Nazariy va amaliy dars ishlanmalari


QO‘SHIMCHALARDA SHAKLDOSHLIK


Download 0.49 Mb.
bet47/138
Sana18.06.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1555029
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   138
Bog'liq
2020-21 Ona tili majmua 11

QO‘SHIMCHALARDA SHAKLDOSHLIK
1-topshiriq. Oyinchoq — erinchoq, pistirma — bo‘g‘ma, уigin­to‘lin so‘zlaridagi qo‘shimchalarni bir-biriga solishtiring va o‘rtadagi farqlarini tushuntiring.
2-topshiriq. Yomg‘irli — seryomg‘ir so‘zlaridagi -li va ser- qo‘shimchalari bildirayotgan ma'nolarni izohlang.
Shakldoshlik nafaqat leksemalarga, balki qo‘shimchalarga ham xos xususiyat sanaladi. Qo‘shimchalarning ayrimlari ifodalanishiga ko‘ra aynan bir-biriga o‘xshasa-da, mazmun-mohiyati bilan keskin farqlanadi.
Masalan, -in qo‘shimchasi:
a) ot b) sifat d) ravish e) fe'lning nisbat
yasovchi yasovchi yasovchi shaklini yasovchi
tiqin to‘lin ostin-ustin ilin
yig‘in erkin birin-ketin ko‘rin
chaqin yashirin qishin-yozin qilin

Bunday qo‘shimchalar o‘zbek tilida ko‘plab uchraydi. -ma, -chi, -li, -dor, -ch, -(i)shy -ar, -ik, -к, -ish, -qin, -chaq, -(a) y, -siz kabi qo‘shimchalarni bunga misol qilib keltirish mumkin.


Shakldosh qo‘shimchalar quyidagi ko‘rinishlarda uchraydi.
1. So‘z yasovchilar.
qalamdon (ot) qadrdon (sifat)
toshqin (ot) jo‘shqin (sifat)
tepki (ot) kechki (sifat)
qatlama (ot) bo‘g‘ma (sifat)
o‘roq (ot) qo‘rqoq (sifat)
yoshlik (ot) sirdaryolik (sifat)
yuzsiz (sifat) so‘zsiz (ravish)
yugurik (sifat) ko‘rik (ot)

2. So‘z yasovchi qo‘shimcha so‘z shakli yasovchi qo‘shimcha bilan shakldosh bo‘ladi.


kelinchak (erkalash, hurmatlash shakli) erinchak (sifat yasovchi)
gapirma (fe'lning bo‘lishsiz shakli) burma (sifat yasovchi)
yuzlab (chama son shakli) haftalab (ravish yasovchi)
qizcha (kichraytirish shakli) erkakcha (ravish yasovchi)
Dilafro‘zxon (hurmat shakli) kitobxon(ot yasovchi)
do‘sti (III shaxs, birlik shakli) boyi (fe'l yasovchi).

3. Har qanday holatda so‘z shakli yasaydi.


oqish (ozaytirma shakli) kelish (harakat nomi)
otam (egalik shakli) ko‘rdim(shaxs-son shakli)
ukang (egalik shakli) bording(shaxs-son shakli)
1-mashq. Qo‘shimchalar yordamida so‘zlar yasang va ulardagi qo‘shimchalarga xos bo‘lgan shakldoshlarni izohlang.
-t, -ch, -uq, -gi, -un
Namuna:
tin-ch, (sifat yasovchi)
sevin-ch (ot yasovchi)

2-mashq. Gaplarni o‘qing. Shakldosh qo‘shimchalarni topib, ularni izohlang.


Hunar ado bo‘lmas boylikdir. Ilm kelinchakka o‘xshaydi: u xilvat va pinhoniylikni yoqtiradi. Erinchak, dangasa insonlar hayotda hech qachon muvaffaqiyat qozonolmaydi. Ishsizlik illatning uyasi. Barvaqt turishga odatlaning, baraka topasiz. Vafoli odamning do‘stlari ham samimiy bo‘ladi. Bevafo do‘stdan jabrli dushman afzal.
Jonimdan o‘zga vori vafodor topmadim,
Ko‘nglimdin o‘zga mahrami asror topmadim. (Bobur)
Vafosizda hayo yo‘q, hayosizda vafo yo‘q. (Navoiy) Qiziga qalamdon sotib oldi. Bilimdon va tadbirkor, raqobatbardosh yoshlar Vatanimizning kelajagi sanaladi.

3-mashq. Quyidagi so‘zlar ishtirokida gaplar tuzing. Qo‘shimcha- lardagi shakldoshlarni tushuntirih bering:


chiziq - tiniq, bosqin — sotqin, sezgi — qadimgi, otashin — ekin, qirg‘in — so‘lg‘in, chirik — elak.



Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling