Nazariya va amaliyotda korporativ boshqaruv


–mavzu. AKSIYADORLIK JAMIYATINI TASHKIL ETISH


Download 1.79 Mb.
bet30/122
Sana24.12.2022
Hajmi1.79 Mb.
#1050671
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   122
Bog'liq
Маруза матн НАЗАРИЯ ВА АМАЛИЁТДА КБ 2021 (талаба учун)

6 –mavzu. AKSIYADORLIK JAMIYATINI TASHKIL ETISH


Reja:

    1. “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunning maqsadi va umumiy qoidalari.

    2. Aksiyadorlik jamiyatini tashkil etish.

    3. Jamiyatning ustav fondi (ustav kapitali), aksiyalari, obligatsiyalari, boshqa qimmatli qog‘ozlari va sof aktivlari.

    4. Jamiyatning aksiyalarini va boshqa qimmatli qog‘ozlarini joylashtirish hamda olish

    5. Jamiyat aksiyadorlarining reestri va aksiyalarni saqlash.



6.1. “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida” gi Qonunning maqsadi va umumiy qoidalari18
Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida” gi Qonuni 1996 yil 26 aprelda qabul qilinib, 2019 yil 20 martda ayrim o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritilib yangi tahrirlandi. Ushbu Qonunning maqsadi aksiyadorlik jamiyatlarining tashkil etilishi, faoliyati, qayta tashkil etilishi va tugatilishi hamda aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat bo‘lib, mazkur hujjat asosida jamiyatlarda korporativ boshqaruv faoliyati takomillashtirildi.
Aksiyadorlik jamiyati deb ustav fondi (ustav kapitali) aksiyadorlarning aksiyadorlik jamiyatiga nisbatan huquqlarini tasdiqlovchi muayyan miqdordagi aksiyalarga taqsimlangan tijorat tashkilotiga aytiladi. Mazkur jamiyat yuridik shaxs bo‘lib, u o‘z mustaqil balansida hisobga olinadigan alohida mol-mulkka, shu jumladan o‘zining ustav fondiga (ustav kapitaliga) berilgan mol-mulkka ega bo‘ladi, o‘z nomidan mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlarni olishi hamda amalga oshirishi, zimmasiga majburiyatlar olishi, sudda da’vogar va javobgar bo‘lishi mumkin. Jamiyat davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan e’tiboran yuridik shaxs maqomiga ega bo‘ladi. Agar jamiyatning ustavida faoliyatning muddati belgilanmagan bo‘lsa, cheklanmagan muddatga tuziladi.
Jamiyat o‘z majburiyatlari yuzasidan o‘ziga tegishli barcha mol-mulk bilan javobgar bo‘ladi. Aksiyadorlar jamiyatning faoliyati bilan bog‘liq zararlarning o‘rnini o‘zlariga tegishli aksiyalar qiymati doirasida qoplash tavakkalchiligini o‘z zimmasiga oladi.
Jamiyat o‘zi chiqarayotgan aksiyalarga ularni ommaviy joylashtirish yo‘li bilan qonun hujjatlari talablarini hisobga olgan holda ochiq obuna o‘tkazishga haqli. Jamiyat o‘zi chiqarayotgan aksiyalarga ularni xususiy joylashtirish yo‘li bilan yopiq obuna o‘tkazishga haqli, yopiq obuna o‘tkazish imkoniyati qonun hujjatlarida va jamiyat ustavida cheklab qo‘yilgan hollar bundan mustasno. Aksiyadorlar o‘zlariga tegishli aksiyalarni boshqa aksiyadorlarning va jamiyatning roziligisiz o‘zga shaxsga berishga haqli. Aksiyalarning haqini to‘liq to‘lamagan aksiyadorlar jamiyatning majburiyatlari yuzasidan o‘zlariga tegishli aksiyalar qiymatining to‘lanmagan qismi doirasida solidar javobgar bo‘ladi. O‘z aksiyalarini sotayotgan aksiyador aksiyalarini sotish niyati to‘g‘risida boshqa aksiyadorlarni aksiyalarning narxini va uchinchi shaxsga taklif etish shartlarini ko‘rsatgan holda to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoxud jamiyat orqali yozma shaklda xabardor qilishi shart.
Aksiyadorlar sotayotgan aksiyalarni olishga doir imtiyozli huquqni amalga oshirish tartibi va muddatlari jamiyat ustavida belgilanadi, bunda imtiyozli huquqdan foydalanish muddati aksiyalar sotuvga qo‘yilgan paytdan e’tiboran o‘n kundan kam va o‘ttiz kundan ko‘p bo‘lishi mumkin emas.
Aksiyador tomonidan o‘ziga tegishli aksiyalar imtiyozli huquq buzilgan holda sotilgan taqdirda, jamiyatning istalgan aksiyadori va (yoki) jamiyat bunday qoidabuzarlik to‘g‘risida aksiyador yoki jamiyat bilgan yoxud bilishi lozim bo‘lgan paytdan e’tiboran uch oy ichida o‘ziga sotib oluvchining huquq va majburiyatlari o‘tkazilishini sud tartibida talab qilish huquqiga ega. Aksiyalarni olishga bo‘lgan ushbu imtiyozli huquqdan boshqa shaxs foydasiga voz kechishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Download 1.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling