Nazariy va amaliy dars ishlanmalari


Download 0.49 Mb.
bet60/138
Sana18.06.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1555029
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   138
Bog'liq
2020-21 Ona tili majmua 11

O`qitish shakllari

Ommaviy

O`qitish sharoitlari

Ona tiliga ixtisoslashgan maxsus xona.

Monitoring va baholash

Savol–javob, test

Amaliy mashg`ulotining texnologik xaritasi



Bosqichlar,
vaqti

Faoliyat mazmuni

O`qituvchi



Talaba


1-bosqich.
Kirish
(15 min.)



1.1. Davomatni oladi, talabalarning darsga tayyorgarligini tekshiradi.
1.2. O`quv mashg`ulotining mavzusi, maqsadi, ko`zlanayotgan natijalar va uni o`tkazish rejasini ma’lum qiladi.
1.3. Bilimlarni faollashtirish uchun oldingi mavzu bo`yicha diqqatni jalb qiluvchi savollar beradi:
1. Fonetikada nima o`rganiladi?
2. Morfologiyaning tekshirish obyekti nima?
3Gapning qanday turlarini bilasiz?

Diqqat bilan tinglaydilar, yozib oladilar va javob beradilar.



2-bosqich.
Asosiy
(65 min.)

2.1. Yangi “So’z yasash jarayonida ro’y beradigan o’zgarishlar.” mavzusini oldingi mavzu bilan bog`lagan holda tushuntirib beradi.
2.2. Ma’ruza mazmunini jamoa bo`lib muhokama qilish jarayonini tashkil etadi:
- talabalarga o`z fikrlarini bildirishlarini, qo`shimcha savollar berishni taklif qiladi;
- talabalarning savollariga javob beradi;
- o`zi savollar beradi;
2.3. 1-2-masqlar bajariladi;

Talabalar ma’ruza bo`yicha o`z tushunchalarini bayon qiladilar.
Savollar beradilar. Munozalarda ishtirok etadilar.

3-bosqich.
Yakuniy
(10 min.)

3.1. Darsga yakun yasaydi. Faol ishtirokchilarni rag`batlantiradi. Baholar e’lon qilinadi, sharhlab beriladi.
3.2. Mustaqil ish uchun vazifa beradi: Mashqlarni yechish.
Mashqlar bo`yicha tushuncha beradi.

Yangi vazifa bo`yicha tushunmaganlarini so`rab oladilar.

Topshiriq. Yumala, sayra, qayna so‘zlariga -q yoki -qi qo‘shim­chasi qo‘shilganda asosda qanday tovush o‘zgarishi sodir bo‘ladi? Shu haqda o‘ylab ko‘ring.


Turkiy, jumladan, o‘zbek tili morfologik jihatdan agglutinativ tillar qatoriga kiradi. Agglutinativ tillar quyidagi xususiyatlari bilan flektiv tillardan ajralib turadi: 1) nechta grammatik ma'no bo‘lsa, ularni ifodalovchi shuncha grammatik shakl qo‘llaniladi. Masalan, yoz-ma-say-di-m; 2) grammatik shakllarning chegarasi bir-biridan aniq ajralib turadi; 3) grammatik ma'noning ko‘payishi bilan, so‘zning grammatik shakllari ham chapdan o‘ngga qarab cho‘zilib boradi; 4) grammatik qo‘shim­chalarning qo‘shilishi asos qismning fonetik tuzilishini o‘zgartirmaydi.


O‘zbek tilida so‘z yasalish jarayonida so‘z yasash asosiga yasovchi qismning qo‘shilishi natijasida asos qismning tovush tarkibida ba'zan o‘zgarish ro‘y berishining guvohi bo‘lamiz. Ularni quyidagicha guruhlash mumkin:
1. Sust, past singari so‘zlarga -ay yasovchi vositasi qo‘shilganda, yasashga asos qismda mavjud bo‘lgan oxirgi «t» undoshi tushib qoladi. Masalan, susay, pasay kabi.
2. Qizil, sariq kabi ikki bo‘g‘inli so‘zlardan -ar, -ay yasovchi vositalari yordamida yangi so‘z yasalganda, yasashga asos qism bo‘lgan qizilning «il» qismi va sariq ning ikkinchi bo‘g‘indagi «i» unlisi tushib qoladi. Masalan, qizil+ar — qizar, sariq+ay — sarg‘ay kabi.
3. So‘ra, sayla, quvna, to‘qi, o‘qi kabi ikkinchi bo‘g‘ini «а» bilan tugagan so‘zlarga -q,-v yasovchi qo‘shimchalari qo‘shilganda, yasashga asos qism oxiridagi «а» unlisi «о» unlisiga, «i» unlisi «и» unlisiga aylanadi. Masalan, so‘ra+q — so‘roq, sayla+v — saylov, quvna+q — quvnoq, to‘qi+v — to‘quv, o‘qi+v — o‘quv kabi.
4. O‘yin, qiyin kabi ikki bo‘g‘inli so‘zlarga -a yasovchi qo‘shimchasi qo‘shilganda, yasashga asos qismning ikkinchi bo‘g‘inidagi «i» unlisi tushib qoladi. Masalan, oyin+a — o‘yna, qiyin+a — qiyna kabi.
5. Son, yosh, ong kabi so‘zlarga fe'l yasovchi -a yoki -la qo‘shimchasi qo‘shilganda, asos qismda tovush o‘zgarishi ro‘y beradi: Masalan, sana, yasha angla kabi.
Shu ko‘rsatilgan o‘zgarishlarning o‘ziyoq o‘zbek tilida ba'zi hollarda fuziya (fleksiya) elementlari ham mavjud ekanligini ko‘rsatadi.

1-mashq. Gaplarni o‘qing. Qo‘shimchalar tarkibida sodir bo‘layot­gan tovush o‘zgarishlarini belgilang.


Inson o‘z umrining hisobli ekanligini hamisha kech anglaydi. Jo‘jani kuzda sanaydilar. Gulla, yashna, mustaqil O‘zbekiston! Respublikamiz iqtisodiyoti o‘z taraqqiyotining eng qiyin bosqichlarini ortda qoldirib, bugungi kunda yangicha takomil bosqichiga chiqib oldi. Mamlakatimizda mana bir necha yildirki, saylovlar muqobillik asosida o‘tkazilmoqda. Salimjon qilgan ishidan uyalib, qizarib ketdi. Davr qiynoqlari o‘tkinchi — hali hamma narsa oldinda... Kuz kelishi bilan daraxtlarning barglari sarg‘a- yib, oltin rangini ola boshladi. Radiodan o‘ynoqi musiqa yangradi.

2-mashq. Quyidagi so‘zlarni o‘qing, ularning ichidan qaysi birlarida tovush o‘zgarishlari sodir bo‘layotganini belgilang.


Ozaymoq, ko‘paymoq, qizarmoq, bo‘zarmoq, pasaymoq, susaymoq, sayramoq, yig‘loqi, dumaloq, toshloq, pishloq, qishloq, boshla, ishla, tashla, angla, sana, jo‘na, uxla, qiyma, qiyna, gapir, chaqir, tinchi, qarmoq, yashar.

3-mashq. Uyga vazifa. «Akademik litsey o‘quvchisi qanday bo‘lishi kerak?» mavzusida yozma ish yozing. Matnda ishlatilgan so‘zlar ichidan yasama so‘zlarni aniqlang va ularga tavsif bering.





Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling