so’zlar tuzilishiga ko’ra 4 turga bo’linadi:
1. Sodda so’zlar
2. Qo’shma so’zlar
3. Juft so’zlar
4. Takroriy so’zlar
1. Sodda so’zlar – bir asosdan iborat so’zlardir.
a) sodda tub – tarkibida so’z yasovchi qo’shimcha bo’lmagan so’zlar.
Masalan: kitob+lar, kitob+ni, ko’k+roq, oq+ish.
b) sodda yasama – tarkibida so’z yasovchi qo’shimchasi bo’lgan so’zlar.
Masalan: mardlarcha, oqil-ona, aql-li, sayla-v.
2. Qo’shma so’zlar ikki va undan ortiq asosdan iborat bo’lgan so’zlardir.
Masalan: ko’ksulton, mehnatsevar, sheryurak,O’rta Osiyo, oshko’k.
3. Juft so’zlar bir-biriga yaqin ma’noli va zid ma’noli so’zlardir. Ular doim chiziqcha bilan yoziladi. Agar ular orasida -u, -yu yuklamalari kelsa, chiziqcha yuklamadan oldin yoziladi.
Masalan: tun-u kun, kecha-yu kunduz.
Juft so’zlar 3 xil ifodalanadi:
• Sinonim ma’noli: or-nomus, baxt-saodat.
• Zid ma’noli: oq-qora, baland-past.
• Yaqin ma’noli: uy-joy, ur-yiqit.
Juft so’z qismlari quyidagicha bo’lishi mumkin:
- ikkala qismi mustaqil qo’llanadigan asosdan iborat bo’lgan so’zlar.
Masalan: yer-osmon.
- ikkala qismi mustaqil qo’llanmaydigan asosdan iborat bo’lgan so’zlar.
Masalan: poyintar-soyintar (o’yin nomi), adi-badi (janjal), alg’ov-dalg’ov (tartibsiz).
-bir qismi mustaqil qo’llanadigan asosdan iborat so’zlar.
Masalan: kiyim-kechak, qo’ni-qo’shni.
Juft so’zlar yangi ma’no ifodalashi mumkin.
Masalan: uzoq-yaqin(hamma yoqdan), achchiq-chuchuk (turli xil), katta-kichik (barcha).
Juft so’zlarda ma’no umumlashadi va kengayadi hamda butun - qism munosabatini ifodalaydi.
Masalan:
Qozon-tavoq
Idish tavoq
|
Ma’no umumlashdi
|
Qovun-tarvuz (Ma’no kengaydi)
4. Takroriy so’zlar – bir asosning aynan takrorlanishidan yoki tovush o’zgarishi asosida takrorlanishidan takroriy so’zlar hosil qilinadi. Takroriy so’zlar chiziqcha bilan yoziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |