Nazariy va amaliy dars ishlanmalari


- MAVZU:So’z yasalishi usullari


Download 0.49 Mb.
bet55/138
Sana18.06.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1555029
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   138
Bog'liq
2020-21 Ona tili majmua 11

25- MAVZU:So’z yasalishi usullari.
Amaliy dars mashg`ulot rejasi

Mashg`ulot sanasi:

Talabalar soni: nafar

Vaqti: 2 soat

O`quv mashg`ulotining shakli

Amaliy mashg`ulot.

Amaliy mashg`ulotining rejasi



1. So`z yasalish usullari haqida qisqacha ma’lumot berish.
2. Maktabda ona tili fanidan o`tilganlar bo`yicha takrorlash.

O`quv mashg`ulotining maqsadi: O`quvchilarga ”Ona tili” fani haqida haqida ma’lumot berish.

Pedagogik vazifalar:
- ”Ona tili” fani haqida qisqacha ma’lumot berish;
- Maktabda ona tili fanidan o`tilganlar bo`yicha takrorlash o`tkazish.

O`quv faoliyatining natijalari:
Talabalar:
- ”Ona tili” fani haqida ma’lumotga ega bo`ladilar;
- Maktabda ona tili fanidan o`tilganlarni takrorlab oladilar.

O`qitish usul va texnikalari

Ma’ruza, aqliy hujum

O`qitish vositalari

Ma’ruzalar matni testlar, doska, bo`r.

O`qitish shakllari

Ommaviy

O`qitish sharoitlari

Ona tiliga ixtisoslashgan maxsus xona.

Monitoring va baholash

Savol–javob, test

Amaliy mashg`ulotining texnologik xaritasi

Bosqichlar,
Vaqti

Faoliyat mazmuni

O`qituvchi



Talaba


1-bosqich.
Kirish
(15 min.)



1.1. Davomatni oladi, talabalarning darsga tayyorgarligini tekshiradi.
1.2. O`quv mashg`ulotining mavzusi, maqsadi, ko`zlanayotgan natijalar va uni o`tkazish rejasini ma’lum qiladi.
1.3. Bilimlarni faollashtirish uchun oldingi mavzu bo`yicha diqqatni jalb qiluvchi savollar beradi:
1. Fonetikada nima o`rganiladi?
2. Morfologiyaning tekshirish obyekti nima?
3.Gapning qanday turlarini bilasiz?

Diqqat bilan tinglaydilar, yozib oladilar va javob beradilar.



2-bosqich.
Asosiy
(65 min.)

2.1. Yangi “So’z yasalishi usullari” mavzusini oldingi mavzu bilan bog`lagan holda tushuntirib beradi.
2.2. Ma’ruza mazmunini jamoa bo`lib muhokama qilish jarayonini tashkil etadi:
- talabalarga o`z fikrlarini bildirishlarini, qo`shimcha savollar berishni taklif qiladi;
- talabalarning savollariga javob beradi;
- o`zi savollar beradi;
2.3. 110-111-masqlar bajariladi;

Talabalar ma’ruza bo`yicha o`z tushunchalarini bayon qiladilar.
Savollar beradilar. Munozalarda ishtirok etadilar.

3-bosqich.
Yakuniy
(10 min.)

3.1. Darsga yakun yasaydi. Faol ishtirokchilarni rag`batlantiradi. Baholar e’lon qilinadi, sharhlab beriladi.
3.2. Mustaqil ish uchun vazifa beradi: Mashqlarni yechish.
Mashqlar bo`yicha tushuncha beradi.

Yangi vazifa bo`yicha tushunmaganlarini so`rab oladilar.

1-topshiriq. -dosh, -kor, -shunos qo‘shimchalari ishtirokida so‘zlar yasang va ulardagi umumiylikni izohlang.
2-topshiriq. Bo‘tako‘z va kо’zoynak so‘zlaridagi so‘z yasalishini izohlang.

So‘z yasashga asos qismning qanday xususiyatga ega ekanligiga ko‘ra so‘z yasalishining bir necha usullari bor: 1) yasashga asos qismga qo‘­shimchalar qo‘shish orqali (affiksatsiya); 2) so‘zlarni qo‘shish orqali (kompozitsiya). Masalan, ishla so‘zi ish qismiga (yasashga asos) -la qo‘shimchasini qo‘shish yo‘li bilan hosil bo‘lgan. Qo‘shma korxona, ishlab chiqarish singari so‘zlar esa ikki so‘zni bir-biriga qo‘shish asosida hosil qilingan.


Hozirgi o‘zbek tilida so‘z yasashning mahsuldor usuli qo‘shimchalar qo‘shish yo‘li bilan so‘z yasash — affiksatsiyadir. Bu usul tilda mavjud bo‘lgan muayyan so‘z yasash qoliplari asosida yuzaga chiqadi. Shuning uchun ham so‘zlovchi xotirasida so‘z yasashning qoliplari mavjud bo‘ladi. Masalan, ot+chi «shaxs oti yasovchi» (ishchi, temirchi, suvchi); ot+li «belgining mavjudligi yoki ortiqligi» (suvli, mevali) va boshq. Ana shu so‘z yasash qoliplari asosida turli-tuman yasama so‘zlar hosil qilinadi.
So‘zlovchi xotirasida, so‘z yasash qoliplari va ularning ma'nolari haqida ko‘nikmaning mavjud bo‘lishi har qanday yangi yasalmaning oson tushunilishiga imkon beradi.
So‘z yasash qoliplari va ularning ma'nolari bir xil yasovchi qo‘shimchali so‘zlarni ma'lum uyalarga birlashtirish asosida aniqlanadi. Masalan:
traktorchi yig‘la binokor
kombaynchi sizla g‘allakor
suvchi qo‘lla paxtakor
ekskavatorchi oqla o‘ymakor
tikuvchi ishla sholikor

1-mashq. Matnni o‘qing, so‘zlarning yasalish o‘rinlariga e'tibor be­ring, ularni izohlang.



Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling