Nazariya va amaliyotda korporativ boshqaruv
Imtiyozli aksiya hisobiga shakllangan xususiy kapital bahosi
Download 1.79 Mb.
|
Маруза матн НАЗАРИЯ ВА АМАЛИЁТДА КБ 2021 (талаба учун)
Imtiyozli aksiya hisobiga shakllangan xususiy kapital bahosi deb bir birlik kapitaldan foydalanganlik uchun to‘lanayotgan dividend summasiga aytiladi. Ma’lumki, imtiyozli aksiya uchun qat’iy foizlarda har yillik o‘zgarmas miqdorda dividendlar to‘lanadi. SHuning uchun ushbu aksiya hisobiga shakllangan xususiy kapital bahosi kuyidagi formula asosida aniqlanadi:
Oddiy aksiya hisobiga shakllangan xususiy kapital bahosi ham bir birlik kapitaldan foydalanganlik uchun to‘lanayotgan dividend summasiga aytiladi. Ammo oddiy aksiya bo‘yicha dividend summasining miqdori imtiyozli aksiyaniki kabi qat’iy miqdorda bo‘lmaydi, ya’ni bunda dividend summasi korxonaning yillik sof foydasi miqdoridan kelib chiqib belgilanadi. Korxonaning yil oxirida qancha miqdorda sof foydaga erishipshni oldindan 100% aniq bilib bo‘lmaganligi sababli oddiy aksiya bo‘yicha to‘lanadigan dividend miqdorini ham aniq bilib bo‘lmaydi. SHuning uchun ham bugungi kunda oddiy aksiya bo‘yicha xususiy kapitalning bahosini aniqlashning bir qancha modellari mavjud. Birinchi model dividendlarning o‘zgarmas modeli bo‘lib hisoblanadi. Xususan, oddiy aksiya bo‘yicha har yillik dividend miqdori (Do, D1, D2, …….,Dn) bir xil bo‘ladi deb qabul qilinadi va Do= D1= D2 =…….= Dn = const (o‘zgarmas) bo‘ladi. Bunday holda oddiy aksiya bo‘yicha xususiy kapital bahosi imtiyozli aksiya bo‘yicha xususiy kapital bahosi kabi quyidagi formula asosida aniqlanadi:
Ikkinchi model dividendlarning bir xil miqdorda o‘sish modeli bo‘lib hisoblanadi. Ushbu modelda oddiy aksiya bo‘yicha har yillik dividend miqdori bir xil g miqdorda o‘sib boradi deb qabul qilinadi va bo‘ladi. Bunday holda oddiy aksiya bo‘yicha xususiy kapital bahosi quyidagicha aniqlanadi:
Uchinchi model kapital aktivlarni baholash modeli (SARM (Sapital Asset Rricing Mode1)) bo‘lib hisoblanadi. Ushbu model asosan investorlar aktivlarini moliya bozoridan aksiyalar sotib olishga yo‘naltirganda uning aksiyalar bo‘yicha kutilayotgan daromadlilikni baholashda foydalaniladi. Bunda ushbu model bir tomondan aksiya bo‘yicha daromadlilikni ifodalasa, boshqa tomondan kapital bahosini ifodalaydi va quyidagi formula asosida aniqlanadi:
SHuni aytish lozimki, agarda >1 bo‘lganda korxona kapital bahosining kelayotgan davrda oshishi kutiladi, agarda =1 bo‘lganda korxonaning kapital bahosi kelayotgan davrda joriy davrdagi kabi o‘zgarishsiz qoladi, agarda <1 bo‘lsa korxona kapitali bahosi joriy davrdagiga qaraganda kamayishi kutiladi. Kompaniya qiymatini boshqarishda qarz kapitalini ham hisobga olish zarurdir. CHunki korxonalarda bir birlik qarz kapitalidan foydalanganlik uchun amalga oshiriladigan xarajatlarni aniqlash muhim ahamiyat kasb etadi. Buni qarz kapitali bahosida ko‘rishimiz mumkin va bu quyidagi formula asosida aniqlanadi: (11.3.6)44 bu yerda: QKB – qarz kapitali bahosi; XMqk – qarz kapitalidan foydalanganlik uchun xarajatlar miqdori; QKM – qarz kapitali miqdori; XMqo – qarz kapitali miqdori; FS – foyda soliq stavkasi. Qarz kapitali bahosini aniqlashda foyda solig‘i stavkasining ta’sirini hisobga olishning mazmuni shundan iboratki, qarz kapitali bo‘yicha hisoblanadigan foiz summasi foyda solig‘i bazasini kamaytiradi va bu o‘z navbatida, korxona zimmasiga tushayotgan soliq yuki darajasini pasaytiradi. SHunday ekan, korxona aynan qarz kapitalidan foydalanganligi uchun foyda solig‘i bazasi foizlar summasi miqdorida kamaytiriladi va buning natijasida qarz kapitali bahosi ham soliq stavkasi miqdorida kamaytiriladi. Demak, foyda solig‘i stavkasining miqdori qarz kapitali bahosining o‘sishiga ega. SHu sababli ham xorijiy iqtisodchi olimlar tomonidan qarz kapitali xususiy kapitalga nisbatan arzon tushadi degan fikrlar yuritiladi. SHu o‘rinda aytish joizki, qarz kapitalining xususiy kapitalga arzon tushishi qarz kapitalining moliyaviy richag samaradorligiga ham bog‘liqdir. Korxonalar faoliyatida turli shakldagi qarz mablag‘lari shakllanishi mumkin, bunda har bir shakldagi qarz kapitalining bahosi ham turlicha bo‘lishi mumkin. Masalan, kreditorlik qarzlari hisobidan shakllangan kapitalning bahosi pastroq bo‘ladi, ya’ni, korxona faoliyati uchun eng arzon mablag‘lar bo‘lib hisoblanadi. Korxonalarda shakllangan umumiy kapitalning bahosini aniqlashda yuqorida ta’kidlab o‘tganimizdek WACC (kapital bahosining o‘rtacha solishtirma qiymati)dan foydalanamiz. WACC miqdori quyidagi formula asosida aniqlanadi:
Kapital bahosining o‘rtacha solishtirma qiymati (WACC) korxonalarda umumiy kapitalning bir birligidan foydalanish uchun sarflanadigan xarajatlar miqdorini o‘zida aks ettiradi. Demak, korxona moliyaviy menejerining oldidagi asosiy vazifalardan biri kapital bahosini minimallashtirish bo‘lib hisoblanadi. Kapital bahosi qancha past bo‘lsa korxonaning kelgusi rivoji uchun shuncha ijobiy ahamiyatga ega. Kompaniya qiymatini boshqarishda yuqoridagi sanab o‘tilgan ko‘rsatkichlar asosida amalga oshirish samaralidir. Xususiy kapitalning bahosi korxona qiymatida katta rol o‘ynaydi. Korxonaning kelgusidagi rivoji uchun umumiy rentabellikni WACC miqdoridan oshirish kerak. Aks holda korxonaning moliyaviy holati tang ahvolda qoladi. CHunki kapitalning bahosi kompaniyaning xususiy kapital bahosidan oshib ketishi korxonaning qiymatini pasaytiradi. Rahbariyat va aksionerlar korxona biznesining xususiyatlarini va aniq hohish-istaklarini hisobga olish zarur. Korxona rahbariyati doimo korxonaning barcha jarayonlari bo‘yicha axborotga ega bo‘lishi shartdir. Ushbu axborotning ma’lumotlarida moliyaviy samara (effekt), biznes qiymatini ko‘tarish uchun bir necha xilda variantlardagi tadbirlar, xarajatlar, tavakkalchilik (risk)lar keltirilishi kerak. Aniq chora-tadbirlar, amalga oshirish muddatlari, mas’ul shaxslar, moliyaviy xarajatlar prognozi va nazorat instrumentlari ko‘rsatilgan rejalarni dastur ko‘rinishida yaratish. Barcha ishlarning monitoring tizimini tashkil etish va amalga oshirish yo‘llarini shakllantirish. Demak, kompaniya qiymatini oshirishda xususiy kapitalning bahosini, dividendlarni hisob-kitobini, kapital aktivlarning investitsiyalangan qismini ham daromadlilik darajasining hisob-kitobini amalga oshirish ham zarurdir. Kompaniya qiymatini oshirishda korporativ maslahatchi, moliyaviy direktor yoki moliyaviy injener mas’ul bo‘lishi, ular kompaniya qiymatini oshirish uchun kerakli va oshkor qilish mumkin bo‘lgan axborotlarni tayyorlab qo‘yishi, fond bozorini doimo kuzatib borishi zarurdir. 1> Download 1.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling