Nazariya va amaliyotda korporativ boshqaruv
O‘zbekistonda korporativ boshqaruv amaliyotining rivojlanish bosqichlari
Download 1.79 Mb.
|
Маруза матн НАЗАРИЯ ВА АМАЛИЁТДА КБ 2021 (талаба учун)
9.2.O‘zbekistonda korporativ boshqaruv amaliyotining rivojlanish bosqichlari
O‘zbekistonda korporativ boshqaruvnshg ilk munosabatlari mustaqillikning dastlabki yillaridayoq iqtisodiyotda tarkibiy o‘zgarishlarning amalga oshirilishi, turli mulkchilik va xo‘jalik yuritish shakllariga asoslangan korxona va birlashmalariing paydo bo‘lishi, ulardagi boshqaruv mexanizmlarinikg takomillashtirilishi orqali shakllana boshladi. Natijada davlat korxonalari o‘rnida ma’suliyati cheklangan jamiyatlar, sho‘ba korxonalari, aksiyadorlik jamiyatlari, qo‘shma korxonalar, xo‘jalik uyushmalari, xolding kompaniyalar tashkil topdi. Bu jarayonda xususiylashtirish natijasida tashkil etilgan aksiyadorlik jamiyatlari faoliyati va ulardagi korporativ munosabatlarning rivojlanishi bilan bog‘liq amaliyotga alohida to‘xtalib o‘tish joiz. Chunki mamlakatimizda aksiyadorlik jamiyatlarining yalpi ichki mahsulotga qo‘shayotgan ulushi yildan-yilga sezilarli darajada ortib bormoqda. O‘zbekistonda korxonalar faoliyatiga korporativ boshqaruv tamoyillarini joriy etish bilan bog‘liq amaliyot iqtisodiy islohotlarining amalga oshirilishi, korxonalarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish davridan shakllana boshladi. Bu qisqa davr ichida davlat mulkchiligi monopoliyasini tugatish natijasida xususiy mulkchilikning iqtisodiy munosabatlarning belgilovchi milliy tizim shakllandi, mulkdorlar sinfining shakllanishi uchun shart-sharoit yaratildi. Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonlari orqali aksiyadorlik jamiyatlarining tashkil etilishi hamda rivojlantirilishi korporativ boshqaruv tizimi asosida yaratildi. Natijada aksiyadorlik jamiyatlarida korporativ boshqaruv tamoyillarini qo‘llash, bunday boshqaruv mexanizmlarini rivojlantirish hamda mulk huquqini taqsimlash borasidagi munosabatlar paydo bo‘ldi. O‘zbekistonda korporativ boshqaruv amaliyotining rivojlanish bosqichlari mazmun-mohiyati hamda institutsional asoslariga ko‘ra bir nechta bosqichni o‘z ichiga oladi. Jumladan, dastlabki bosqich 1990-yillarga to‘g‘ri keladi. Bu davrda davlat mulkini xususiylashtirish bilan bog‘liq turli yondashuvlar o‘rganildi va O‘zbekiston sharoitiga to‘g‘ri keladigan xususiylashtirish yo‘llari ishlab chiqildi. Mulkiy munosabatlarning huquqiy asoslari shakllantirildi. Jumladan, “Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni29 qabul qilindi. Jamiyatda mulkchilik munosabatlarini shakllantirish jarayonlari boshlandi. Iqtisodiyotning ma’lum tarmoqlarini rivojlantirishga qaratilgan, daromad olish maqsadidagi turli sohadagi kasb egalarining manfaatlari yuzaga keldi. Bu esa respublikamizda ilk korporativ munosabatlarning shakllanishiga asos bo‘ldi. Ikkinchi bosqich 1993-1997 yillarni o‘z ichiga olib, bu davrda iqtisodiy islohotlarning asosiy yo‘nalishi mulkiy munosabatlarni isloh etishga qaratildi. Iqtisodiyotning turli tarmoq va sohalarida dastlabki aksiyadorlik jamiyatlari paydo bo‘ldi. Ko‘p ukladli iqtisodiyog shakllana boshladi. Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish natijasida tashkiliy-huquqiy jihatdan turli nodavlat xo‘jalik subyektlari, jumladan, chet el sarmoyasi ishtirokidagi korxonalar barpo etildi. Alohida jismoniy shaxslar hamda ularning guruhlari yoki huquqiy maqomga ega bo‘lgan shaxslar tomonidan bunday korxonalarga egalik qilish imkoniyatlari shakllandi. O‘zbekiston Respublikasining “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoyalash to‘g‘risida"’gi Qonuni30 qabul qilindi. SHuningdek, iqtisodiy jihatdan nochor to‘lov qobiliyati pasaygan, aylanma mablag‘lari etishmaydigan korxonalarni yangi ilg‘or texnologiyalar bilan qayta jihozlash uchun aksiya paketlarinn yirik investorlarga sotish orqali yangi moliyaviy resurslarni jalb etish siyosati amalga oshirildi. Uchinchi bosqich 1998-2002 yillarga to‘g‘ri keldi. Aynan shu davrda O‘zbekistonda korporativ boshqaruv tizimining to‘laqonli shakllanishi hal qiluvchi bosqichga kirdi. Iqtisodiyotning o‘zak tarmoqlarida keng qamrovli tarkibiy islohotlar va monopoliyadan chiqarish tadbirlari amalga oshirildi. Bu jarayonlar iqtisodiyotda davlat monopoliyasiga barham berish va xususiy mulkchilikning shakllanishiga zamin yaratdi. Qimmatli qog‘ozlar bozori tashkil topdi. SHu bilan birga ushbu davrda qator qonunlar qabul qilindi. Jumladan, 1998-yil 20-mayda qabul qilingan “CHet el investitsiyalari to‘g‘risida”gi, 1998-yil 21-mayda “CHet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish choralari to‘g‘risida”gi hamda 1999-yil 12-yanvardagi “Investitsiya faoliyati to‘g‘risida”gi qonunlarni misol keltirishimiz mumkin. To‘rtinchi bosqich Korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish jarayonlari bilan bog‘liq bo‘lib 2003-2007 yillarni qamrab oladi. Bu bosqichda respublikamizda korporativ boshqaruv to‘g‘risida yondashuvlar paydo bo‘ldi. Mulkdorlar sinfining shakllanishi hisobiga iqtisodiyotda korporativ tuzilmalarning ahamiyati oshdi. Aksiyadorlik jamiyatlarida korporativ boshqaruvni joriy etish va samaradorligini oshirish bilan bog‘liq ilmiy-tadqiqot ishlari ko‘lami sezilarli ortdi. Xususiylashtirish jarayonlarining ijobiy sur’atlarda borishi mamlakatda xususiy mulkdorlar sinfining o‘sishiga omil bo‘ldi. Natijada milliy iqtisodiyotda chuqur institutsional o‘zgarishlarni amalga oshirish hisobiga moliyaviy resurslar salmog‘i kengaytirishga imkon yaratildi. Beshinchi bosqich 2008-2010 yillarni o‘z ichiga olib, bu davr qisqa bo‘lishiga qaramay milliy iqtisodiyotning o‘sishida, ichki imkoniyatlardan samarali foydalanishda keskin burilish yasadi. CHunki bu davrda yuz bergan jaxon moliyaviy-iqtisodiy inkirozi, uning salbiy oqibatlari va uning O‘zbekiston iqtisodiyotiga ta’sirining oldini olish va yumshatishga asos bo‘luvchi omillar mamlakatimiz Prezidenti tomonidan ta’kidlab o‘tildi hamda ularni hal etish yo‘llari ko‘rsatib berildi. Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasida demokratik bozor islohotlari va iqtisodiyotni liberallashtirishni yanada chuqurlashtirish yo‘nalishida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar sifatida mulkdorlar sinfini shakllantirishga alohida e’tibor qaratildi. Natijada aksiyadorlik jamiyatlarida korporativ boshqaruv tizimi samaradorligini oshirish borasida mahallii va xorijiy investorlar uchun imtiyozlar berish tizimi shakllantirildi. Oltinchi bosqich 2011-2014 yillarni qamrab oldi. Bu davr mamlakatimizda faoliyag ko‘rsatayotgan aksiyadorlik jamiyatlarida korporativ boshqaruv tamoyillarini joriy etish, davlat ulushi mavjud aksiyadorlik jamiyatlarida korporativ boshqaruv mexanizmlarini takomillashtirish borasida yangi davrni boshlab berdi. Iqtisodiy sharoitlarning o‘zgarishi va xalqaro tajribalardan kelib chiqqan holda aksiyadorlik jamiyatlarida korporativ boshqaruv bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solish, muvofiqlashtirish bo‘yicha mavjud huquqiy asoslar takomillashtirildi. Qimmatli kog‘ozlar bozorini rivojlantirish uchun me’yoriy-huquqiy asoslar yaratildi. Natijada 2012-yil 6-yanvarda O‘zbekiston Respublikasining “Raqobat to‘g‘risida”gi, 2014-yil 6-mayda “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi yangi tahrirdagi qonunlar qabul qilindi. Ettinchi bosqich 2015-yildan keyingi davrni o‘z ichiga oladi. Bu bosqichda mamlakatimizning ustuvor tarmoq va sohalarida korporativ boshqaruv samaradorligini oshirish mezonlari ishlab chiqildi. Korporativ boshqaruvning xorijiy uslubiyotiga asoslangan tajribalari chuqur o‘rganildi. Ishlab chiqarish, tashqi iqtisodiy va investitsiya jarayonlariga zamonaviy xalqaro korporativ menejment standartlari tatbiq etilmoqda. Xulosa sifatida shuni ta’kidlashimiz lozimki, mamlakatimizda xususiy mulkchilik sohasidagi islohotlar natijasida iqtisodiy jihatdan savodxon, xo‘jalik yuritish san’atiga eta bo‘lgan mulkdorlar sinfi shakllandi. Korporativ boshqaruv samaradorligini yanada oshirish borasida yirik korxonalarni xususiylashtirish jarayoniga mulkdorlar sinfini jalb etildi. Buning natijasi O‘zbekistonni dunyodagi eng ilg‘or, iqtisodiy jihatdan yuksak darajada rivojlangan mamlakatlar qatoridan munosib o‘rin egallashida koʻmak beradi. Download 1.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling