Nazariy va amaliy dars ishlanmalari


Download 0.49 Mb.
bet63/138
Sana18.06.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1555029
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   138
Bog'liq
2020-21 Ona tili majmua 11

FONETIK O`ZGARISHLAR
1.Fonetik yozuv – asos va qo’shimchalarni qanday talaffuz qilsak, shunday yozamiz.
- Tovush o’zgarishlari 3 xil ifodalanadi:
a) tovush tushishi: qiyin+a=qiyna (i); men+ni=meni(n)
b) tovush almashishi: sayla+v =saylov(o); bilak+i=bilagi(g)
c)tovush orttirilishi , bunga, shunday, unda, obro’yim, mavqeyim.
- ko’ngil, shahar, burun kabi so’zlarga egalik qo’shimchasi (-i, -im, -ing) qo’shilsa bir unli tovush tushadi.
Masalan: shah(a)r+i, ko’ng(i)l+im.
- son, ong so’zlariga –a, -la, qo’shimchasi qo’shilsa O tovush A tovushiga almashadi.
Masalan: ong+la=angla, son+a=sana
-sayla, tara, so’ra so’zlariga V va Q qo’shimchasi qo’shilsa A tovush O tovishiga almashadi.
Masalan: sayla+v=saylov, tara+q=taroq.
- bilak, tilak, qishloq, quloq so’zlariga egalik qo’shimchasi qo’shilsa k-g tovushiga va q esa g’ tovushiga almashinadi.
Masalan: bilak+i=bilagi, qishloq+im=qishlog’im.
- men sen so’zlariga –ni tushum kelishigi, -ning qaratqich kelishigi qo’shilsa, asosdagi bir tovush tushib qoladi.
Masalan: men+ni=meni, sen+ning=sening.
- u, bu, shu olmohlariga –ga, -da, -dan jo’nalish, o’rin-payt, chiqish kelishigi qo’shimchalari qo’shilsa bir undosh tovush orttiriladi.
Masalan: bu+ga=bunga, shu+ga=shunga
- qo’shma fe’llar ham qo’shib, ham ajratib yoziladi va qo’shilganda bir unli tovuush tushib qoladi.
Masalan:yoza+ber=yozaver, yoza+oladi=yozoladi, chiza+oladi=chizoladi.
- fe’l nisbati qo’shimchalari ham fonetki yozuv qoidasi bo’yicha yoziladi.
Masalan: osdir, kesdir.
1-mashq. Gaplarni fonetik, morfologik va so‘z tarkibi bo‘yicha og‘zaki tahlil qiling.
Bizni ona yanglig‘ oq yuvib, oq taragan Vatanni sevmoq bu muqaddas burchdir. (M. A. Sholoxov) Vatandan tashqarida baxt yo‘q, har kim jonajon yerida ildiz otsin. (I. S. Тurgenev) Bizga ota-onalar, bolalar, xesh-u aqrabolar qimmatlidir, lekin muhabbat bobidagi barcha tasavvurlarimiz «Vatan» otli so‘zda mujassamlashgan. Vatanga nafi tekkudek bo‘lsa, axir, qaysi vijdonli odam uning uchun jon bermoqqa ikkilanar ekan. (Siseron)
2-mashq. O‘qing. Fonetik o`zgarishlarni toping..
1. Bir narsaga so‘z berdingmi, uni, albatta, bajar. So‘zda turish imon alomatidir. Buni yaxshi bilib ol. 2. Yolg‘onchining muruvvati bo‘lmaydi. U har insonga zahar sochadi. Yolg‘onchiga ishonma, so‘ziga aldanma. 3. Biror narsa haqida faqat imonlilar bilan maslahatlash. Bu maslahat seni faqat yaxshilikka erishtiradi. 4. Intiqom olgan yaxshi odam emas. Yaxshi odam intiqom olmaydi. 5. Qadringni bilganing sayin imonli bo‘lasan, qadringni bilmasang, sharmanda bo‘lasan. 6. Dunyoda vaqt juda qimmatlidir. Vaqtning qadrini bil. Ne yoziqki, ko‘p odamlar buning qadriga yetmaydilar. 7. Ishlagan kishi vaqt qiymatini, dangasalar esa vaqtlarining qiymatini bilmaydilar, o‘zlarini yomonliklardan qutqara olmaydilar. 8. Xayrli ishni niyat qilgan vaqtingda uning mevasiga shoshilma, toki hoy-u havasning shaytoni seni yengmasin. (M. Kamol)



Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling