Nazariy va amaliy dars ishlanmalari


Amaliy dars mashg`ulot rejasi


Download 0.49 Mb.
bet41/138
Sana18.06.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1555029
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   138
Bog'liq
2020-21 Ona tili majmua 11

Amaliy dars mashg`ulot rejasi

Mashg`ulot sanasi:

Talabalar soni: nafar

Vaqti: 2 soat

O`quv mashg`ulotining shakli

Amaliy mashg`ulot.

Amaliy mashg`ulotining rejasi



1. O’quvchilarning olgan bilimlari test asosida sinovdan o’tkaziladi.
2. Testlar va nazariy savollar asosida.



O`quv mashg`ulotining maqsadi: O`quvchilar bilimlarini sinovdan o’tkazish.

Pedagogik vazifalar:
- ”Testlarni tarqatadi va ishlashni tushuntiradi;
- Ta’lim texnologiyalaridan foydalanish.

O`quv faoliyatining natijalari:
Talabalar:
- Testni ishlaydilar;
- Nazariy savollarga javob yozadilar.
- Tushunmagan qoidalarini so’rab oladilar.

O`qitish usul va texnikalari

Amaliy ish

O`qitish vositalari

Testlar, doska, bo`r.

O`qitish shakllari

Ommaviy

O`qitish sharoitlari

Ona tiliga ixtisoslashgan maxsus xona.

Monitoring va baholash

Test



Amaliy dars mashg`ulotining texnologik xaritasi

Bosqichlar,
vaqti

Faoliyat mazmuni

O`qituvchi



Talaba


1-bosqich.
Kirish
(10 min.)



1.1. Davomatni oladi, talabalarning darsga tayyorgarligini tekshiradi.
1.2. O`quv mashg`ulotining mavzusi, maqsadi, ko`zlanayotgan natijalar va uni o`tkazish rejasini ma’lum qiladi.
1.3. Bilimlarni faollashtirish uchun oldingi mavzu bo`yicha diqqatni jalb qiluvchi savollar beradi:
- mavzu bo’yicha savollar beriladi;
-mavzu yuzasidan tarqatma materiallar tarqatiladi.

Diqqat bilan tinglaydilar, yozib oladilar va javob beradilar.



2-bosqich.
Asosiy
(60 min.)

2.1. Yangi mavzusini oldingi mavzu bilan bog`lagan holda tushuntirib beradi.
2.2. Ma’ruza mazmunini jamoa bo`lib muhokama qilish jarayonini tashkil etadi:
- talabalarga o`z fikrlarini bildirishlarini, qo`shimcha savollar berishni taklif qiladi;
- talabalarning savollariga javob beradi;
- o`zi savollar beradi;
- masqlar bajariladi;

Talabalar ma’ruza bo`yicha o`z tushunchalarini bayon qiladilar.
Savollar beradilar. Munozalarda ishtirok etadilar.

3-bosqich.
Yakuniy
(10 min.)

3.1. Darsga yakun yasaydi. Faol ishtirokchilarni rag`batlantiradi. Baholar e’lon qilinadi, sharhlab beriladi.
3.2. Mustaqil ish uchun vazifa beradi: Mashqlarni yechish.
Mashqlar bo`yicha tushuncha beradi.

Yangi vazifa bo`yicha tushunmaganlarini so`rab oladilar.

Topshiriq. Berilgan so‘zlarda takrorlanuvchi qismlarni toping va bu so‘zlardagi ma'no bog‘lanishini aniqlang: tosh—toshloq, boy—boyi, paxta—paxtazor, paxtakor, paxtachi, temir—temirchi, qora—qoray, suv—suvla, suvchi.

Jamiyatning tarixiy taraqqiyoti davomida yangi-yangi tushunchalar paydo bo‘ladi. Bu yangi tushunchalarning har biri alohida-alohida so‘zlar bilan ifodalanganda edi, so‘zlarning soni cheksiz ravishda ko‘payib ketgan va ularni xotirada saqlash imkoniyati yo‘qolgan, natijada tilimiz aloqa vositasi sifatida yaroqsiz holga kelib qolgan bo‘lardi.


Tilning imkoniyatlari shu darajada boyki, oz vositalar bilan cheksiz tushunchalarni, xilma-xil axborotlarni ifodalash mumkin.
Yangi-yangi tushunchalarni ifodalashda ilgari tilimizda mavjud bo‘lgan so‘zlarga ko‘makchi morfemalarni qo‘shib, yangi so‘z hosil qilish usuli keng qo‘llaniladi. Ana shunday usul bilan yangi so‘z hosil qilish so‘z yasalishi sanaladi.
Ko‘makchi morfemalar qo‘shish yo‘li bilan yangi so‘z yasalishi doimo ikki qismning bo‘linishini talab qiladi:
1. So‘z yasashga asos qism.
2. Yasovchi qism.
Yasovchi qismni tashkil etgan morfemalar so‘z yasovchi morfemalar deyiladi.
Masalan, terim so‘zi ter so‘ziga -im so‘z yasovchi morfemasini qo‘shish orqali hosil qilingan. Terimchi so‘zi esa terim so‘ziga -chi qo‘shimchasini qo‘shish bilan hosil qilingan. Demak, birinchi so‘zda yasovchi asos ter, ikkinchi so‘zda esa terimdir.
Ishchi, ishla so‘zlarining yasalish asosi bir xil. Bir asosdan hosil bo‘lgan so‘zlar so‘z yasalish uyasini tashkil etadi.
Suvchi so‘zi «suv quyish bilan shug‘ullanuvchi shaxs» ma'nosini, temirchi so‘zi «temir bilan ish ko‘ruvchi shaxs», toshloq «toshga serob joy» ma'nosini bildiradi. Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, yasovchi morfema asosida yangi yasalgan so‘z yasashga asos bo‘lgan so‘zning ma'nosiga asoslanadi, uning ma'nosi bilan bog‘liq bo‘ladi.
Agar yasalgan so‘z bilan yasashga asos qism o‘rtasida ana shunday bog‘lanish bo‘lmasa, yasama so‘z hisoblanmaydi.
Solishtiring: tepki «tepishga xoslangan» so‘zi tep so‘zi bilan mazmunan bog‘lanadi, lekin tulki, eski so‘zlarini tul va ki, es va ki qismlarga ajratib bo‘lmaydi, chunki tulki va eski so‘zlari, tul—«beva», es—«aql», «xotira» so‘zlari bilan mazmuniy bog‘lanmaydi.
Yetakchi morfemalarga qo‘shilib, yangi so‘z hosil qilmaydigan, so‘z­ning turli xil shakllarini vujudga keltiradigan morfemalar shakl yasovchi morfemalar deyiladi. Masalan, yaxshigina, Zamiraxon, ukamni va h.k.
Yuqorida qora harflar bilan berilgan morfemalar shakl yasovchi morfemalardir. Shakl yasovchi morfemalar sintaktik munosabatni bildirish- bildirmasligiga ko‘ra ikki guruhga bo‘linadi:
1. Sintaktik munosabat bildirmaydigan morfemalar. Bunday morfema­lar lug‘aviy shakl yasovchi morfemalar sanaladi.
2. Sintaktik munosabat bildiradigan morfemalar. Bunday morfemalar sintaktik shakl yasovchi morfemalar hisoblanadi.
O‘qigach so‘zidagi -gach morfemasi o‘qi so‘ziga qo‘shilib, undan yangi so‘z ham yasamaydi, bu so‘zni boshqa so‘zga bog‘lash uchun ham xizmat qilmaydi. Shuning uchun u lug‘aviy shakl yasovchi morfemadir.
Yetakchi morfemaga qo‘shilib, undan yangi so‘z yasamaydigan va o‘zi qo‘shilgan so‘zni boshqasiga bog‘lash uchun xizmat qilmaydigan shakl yasovchi morfemalarga lug‘aviy shakl yasovchi morfemalar deyiladi.
Kitobim, kitobni so‘zlarida kitob so‘ziga qo‘shilgan -im va -ni morfemalari o‘zi qo‘shilgan so‘zni boshqa so‘zga bog‘lash uchun xizmat qiladi.
So‘zga qo‘shilib, uni ma'lum morfologik shaklini ko‘rsatuvchi va boshqa so‘zga bog‘lash uchun xizmat qiluvchi shakl yasovchi morfema­larga sintaktik shakl yasovchi morfemalar deyiladi.
Egalik, kelishik, shaxs-son morfemalari sintaktik shakl yasovchi morfemalar tarkibiga kiradi.

1-mashq. Quyida berilgan matndagi ajratib ko‘rsatilgan so‘zlarni ma'noli qismlarga ajrating. Ko‘makchi morfemalarga ta'rif bering.


Ustod sizga salom yo‘lladi...
—Abadulabad salomat bo‘lg‘aylar. Marhamat, noz-ne'matdan olg‘aysiz, azizim... Mavlono Muhiddin shosha-pisha patirlarni ushatdi. Ali Qushchini dasturxonga qistadi. Ali Qushchi sovuq kulimsirab:
— Salom bilan birga ustod bir nozik tilak bildirdilar, — dedi. Mavlono Muhiddinning patir ushatayotgan nozik barmoqlari harakatdan to‘xtab havoda muallaq osilib qoldi.
— Ne tilak ermish?
Xabaringiz bordir, azizim, bugun subhidam a'lo hazratlari Movarounnahr sarhadiga qo‘shin tortib kirgan shahzodaga qarshi yurish boshladi... Inshoolloh, 40 yil shafoat qilgan Tangri taolo bu safar ham o‘z inoyatini darig‘ tutmas... Va lekin, bandayi g‘ofil Haq taoloni bilmoqda ojizdurmiz...

2-mashq. Rasmdan foydalanib «Bobolar ruhi hamisha bizga yor» mavzusida nlatn tuzing. So‘zlarni ma'noli qismlarga ajrating, ko‘makchi morfemalarni topib, izohlang.


3-mashq. Quyidagi so‘zlarni ma'noli qismlarga ajrating. Ma'nolarini izohlang. Qo‘shimchalarni sinonim, omonim, antonimlik xusu­siyatiga ko‘ra guruhlarga ajrating.


Dadillashtirmoq, dam-badam, yorilmoq, zirqiramoq, yo‘rgaklatmoq, yo‘lattirmoq.
1. -li, ba-, bo-; 2. -gi, -ki, -qi; 3. -iy, -viy; 4. -chan, -kash; 5. -dor; 6. ser-; 7. ba-, bo-; 8. be-, no-; 9. -choq, -chak; 10. -kir, -qir, -gi, -gir; 11. -k, -q; 12. -ik, -iq; 13. -simon; 14. -iv, -al, -ion; 15. -ag‘on, -ma.

4-mashq. Quyidagi ertakni ifodali o‘qing, ostiga chizilgan so‘zlarni ma'noli qismlarga ajratib, unga ma'nodosh so‘zlar toping. Ko‘makchi morfemalarning turlarini aniqlang.


Bir bor ekan, bir yo‘q ekan, qadim zamonda go‘zal, ta'rifi yetti iqlimga ketgan chiroyli bir qiz bor ekan. Kunlarning birida sehrgar kampir bu qizni umrbod uxlatib qo‘yibdi. Shahzoda bu qizni uyg‘otish payiga tushib uzoq o‘ylabdi. Juda ko‘p qiyinchiliklarni boshidan o‘tkazibdi, bu qiz faqat «hayot suvi» bilan uvg‘onarmish. «Hayot suv»ni topish maqsadida haligi shahzoda ko‘p choralarni izlapti, oxir-oqibatda shahzoda baland tog‘ga chiqib tabiblar aytgan o‘sha «havot bulog‘i»ni topibdi va suvni olib kelib qizga ichiribdi. Go‘zal qiz o‘sha zahotivoq o‘ziga kelib ko‘zini ochibdi. Ular murod-maqsadlariga yetishibdi.

Savollar


1. Ko‘makchi morfemalar deb nimaga aytiladi?
2. Sintaktik munosabat bildirmaydigan morfemalar qaysilar?
3. Sintaktik munosabat bildiradigan morfemalarga qaysi morfemalar kiradi?



Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling