Nazariy va amaliy dars ishlanmalari


- MAVZU:Qoshib va ajratib yozish


Download 0.49 Mb.
bet31/138
Sana18.06.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1555029
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   138
Bog'liq
2020-21 Ona tili majmua 11

15- MAVZU:Qoshib va ajratib yozish.
Amaliy dars mashg`ulot rejasi

Mashg`ulot sanasi:

Talabalar soni: nafar

Vaqti: 2 soat

O`quv mashg`ulotining shakli

Amaliy mashg`ulot.

Amaliy mashg`ulotining rejasi



1. Qoshib va ajratib yozish haqida qisqacha ma’lumot berish.
2. Maktabda ona tili fanidan o`tilganlar bo`yicha takrorlash.

O`quv mashg`ulotining maqsadi: O`quvchilarga ”Ona tili” fani haqida haqida ma’lumot berish.

Pedagogik vazifalar:
- ” Ona tili” fani haqida qisqacha ma’lumot berish;
- Maktabda ona tili fanidan o`tilganlar bo`yicha takrorlash o`tkazish.

O`quv faoliyatining natijalari:
Talabalar:
- ” Ona tili” fani haqida ma’lumotga ega bo`ladilar;
- Maktabda ona tili fanidan o`tilganlarni takrorlab oladilar.

O`qitish usul va texnikalari

Amaliy ish, aqliy hujum, Pinbord

O`qitish vositalari

Ma’ruzalar matni testlar, doska, bo`r.

O`qitish shakllari

Ommaviy

O`qitish sharoitlari

Ona tiliga ixtisoslashgan maxsus xona.

Monitoring va baholash

Savol–javob, test



Amaliy mashg`ulotining texnologik xaritasi

Bosqichlar,
vaqti

Faoliyat mazmuni

O`qituvchi



Talaba


1-bosqich.
Kirish
(15 min.)



1.1. Davomatni oladi, talabalarning darsga tayyorgarligini tekshiradi.
1.2. O`quv mashg`ulotining mavzusi, maqsadi, ko`zlanayotgan natijalar va uni o`tkazish rejasini ma’lum qiladi.
1.3. Bilimlarni faollashtirish uchun oldingi mavzu bo`yicha diqqatni jalb qiluvchi savollar beradi:
1. Fonetikada nima o`rganiladi?
2. Morfologiyaning tekshirish obyekti nima?
3Gapning qanday turlarini bilasiz?

Diqqat bilan tinglaydilar, yozib oladilar va javob beradilar.



2-bosqich.
Asosiy
(65 min.)

2.1. Yangi “Qoshib va ajratib yozish” mavzusini oldingi mavzu bilan bog`lagan holda tushuntirib beradi.
2.2. Ma’ruza mazmunini jamoa bo`lib muhokama qilish jarayonini tashkil etadi:
- talabalarga o`z fikrlarini bildirishlarini, qo`shimcha savollar berishni taklif qiladi;
- talabalarning savollariga javob beradi;
- o`zi savollar beradi;
2.3. 1-2-masqlar bajariladi;

Talabalar ma’ruza bo`yicha o`z tushunchalarini bayon qiladilar.
Savollar beradilar. Munozalarda ishtirok etadilar.

3-bosqich.
Yakuniy
(10 min.)

3.1. Darsga yakun yasaydi. Faol ishtirokchilarni rag`batlantiradi. Baholar e’lon qilinadi, sharhlab beriladi.
3.2. Mustaqil ish uchun vazifa beradi: Mashqlarni yechish.
Mashqlar bo`yicha tushuncha beradi.

Yangi vazifa bo`yicha tushunmaganlarini so`rab oladilar.

1-topshiriq. Adolatparvar, otboqar, kamchiqim, Shimoliy Amerika so‘zlarining yozilishini izohlang.
2-topshiriq. Har, hech, bir, alia so‘zlari ishtirokida qo‘shma so‘zlar hosil qiling va ularning yozilishini izohlang.

1. Xona, noma, poya, bop, ham, baxsh, kam, umum, rang, mijoz, sifat, talab kabi so‘zlar yordamida yasalgan qo‘shma so‘zlar qo‘shib yoziladi: oshxona, tabriknoma, bedapoya, hammabop, xushbichim, hamshahar, qo’ymijoz, maymunsifat, kamhosil, umumdavlat, bug’doyrang va h.k.


2. -r, -ar, -mas qo‘shimchasi bilan yasalgan qo‘shma so‘zlar qo‘shib yoziladi: o‘rinbosar, buzoqboqar, ertapishar, ishyoqmas kabi.
3. Narsani boshqa bir narsaga qiyoslash orqali hosil qilingan qo‘shma otlar va sifatlar qo‘shib yoziladi: toshbaqa, oybolta, qo‘yko‘z, sherdil, otquloq singari.
4. Narsaning rangi, mazasi, nima uchun mo‘ljallanganligi kabi ma'nolarni bildiruvchi qo‘shma so‘zlar qo‘shib yoziladi: ko‘ksulton, oqbosh, achchiqtosh, kо’zoynak, suvilon kabi.
5. Ikkinchi qismi turdosh ot yoki obod so‘zi bilan yasalgan joy nomlari qo‘shib yoziladi: Oqtepa, Uchqo‘rg‘on, Davlatobod, Xo‘jaobod kabi, lekin Markaziy Osiyo, Ko‘hna Urganch, G‘arbiy Yevropa kabi joy nomlari ajratib yoziladi.
6. Ruscha, baynalmilal yoki taijima qilingan qo‘shma so‘zlar qo‘shib yoziladi: telestudiya, fotoapparat, radioto’lqin, etektrarra kabi.
7. Qisqartma so‘zlar har doim qo‘shib yoziladi: O‘zMU, ToshDPU.



Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling