Nazariy va amaliy dars ishlanmalari


Amaliy dars mashg`ulot rejasi


Download 0.49 Mb.
bet44/138
Sana18.06.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1555029
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   138
Bog'liq
2020-21 Ona tili majmua 11

Amaliy dars mashg`ulot rejasi

Mashg`ulot sanasi:

Talabalar soni: nafar

Vaqti: 2 soat

O`quv mashg`ulotining shakli

Amaliy mashg`ulot.

Amaliy mashg`ulotining rejasi



1. Old qo’shimchalar va ularning xususiyatlari haqida qisqacha ma’lumot berish.
2. Maktabda ona tili fanidan o`tilganlar bo`yicha takrorlash.

O`quv mashg`ulotining maqsadi: O`quvchilarga ”Ona tili” fani haqida haqida ma’lumot berish.

Pedagogik vazifalar:
- ”Ona tili” fani haqida qisqacha ma’lumot berish;
- Maktabda ona tili fanidan o`tilganlar bo`yicha takrorlash o`tkazish.

O`quv faoliyatining natijalari:
Talabalar:
- ”Ona tili” fani haqida ma’lumotga ega bo`ladilar;
- Maktabda ona tili fanidan o`tilganlarni takrorlab oladilar.

O`qitish usul va texnikalari

Amaliy ish, aqliy hujum

O`qitish vositalari

Ma’ruzalar matni testlar, doska, bo`r.

O`qitish shakllari

Ommaviy

O`qitish sharoitlari

Ona tiliga ixtisoslashgan maxsus xona.

Monitoring va baholash

Savol–javob, test

Amaliy mashg`ulotining texnologik xaritasi



Bosqichlar,
vaqti

Faoliyat mazmuni

O`qituvchi



Talaba


1-bosqich.
Kirish
(15 min.)



1.1. Davomatni oladi, talabalarning darsga tayyorgarligini tekshiradi.
1.2. O`quv mashg`ulotining mavzusi, maqsadi, ko`zlanayotgan natijalar va uni o`tkazish rejasini ma’lum qiladi.
1.3. Bilimlarni faollashtirish uchun oldingi mavzu bo`yicha diqqatni jalb qiluvchi savollar beradi:
1. Fonetikada nima o`rganiladi?
2. Morfologiyaning tekshirish obyekti nima?
3Gapning qanday turlarini bilasiz?

Diqqat bilan tinglaydilar, yozib oladilar va javob beradilar.



2-bosqich.
Asosiy
(65 min.)

2.1. Yangi “Old qo’shimchalar va ularning xususiyatlari”mavzusini oldingi mavzu bilan bog`lagan holda tushuntirib beradi.
2.2. Ma’ruza mazmunini jamoa bo`lib muhokama qilish jarayonini tashkil etadi:
- talabalarga o`z fikrlarini bildirishlarini, qo`shimcha savollar berishni taklif qiladi;
- talabalarning savollariga javob beradi;
- o`zi savollar beradi;
2.3. 101-102-masqlar bajariladi;

Talabalar ma’ruza bo`yicha o`z tushunchalarini bayon qiladilar.
Savollar beradilar. Munozalarda ishtirok etadilar.

3-bosqich.
Yakuniy
(10 min.)

3.1. Darsga yakun yasaydi. Faol ishtirokchilarni rag`batlantiradi. Baholar e’lon qilinadi, sharhlab beriladi.
3.2. Mustaqil ish uchun vazifa beradi: Mashqlarni yechish.
Mashqlar bo`yicha tushuncha beradi.

Yangi vazifa bo`yicha tushunmaganlarini so`rab oladilar.

Topshiriq. Davlat, farzand, xabar, obro‘so‘zlariga no-, ser-, be-, bo- qo‘shimchalarini qo‘shib ko‘ring. Ularning asosga qay taxlitda qo‘shilayotganiga e'tibor bering.
O‘zbek tili asrlar davomida arab, fors-tojik hamda rus tillari bilan o‘zaro aloqada yashab keldi. Buning natijasida tilimizga o‘sha tillarga xos bo‘lgan yasalmalar va so‘z yasalish qolipi ham o‘zlashdi. Shulardan biri old qo‘shimchali so‘zlar va old qo‘shimchalar sanaladi. Bular quyidagilar:
ba-: batafsil, badavlat, bahaybat;
be-: bexavotir, bcg‘ubor, befarosat;
no-: noumid, noqulay, norozi;
ser-: serzavq, sergap, serhosil.
Shuningdek, kam qo‘llaniluvchi badfe'l, badjahl, badnafs, xushxabar, xushroy, xushvaqt, hamfikr, hamshahar, hamsuhbat singari so‘z yasalishi holatlari ham mavjud.
-ba, -ser qo‘shimchalari, asosan, otga qo‘shilib, asosdan anglashilgan belgi-xususiyatning me'yordan ortiq, ko‘p ekanligini bildirsa, be-; no- qo‘shimchalari xuddi shu narsalarga ega emaslikni anglatadi. Solishtiring: baquvvat, serma’no, behayo, noo‘rin.
Mazkur qo‘shimchalar -li, -siz, -dor qo‘shimchalari bilan sinonimik munosabatida bo‘la oladi.
Masalan: badavlat—davlatli, beqiyos—qiyossiz, noo‘rin— o‘rinsiz, sertashvish—tashvishli.

1-mashq. Gaplarni daftaringizga ko‘chirib yozing. Old qo‘shim­chalarning ishlatilishiga e'tibor bering.


Serjanjal uyda baraka yo‘q. Qanoat qorin to‘ydiradi, beqanoat o‘zin o‘ldiradi. Eshik ochiq bo‘lsa ham beruxsat kirma. Badavlat va baquvvat dushmandan emas, ochko‘z va badnafs, ichi qora odamga sherik bo‘lib qolishdan qo‘rq. Nomard do‘st seni chohga yetaklar.
Unda beravzan ekan har bir bino,
Ul binolarning ichinda yo‘q havo,
So‘risi yo‘q, sahni yo‘q, ayvoni yo‘q.
Aqrabolar yo‘q, aziz mehmoni yo‘q,
Beo‘chog‘-u bepalos-u betanur,
Betaom-u belibos-u qayda nur. (Chustiy)
2-mashq. Gaplarni o‘qing. Old qo‘shimchalarni aniqlab, ular haqida fikr bildiring.
1. Serjahl va serzarda bo‘lmang, odamlar e'tiboridan qolasiz. 2. Noo‘rin aytilgan so‘z boshga kulfat keltiradi. 3. Baquvvat va kuchli farzandlari bor xalqni hech kim yengolmas. 4. Serquyosh o‘lkamizning har bir qarich yen biz uchun muqaddas. 5. Nomard do‘st dushmandan yomon.(Chustiy)

3-mashq. Uyga vazifa. Gaplarni o‘qing, ularni daftaringizga ko‘­chirib oling. Be-, ba-, no-, ser- old qo‘shimchalari o‘rnida ularning sinonimlarini qo‘llash mumkinligi yoki mumkin emasligi haqida bahs yuriting.


Bevafo do‘stdan tayoq yaxshi, bebahra guldan yaproq yaxshi. Bevaqt qichqirgan xo‘rozning boshini kesadilar. Bemehr qarindoshdan mehr bergan yot yaxshi. Benuqson do‘st axtargan do‘stsiz qoladi. Besabab oyoqqa tikan kirmas. Befoyda so‘zni aytma, foydali so‘zdan qaytma. Nomard bo‘lib ko‘pga kirguncha, mard bo‘lib o‘lgan yaxshi. Nohaq ishga rivoj yo‘q. Scrduraxt qishloqni sel olmas. Serva'da kishi yolg‘onchi bo‘lur.
Ona — oliyhimmat, ona — sersaxo,
Ona sertilakdir, ona — serduo.
Ota-onani kim etmasa rizo,
U rasvoyi olam bo‘lur el aro.

Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling