avlod uchun» ordeni, «Shuhrat» medali singari mukofotlarning birinchi so‘zi bosh harf bilan yoziladi.
8. Har bir gap bosh harf bilan boshlanadi: Har qanday intilish, izlanish, ijod xalq manfaatlariga xizmat qilsagina u qadrlidir. (A. Oripov)

1-mashq. Matnni o‘qing. Bosh harflarning ishlatilish o‘rinlarini izohlang.


Ahmad Yassaviy Turkiston (hozirgi Janubiy Qozog‘iston)dagi Yassi shahrida tavallud topdi. Uning otasi Ibrohim Turkistonning taniqli shayx- laridan edi.
Yosh Ahmad dastlab Arslon bobodan, so‘ngra Buxoroda Yusuf Xamadoniydan tahsil oldi. Tasavvuf ilmi bilan jiddiy shug‘ullanib yassaviya (jahriya) tariqatiga asos soldi.
Ahmad Yassaviydan bizgacha «Hikmatlar» yetib kelgan. Xalq orasida u «Devoni hikmat» nomi bilan mashhur. Hikmatlarga Qui Xoja Ahmad, Xoja Ahmad Yassaviy, Ahmad ibn Ibrohim, Sulton Xoja Ahmad Yassaviy, Miskin Yassaviy, Ahmadiy, Qui Ahmad, Miskin Ahmad kabi taxalluslar qo‘yilgan.
Yassaviy she'rlarida nafsni yengish g‘oyasi asosiy o‘rinni egallaydi.
Mana, bir necha asrdan beri uning hikmatlari xalqimiz tomonidan sevib o‘qilib kelinmoqda.

2-mashq. Uyga vazifa. Bosh harflarning ishlatilish sabablarini tushuntirib bering.


Tohirjon, Shuhratbek, Sayfi Saroyi, Habib Abdullayev; Xiva, Zarafshon, Mirzacho‘l, Amudaryo, Norin, Chortoqsoy; Qurama, Bobotog‘, Hisor; Markaziy Osiyo, Shimoliy Amerika, Janubiy Koreya; Quyosh, Merkuriy, Saturn; «Mahalla» jamg‘armasi, «Matiz» avtomobili, «Turon» ishlab chiqarish birlashmasi; «Mustaqillik» ordeni, «O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti», Navro‘z bayrami; O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirligi, Don mahsulotlari davlat-aksionerlik korporatsiyasi «O‘zdonmahsulot», YUNESKO tashkiloti.

Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling