Nazariy va amaliy dars ishlanmalari


Download 0.49 Mb.
bet51/138
Sana18.06.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1555029
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   138
Bog'liq
2020-21 Ona tili majmua 11

O`qitish shakllari

Ommaviy

O`qitish sharoitlari

Ona tiliga ixtisoslashgan maxsus xona.

Monitoring va baholash

Savol–javob, test

Amaliy mashg`ulotning texnologik xaritasi

Bosqichlar,
Vaqti

Faoliyat mazmuni

O`qituvchi



Talaba


1-bosqich.
Kirish
(15 min.)



1.1. Davomatni oladi, talabalarning darsga tayyorgarligini tekshiradi.
1.2. O`quv mashg`ulotining mavzusi, maqsadi, ko`zlanayotgan natijalar va uni o`tkazish rejasini ma’lum qiladi.
1.3. Bilimlarni faollashtirish uchun oldingi mavzu bo`yicha diqqatni jalb qiluvchi savollar beradi:
1.Qo`shma gap nima ?
2.Sintaksisning tekshirish obyekti nima?
3Gapning qanday turlarini bilasiz?

Diqqat bilan tinglaydilar, yozib oladilar va javob beradilar.



2-bosqich.
Asosiy
(65 min.)

2.1. ”Nutqda bir asosli so’zlardan foydalanish” mavzusi bo`yicha savol javob qiladilar
2.2. Amaliy dars mazmunini jamoa bo`lib muhokama qilish jarayonini tashkil etadi:
- talabalarga o`z fikrlarini bildirishlarini, qo`shimcha savollar berishni taklif qiladi;
- talabalarning savollariga javob beradi;
- o`zi savollar beradi;
2.3. 80-81-mashqlar bajariladi;

Talabalar amaliy dars bo`yicha o`z tushunchalarini mashqlar yordamida mustahkamlaydilar.
Savollar beradilar. Munozalarda ishtirok etadilar.

3-bosqich.
Yakuniy
(10 min.)

3.1. Darsga yakun yasaydi. Faol ishtirokchilarni rag`batlantiradi. Baholar e’lon qilinadi, sharhlab beriladi.
3.2. Mustaqil ish uchun vazifa beradi: Mashqlarni yechish.
Mashqlar bo`yicha tushuncha beradi.

Yangi vazifa bo`yicha tushunmaganlarini so`rab oladilar.

Tildagi so‘zlar yangi paydo bo‘lgan so‘zlar hisobigagina emas, balki oldindan muomala-munosabatda mavjud bo‘lib kelgan so‘z asosida yangi leksemalarni hosil qilish yo‘li bilan ko‘payib boradi. Bitta asos vositasida bir nechta yangi so‘z yasalishi mumkin: suvli, sersuv, suvsizlik.
Bir asosli so‘zlarga asosdosh so‘zlar deyiladi.
Namunalar: tinch, tinim, tinimsiz, notinch, notinchlik; gulli, guldor, gulchi, gulchilik, sergul; shoxli, shoxdor, shoxsimon, sershox; obro‘li, obro‘siz, baobrobeobro‘ va h.k.
1-mashq. Gaplarni o‘qing. Asosdosh so‘zlarni aniqlah, ularni izohlab bering.
O‘zbek xalqi, o‘zbek tuprog‘i umrini paxtaga baxshida etdi. Qish demadi, yoz demadi — paxta, dedi. Tun demadi, kun demadi — paxta, dedi.
— Onaxon, ism-slarifingiz, kasb-koringiz? Onaxon kamtarlik ila javob berdi:
— Ismi sharifim — Paxtaxon! Paxtaoy desangiz ham bo‘laveradi! Kasb-korim — paxtakor!
Ona tabiatimizda necha xil rang bo‘lsa, barcha-barchasi paxtazorda mujassamdir.(Tog‘ay Murod)

2-mashq. Quyidagi asosdosh so‘zlar ishtirokida gaplar tuzing va ularni daftaringizga ko‘chirib oling.


meva-mevali-mevazor-mevasiz;osh-oshpaz-oshxo‘r-oshamoq;ko‘ngil-ko‘ngilli-ko‘ngilsiz-ko‘ngilchan; do‘ppi-do‘ppido‘z-do‘ppili-do‘ppisiz; ish- ishchi-ishchan-ishsiz-ishsizlik-beish-ishla-ishlov.
N a m u n a : Anor butasimon mevali daraxtlar oilasiga kiradi. Qaqrab yotgan qirlar bag‘ri bir yil ichida mevazor bog‘ga aylandi-qoldi. Mevasiz daraxt faqat o‘tinlikka yaraydi.

3-mashq. Uyga vazifa. Matnni o‘qing. Asosdosh so‘zlarni topib, ularni izohlang.


O‘zbekistonni o‘zbek xalqi o‘z mehnati, aql-idroki bilan yaratgan! O‘zbekistonni mo‘jizalar diyori, jannatdek mamlakat deydilar. Bu go‘zal Vatan osmondan tappa-tayyor holda o‘zicha yerga tushib qolmagan. U tinim­siz xatti-harakat va fidokorona mehnat ila, xalq dahosi ila bunyod etilgan.
O‘zbek xalqi azaldan o‘z Vataniga — O‘zbekistoniga, Turkistoniga, Turoniga ega bo‘lgan, hech qachon bevatan bo‘lgan emas. Vatanparvarlik, fidokorlik xalqimizning qon-qoniga singib ketgan xislatlardan sanaladi. («Vatan tuyg‘usi» kitobidan)
Savol va topshiriqlar
1. Qo‘shimchalarda shakldoshlikni izohlang.
2. Qo‘shimchalarda ma'nodoshlik deganda nimani tushunasiz?
3. Qo‘shimchalarda zid ma'nolilik deganda nimani tushunasiz?
4. Asosdosh so‘zlar qanday yasaladi?



Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling