Nazariy va amaliy dars ishlanmalari


Download 0.49 Mb.
bet58/138
Sana18.06.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1555029
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   138
Bog'liq
2020-21 Ona tili majmua 11

O`qitish vositalari

Ma’ruzalar matni testlar, doska, bo`r.

O`qitish shakllari

Ommaviy

O`qitish sharoitlari

Ona tiliga ixtisoslashgan maxsus xona.

Monitoring va baholash

Savol–javob, test

Amaliy mashg`ulotining texnologik xaritasi

Bosqichlar,
vaqti

Faoliyat mazmuni

O`qituvchi



Talaba


1-bosqich.
Kirish
(15 min.)



1.1. Davomatni oladi, talabalarning darsga tayyorgarligini tekshiradi.
1.2. O`quv mashg`ulotining mavzusi, maqsadi, ko`zlanayotgan natijalar va uni o`tkazish rejasini ma’lum qiladi.
1.3. Bilimlarni faollashtirish uchun oldingi mavzu bo`yicha diqqatni jalb qiluvchi savollar beradi:
1. Fonetikada nima o`rganiladi?
2. Morfologiyaning tekshirish obyekti nima?
3Gapning qanday turlarini bilasiz?

Diqqat bilan tinglaydilar, yozib oladilar va javob beradilar.



2-bosqich.
Asosiy
(65 min.)

2.1. Yangi “So’z yasalish usullarini mashqlar va topshiriqlar bilan mustahkamlash” mavzusini oldingi mavzu bilan bog`lagan holda tushuntirib beradi.
2.2. Ma’ruza mazmunini jamoa bo`lib muhokama qilish jarayonini tashkil etadi:
- talabalarga o`z fikrlarini bildirishlarini, qo`shimcha savollar berishni taklif qiladi;
- talabalarning savollariga javob beradi;
- o`zi savollar beradi;
2.3. 1-2-masqlar bajariladi;

Talabalar ma’ruza bo`yicha o`z tushunchalarini bayon qiladilar.
Savollar beradilar. Munozalarda ishtirok etadilar.

3-bosqich.
Yakuniy
(10 min.)

3.1. Darsga yakun yasaydi. Faol ishtirokchilarni rag`batlantiradi. Baholar e’lon qilinadi, sharhlab beriladi.
3.2. Mustaqil ish uchun vazifa beradi: Mashqlarni yechish.
Mashqlar bo`yicha tushuncha beradi.

Yangi vazifa bo`yicha tushunmaganlarini so`rab oladilar.

1-mashq. So‘zlarni qo‘shish orqali yasalgan leksik birliklarni aniq­lang, ularga tavsif bering.
Animamning eri mo‘ynado‘z-kosib. Bola-chaqalari bo‘lmaganidan, uylari biznikiga o‘xshash to‘s-to‘polon emas — yig‘inchoqli, innaykeyin, bularning uyi salkam ajoyibxona. Unda dunyodagi hamma narsa bor.
Ovga kirishadigan sohibchangal qushlardan: qarchig‘ay, miqqiy, qirg‘iy; urishadigan qushlardan: dakan xo‘roz, oddiy xo‘roz, amirxon xo‘roz, kaklik, bedana (bu so‘nggi ikkisi sayrash uchun ham boqilib, cho‘pqafasda, to‘rqafasda saqlanadi); sayraydiganlardan: qumri, sa'va, bulbul, mayna va boshqalar.
Ularning uyidagi gullarning-ku son-sanog‘i yo‘q...
Gulbahor, gulra'no, gulsafsar, gulhamishabahor, qalampirgul, nomozshomgul, sambitgul, atirgul, kartoshkagul, qashqargul — ishqilib sanab tugatib bo‘lmaydi. Pochcham bilan ammam bu gul, bu hayvonotlarning har bittasini nuridiydalaridek parvarish qiladilar. (G’.G‘ulom)

2-mashq. Maqollarni o‘qing. So‘z yasovchi qo‘shimchalar yorda­mida yasalgan so‘zlarni aniqlab, ularni izohlang.


Daraxt ildizi bilan kuchli, inson — do‘stlari bilan. Qalbaki do‘st ochiq dushmandan vomon. Yo‘ldoshini tashlagan yo‘lda qolur. Yiqilganda bo‘lmasa tirak, vafosiz do‘st nimaga kerak? Rejasiz ish — qolipsiz g‘isht. Hushyorlik — mustahkam qo‘rg‘on. Ezgulikning cheki yo‘q. Bahorgi harakat — kuzgi barakat. Go‘zallik ilm-u ma'rifatda. Mard maydonda bilinadi, nomard — ishda. Do‘stlik barcha boylikdan afzal. Qo‘rqoqda uyat bo‘lmas. Aqlli o‘zini ayblar, aqlsiz — do‘stini. O‘qigan o‘qdan oshar, nodon turtkidan shoshar. Qo‘yni qassob so‘ysin, oshni oshpaz pishirsin. Nomard non ustida ham nolishini qo‘ymas. Itni qopag‘on qilgan egasi. Novvoyga non aziz, tegirmonchiga — un. Yer — don, dehqon — xazinabon.

3-mashq. Kompozitsion usul bilan yasalgan so‘zlarni namunadagidek ko‘chirib yozing.


Qo‘shma otlar: oqqush...
Qo‘shma ravishlar: har yerda...
Qo‘shma sifatlar: sheryurak...
Qo‘shma fe'llar: borib kelmoq...
bilaguzuk, olachipor, tamom bo‘lmoq, shirinso‘z, achchiqtosh, sakkizoyoq, bodomqovoq, oltingugurt, tillaqo‘ng‘iz, e'lon qilmoq, kamunum, obod aylamoq, olib kelmoq, sarson etmoq, tumanlararo, biryo‘la, umumxalq, bir zumda, kinonigoh, sadarayhon, o‘zibo‘larchilik, tekintomoq, ikkiyoqlama, ta'zim aylamoq, kinoyulduz, olibsotar, g‘ayrat qilmoq, kirib chiqmoq, havorang, oshpichoq, kamsuv, biokimyo, umumshahar.

4-mashq. Uyga vazifa. Matnni o‘qing. Morfologik usul bilan yasal­gan so‘zlarni topib, ularni izohlang.


VAZIR TUTISH TUZUGI
Amr qildimki, vazirlar ushbu to‘rt sifatga ega bo‘lgan kishilardan bo‘lishi lozim: birinchisi — asillik, toza nasllilik; ikkinchisi — aql-farosatlilik, uchinchisi — sipoh-u raiyat ahvolidan xabardorlik, ularga nisba- tan xushmuomalada bo‘lishlik; to‘rtinchisi — sabr-chidamlilik va tinch- liksevarlik.
Kamolotga erishgan vazir ulkim, davlat muomalalarini tartibga keltirib, mulkiy va moliyaviy ishlarni to‘g‘rilik bilan, asli-nasli tozaligini ko‘rsatib, ajoyib tarzda bajaradi. Olgulik joyidan olib, bergulik yerga beradi. Dushmanlik va jabr-zulm qilmaydi. Birovdan yomonlik axtarmaydi, aytsalar eshitmaydi...
Qaysi vazir g‘iybat gaplarni aytsa, uydirma gaplarga quloq solsa, jabr-zulm qilsa, o‘ziga yoqmagan kishilarni yo‘qotish payiga tushsa, uni vazirlikdan tushirish lozim. Nasli-yu zoti yomon, hasadchi, gina, kek saqlovchi, qora ko‘ngillik kishilarga zinhor vazirlik lavozimi berilmasin.
Aqlli, bilimdon va hushyor vazir shunday bo‘lurki, bir to‘g‘ri tadbir qo‘llab g‘anim dushmanini parokanda qilib yubora oladi, murosa-yu madora, xushmuomalalik bilan sipohni birlashtirib, dushman lashkarlarini o‘ziga rom qiladi. («Temur tuzuklari» dan)



Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling