Nazariy va amaliy dars ishlanmalari


Topshiriq. Yo‘liqmaslik, tayyorlandi, boshladik so‘zlarini ma'noli qismlarga ajratib, ularni izohlang. Muhtaram o‘quvchi!


Download 0.49 Mb.
bet39/138
Sana18.06.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1555029
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   138
Bog'liq
2020-21 Ona tili majmua 11

Topshiriq. Yo‘liqmaslik, tayyorlandi, boshladik so‘zlarini ma'noli qismlarga ajratib, ularni izohlang.
Muhtaram o‘quvchi!
Nutqingizdagi so‘zlarga hech diqqat qilganmisiz?
Ular bir xil shaklda qotib qolgan emas. Nutq talabi bilan ular turli xil qo‘shimchalarni qabul qiladi, o‘zgaradi, turfa ma'nolarni ifodalash uchun xoslanadi.
Misol uchun birgina «o‘z» so‘ziga e'tibor bering:
ing

Ko‘rinib turibdiki, shakl o‘zgarishi bilan so‘zning ma'nosida ham jiddiy o‘zgarishlar sodir bo‘lmoqda. Shu vajdan har bir so‘zni tarkibiy qismga ajratish hamda mazkur qismlarning qanday ma'no anglatayotganligini anglab yetish mumkin. Bu esa tilni bilishdagi eng muhim bosqich sanaladi. Masalan, «Наг kimniki o‘ziga, oy ko‘rinar ko‘ziga» maqolidagi «o‘ziga» so‘zini «o‘zga», «o‘zini», «o‘zimdan» so‘zlariga almashtirib ko‘ring-chi — sira mumkin emas: mantiq buziladi.


So‘zlar asos va qo‘shimcha qismga ajraladi.
Litsey-dosh, quvon-ch, maslahat-chi, fikr-iy, ish-i so‘zlaridan birinchi qism asos sanaladi, ikkinchi qism esa qo‘shimcha qismidir.
So‘zlarning eng kichik ma'noli qismlarini o‘rgatuvchi tilshu­noslik bo’limiga morfemika deyiladi.

1-mashq. Matnni o‘qing. So‘zlarni asos va qo‘shimcha qismlarga ajrating. Ular haqida fikr yuriting.


U butun nutqini Istiqlolga muhabbat uyg‘otishga qaratdi:
— Istiqlol! Mustaqillik. «Ollohga ming qatla shukurlarkim, bu kunlarga ham yetishdik. Ko‘chalarda jar solib: «Suyunchi!», «Suyunchi!» deb uyma-uy yuradigan zamon keldi!
Muxtoriyat!..Oh-o!.. Bunga yetmoq niyatida ne-ne kurashlar bo‘lmadi? Ne-ne asl farzandlarimiz jonlarini fido qilib, qurbon bo‘lib ketmadilar. Istiqlolning bu qadar jon fido qilgulik ne sehri, ne mo‘jizasi borki, asrlardan buyon insoniyat Istiqlol uchun, hatto bir quloch yeri bor xalqlar ham jon olib, jon berib kurashgan. Axir, bizning Turon yurtimiz go‘zallikda ham, boylikda ham Xudoning marhamati yozilgan bir zamin emasmidi? Yillar bo‘yi talanmadimi? O‘zimiz qaytadan ega bo‘lganimizga shukurlar! Muborak bo‘lsin!
Alisher Navoiy «Oltin qafas» deb karomat qilganlaridek, qafasda parvoz bo‘lmaydi! Qafasdagi qushning sudraluvchi jonivordan ne farqi bor, axir!
Yurt bosqinlari bizning qanotimizni qayirdi. Vaholanki, xalqimizning jahonga parvoz qilarli qanoti bor emasmi? Endi qayrilish bilmasin bu qanot? Iloho, omin! (Shukrullo. «Tirik ruhlar»)



Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling