Nazariy va amaliy dars ishlanmalari
Download 0.49 Mb.
|
2020-21 Ona tili majmua 11
- Bu sahifa navigatsiya:
- Monitoring va baholash Savol–javob, test Nazariy mashg`ulotning texnologik xaritasi
- Savol va topshiriqlar
Nazariy mashg`ulotning texnologik xaritasi
Topshiriq. Un, topshir, кo‘r so‘zlariga qo‘shimchalar qo‘shib ko‘ring. Qo‘shimchalarning so‘zdagi o‘rniga e'tibor bering. O‘zbek tilida ko‘makchi morfemalar, ya'ni qo‘shimchalar yetakchi morfemadan so‘ng keladi. Masalan, zamon-dosh zamondosh-lar zamondoshlar-im zamondoshlarim -ga Asosga eng avval so‘z yasovchi qo‘shimcha, so‘ng lug‘aviy shakl yasovchi qo‘shimcha, eng oxirida esa sintaktik shakl yasovchi qo‘shimchalar qo‘shiladi. Masalan, sholi-kor, muqova-soz, kamtar-ona; tadbirkor-lar, sana-moq, yaltira-sh, fidokorlar-ga, o‘rnashdi-m, uyqusirab-man kabi. Asosga so‘z yasovchi qo‘shimcha, shakl yasovchi qo‘shimchalar ikkitadan qo‘shilsa, ular ketma-ket ulanadi, yuqoridagi tartib buzilmaydi. Masalan, mulk-dor-lik, bil-im-li, jo‘sh-qin-lik, ko‘k-ish-roq, о'yna-t- di, ket-a-yotir-man, sinf-dosh-lar-im-dan, bor-a-yotgan-ingiz-ni, varaq- la-sh-ni. Ba'zi bir hollarda so‘z yasovchi qo‘shimcha asosga old tomondan kelib qo‘shilishi ham mumkin (masalan, no-o‘rin), lekin bunday old qo‘shimchalar o‘zbek tilida juda kam. Shuningdek, ayrim so‘zlarda umumiy tartib buzilishi ham kuzatiladi: es-la-gan-lik kabi. Bunda asos + so‘z yasovchi qo‘shimcha + shakl yasovchi qo‘shimcha + so‘z yasovchi qo‘shimcha qo‘shilmoqda. Umuman olganda, qo‘shimchalarning qo‘shilishida o‘ng qo‘l qoidasiga rioya qilinadi. 1-mashq. Matnni o‘qing. Qo‘shimchalarning o‘zakka qay tartibda qo‘shilayotganligiga diqqat qiling. YOSHLAR - VATANNING QANOTLARI O‘zbekistonning kelajagi yorug‘, ertasi porloq. Uning oltin kaliti yoshlar qo‘lida. Ular shu kalit yordamida yo‘llaridagi muammolarni yechib ketaveradilar. Xalqimiz dilbandlari bugun dunyoning eng taraqqiy etgan go‘sha- larida ta'lim olib kelmoqdalar. Fan-texnika, ilm sirlarini o‘rganib yurtimizni obod qilish yo‘lida fidokorona mehnat qilmoqdalar. Ishonamizki, yoshlarimiz o‘zlarining zimmasiga yuklangan vazifani sharaf bilan ado etadi, O‘zbekistonni rivojlangan mamlakatlar qatoriga olib chiqadi. 2-mashq. Gaplarni o‘qing. So‘z yasovchi hamda shakl yasovchi qo‘shimchalarni aniqlab, ularning agglutinativ xususiyatlarini izohlang. Kitob bilan abadiy do‘st tutining. Orangizdan qil ham o‘tmasin. Xorijiy tillarni qunt bilan o‘rganing. Vatan tarixini biling. Uni har xil murtad talqinlardan, tuhmat va axlatlardan tinimsiz tozalang. Shavkatli tariximizni zamonaviy, mahobatli tarixiy ishlar bilan boyitishga harakat qiling. Kamtarga kamol — manmanga zavol. Takabburlik qilmang. Xokisor bo‘lishga harakat qiling. Kibrlanmang. Maqtasa, Sizni boshqalar maqtasin. Siz esa olqishlarni eshitmang. G‘azablanmang. G‘azab sizni to‘g‘ri izdan chiqarib yuboradi. Har qanday holatda ham sokin bo‘lishga intiling. Dilozor bo‘lmang. Dilozordan Xudo bezor. Odamlar bilan shunday gaplashingki, ular yana Sizga intilsinlar. Siz bilan suhbatlashishni havas qilsinlar. Ota-ona, qavm-qarindosh, yor-birodarlarning ahvolidan doim xabar olib turing. Ota-onaning duosini olib qolishga oshiqing. Savob ishlar orasida eng zaruri shu. (G‘aybulla al-Salom) 3-mashq. Matnni o‘qing. Qo‘shimchalarni aniqlab, ularni turlarga ajrating. Hoy Ubaydulloxon! Ubaydulloxon! Qani, seni yo‘qlovchi bir mehriboning bormi? Hozir sening bogiaringga bahor keldi. Maysalar unmoqda. Osmoningda turnalar! Nahot, ularning qur-quri senga eshitilmasa?! Xumori tutib yig‘lamaysanmi? Qirlaringdagi lolalar, gunafshalar, varrak uchirgan tomlaringdagi chuchmomalar nahot xumor qilib ko‘zlaringga ko‘rinmasa! Uning xayolida jonlangan onasining nolalari qanchalik aqlli bo‘lmasin, ammo otasi Asadullo maxsumning yoshligidan qulog‘iga quygan hikmatlari xayolidan kecharkan, qamoq azob-uqubatlarini ham, sog‘inch xumorlarini ham birdan unutardi. Yangidan o‘zida kuch-g‘ayrat tuyardi, kelajagiga, o‘z maqsadlariga erishishga umid uyg‘onardi. — Bir g‘ofil bandani g‘aflat uyqusidan uyg‘otib, yo‘lga solmoqning o‘zi qanchalik savob! Bir yetimning boshini silasang, bir g‘aribning mushkulini oson qilsang, bir bechoraning ko‘ngliga malham bo‘lsang, buning savobiga ne yetsin! «Ammo, xalqning dardiga darmon bo‘lmoq niyatida jon fido qilsang, uning baxt-saodati uchun o‘z halovatingdan kechsang, hayotingni uning yo‘liga tiksang, buning savobiga teng savob bo‘larmikan dunyoda! Bunday bandasidan Xudoyim o‘z marhamatini darig‘ tutmaydi», — derdi otasi. Darhaqiqat, xalq uchun jonini qurbon qilishdan afzalroq, inson uchun ulug‘roq savob yo‘q! Xalqning baxt-saodati, ozodligi yo‘lida qurbon bo‘lganlarga, o‘lim yo‘q! (Shukrullo. «Tirik ruhlar») 4-mashq. Matnni o‘qing. Qo‘shimchalarni topib, ularni izohlang. Qo‘shimchalarga xos bo‘lgan belgilarni aytib bering. Avtomobillar shaharda paydo bo‘lganining dastlabki vaqtlarida, ko‘chada uning «Neksiya» xilini qurshab olgan odamlarning yuzlarida tabassum va ko‘zlarida sevinch alomatlarini ko‘rdim. Uning muhokamasi qizib ketib, ulardan biri: «Qoyilman, zo‘r mashina bo‘libdi. «Volga»mni sotib, uni olmasam, otimni boshqa qo‘yaman», — desa, ikkinchi bir kishi: «Buni qaranglar, xuddi qaddi-qomati kelishgan kelinchakka o‘xshaydi, men ham uni sotib olishga ahd qildim», — dedi. Uchinchi shaxs ham hayratini yashirolmadi: «Ajabo, bu mashina Amerikada yoki Germaniyada ishlanganga o‘xshaydi. Uni qaysi magazinda sotisharkan?» Borgan sari mashina atrofidagi odamlar soni ko‘payib, har kim bilganini gapiraverdi. Nihoyat, mashina nomini qanday atash bo‘yicha ham bahs boshlanib, uni «O‘zbekiston», «Lochin», «Sirdaryo», «Andijon» deb atash kerak, degan ovozlar eshitildi. «Malika», «Ozodlik» degan nomlar ham eshitildi. Mashina egasi paydo bo‘lganda, uni savollar bilan ko‘mib tash- lashdi. Xullas, shunday ajoyib manzaraning guvohi bo‘ldimki, «Neksiya» O‘zbekistonning mo‘jizasi sifatida barchani hayratlantirdi, qoyil qoldirdi va mustaqillikning kuch-qudratini gavdalantirdi. Endilikda bizning avtomashinalarimiz jahon kezib, jonajon O‘zbekiston nomini va sharafmi olamga taratmoqda. (Hamid Ziyoyev) Savol va topshiriqlar 1. O‘zbek tilida qo‘shimchalar so‘zning qaysi tomoniga qo‘shiladi. 2. So‘z yasovchi qo‘shimchalar so‘zning oldiga ham qo‘shilishi mumkinmi? 3. Ikkilandi so‘zidagi qo‘shimchalarning o‘rnini belgilang. 21- MAVZU: Old qo’shimchalar va ularning xususiyatlari. Download 0.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling