Nazariy va amaliy dars ishlanmalari


QO‘SHIMCHALAR MA'NODOSHLIGI


Download 0.49 Mb.
bet48/138
Sana18.06.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1555029
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   138
Bog'liq
2020-21 Ona tili majmua 11

QO‘SHIMCHALAR MA'NODOSHLIGI
Qo‘shimchalarda shakldoshlikdan tashqari ma'nodoshlik hodisasi ham uchraydi. Ba'zan ma'lum bir so‘z yasash ma'nosini ifodalash uchun birdan ortiq qo‘shimchalardan foydalanishga to‘g‘ri keladi. Masalan, -li qo‘shimchasi o‘rniga -kor, -dor, bo-, ba-, ser- qo‘shimchalarini qo‘llash mumkin:
itoatli — itoatkor
shirali — shirador
savlatli — basavlat
sutli — sersut
obro‘li — boobro‘
Shuningdek, -chi o‘rnida, -shunos, -kash, -kor; -siz o‘rnida esa be no- old qo‘shimchalarni qo‘llash kuzatiladi.
adabiyotchi — adabiyotshunos
aravachi — aravakash
g‘allachi — g‘allakor
hayosiz — behayo
o‘rinsiz — noo‘rin
Hamma holatlarda ham yuqoridagicha ma'nodoshiik yuzaga kelavermaydi. Masalan, nodavlat tashkilotlari deyish o‘rniga bedavlat tashkilotlari deyilsa, uslubiy g‘alizlik yuzaga keladi.
Demak, qo‘shimchalardagi ma'nodoshlik nutqning muayyan davrdagi me’yorlari asosida yuzaga keladigan til hodisasi sanaladi.

4-mashq. Gaplarni o‘qing. Ma'nodosh qo‘shimchalarni topib ularni i/ohlang.


Ulamolar suhbatida bo‘l, роk, sof niyatli kishilarga talpin. (Amir Temur o‘gitlaridan) Bilimli kishi kerakli so‘zni so‘zlaydi, keraksiz so‘zni ko‘mib lashlaydi. (Ahmad Yugnakiy) Ilmsiz inson — mevasiz daraxt. Mevali daraxtga tosh otadilar. Obro‘li, izzattalab bo‘lishni istasang ilm o‘rgan.
Bilimsiz kishilarning ko‘ngli xurofotga moyil bo‘ladi. (Abu Rayhon Beruniy) Sabrli odam uzoq yashaydi. Sabrsiz odam o‘z boshiga falokat keltiradi. Uning otasi mahallaning tag-tugli, baobro‘ odamlaridan edi. El g‘amiga dardkash bo‘lgan inson hech qachon hayotda qoqilmaydi. Dardchil yuraklarga sevinchlar yog‘di.

5-mashq. Matnlarni o‘qing. So‘zlar tarkibida noto‘g‘ri qo‘llangan qo‘shimchalarni aniqlab, to‘g‘risiga almashtiring.


Bir kuni Suqrotdan so‘radilar:
— Boodob bilan noodobning o‘rtasidagi farq nimada? U javob berdi:
— Gapiradigan hayvon bilan gapirmaydigan hayvon kabi. Bir hakimdan: «Ko‘rkam xulqdor kishi kim?» — deb so‘radilar. U: «Yomon xulqqa sabr qilgan», — deb javob berdi.
Vatan mening jon-u tanim sajdaxonamdir,
U mening to‘lin oyim, tinch-omonim,
Izzatim, sharafim, Ka'bam, qiblam
Hamda gulistonimdir. (Fitrat)
6-mashq. Asosdosh so‘zlarga misollar keltiring. Ular ishtirokida gaplar tuzib, daftaringizga ko‘chirib yozing.
Namuna: tinch, tinim, tinimsiz, betinim...
Qarigan chog‘da halovat istasang, yoshlikda tinimsiz ilm o‘rganish payida bo‘l. Tinch bo‘lay desang, nafsingni tiy. Tinim bilmay kitob o‘qigan kishi bir kuni farog‘at topadi. Ilm ishtiyoqida betinim bo‘lgan tolibning ko‘ziga mol-dunyo ko‘rinmas.



Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling