Nazariya va amaliyotda korporativ boshqaruv


IX. Axborotlarni audit va moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlari asosida e’lon qilish


Download 1.79 Mb.
bet29/122
Sana24.12.2022
Hajmi1.79 Mb.
#1050671
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   122
Bog'liq
Маруза матн НАЗАРИЯ ВА АМАЛИЁТДА КБ 2021 (талаба учун)

IX. Axborotlarni audit va moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlari asosida e’lon qilish. Kuzatuv kengashi yillik moliyaviy hisobotlarni Xalqaro moliyaviy hisobot standartlariga (keyingi matnlarda XMHS deb yuritiladi) muvofiq tarzda e’lon qilishga o‘tish bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlarni muvofiqlashtiradi.
X. Kodeks tavsiyalarini joriy etish monitoring. Kodeks tavsiyalarini joriy etish monitoringini amalga oshirish uchun AJ korporativ boshqaruv tizimini baholashni o‘tkazadi, bu ishni amalga oshirish uchun mustaqil tashkilotni jalb qilish tavsiya etiladi. AJda korporativ boshqaruv tizimini mustaqil baholash yiliga kamida bir marta o‘tkaziladi.
XI. Yakuniy qoidalar. Kodeks tavsiyalariga rioya qilmaslik davlat organlari tomonidan chora qo‘llanishga olib kelmaydi. Akstiyadorlarning umumiy yig‘ilishi AJ mansabdor shaxslariga Kodeks tavsiyalariga rioya etmaganlik yoki Kodeksda nazarda tutilgan axborotlarni oshkor etmaganlik uchun javobgarlik chorasini o‘rnatishga haqli. AJda Kodeks tavsiyalarini joriy etish yuzasidan nazorat qilishni Kuzatuv kengashi amalga oshiradi.
Barcha aksiyadorlik jamiyatlarida Korporativ boshqaruv kodeksining qoidalari va tamoyillari ustidan nazorat O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 31-martdagi PQ-2327-sonli qarori bilan tashkil etilgan Aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatining samaradorligini oshirish va korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish komissiyasi tomonidan yil davomida amalga oshiriladi hamda aksiyadorlik jamiyatlari faoliyati samaradorligini baholash bo‘yicha kompleks tahlil va aniq takliflar har bir moliyaviy yil yakunlari yuzasidan Vazirlar Mahkamasi yig‘ilishlari muhokamasiga kiritiladi.


Nazorat savollari

  1. Korporativ boshqaruvning institutsional asoslarini nimalar tashkil qiladi?

  2. Aksiyadorlarning huquqlari deganda qanday huquq tushuniladi?

  3. Korporativ huquq qanday belgilarga ega?

  4. Korporativ boshqaruvda me’yoriy hujjatlarga qanday talablarga javob berishi shart?

  5. Korporativ boshqaruv standartlariga misol keltiring.

  6. Korporativ boshqaruv (xulq) kodeksiga qanday talablar qo‘yiladi?

  7. O‘zbekistonda “Korporativ boshqaruv kodeksi” qanday tarkibiy qismlarga ega?

  8. Aksiyadorlik jamiyatlariga “Korporativ boshqaruv kodeksi”ni tayyorlash va joriy etish bo‘yicha qanday chora-tadbirlarni amalga oshirish tavsiya etiladi?


Download 1.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling