Nazariya va amaliyotda korporativ boshqaruv
Download 1.79 Mb.
|
Маруза матн НАЗАРИЯ ВА АМАЛИЁТДА КБ 2021 (талаба учун)
- Bu sahifa navigatsiya:
- XVI BOB. O‘ZBEKISTONDA KORPORATIV SEKTORGA INVESTITSIYALARNI JALB ETISH 16.1. Investitsiya resurslarni rag‘batlantirishda
Nazorat savollari
Operatsion va nooperatsion aktivlar deb qanday aktivlarga aytiladi? Kompaniya qiymatini aniqlashda qanday ko‘rsatkichlardan foydalaniladi? Kompaninyaning aksiyasinin bozor qiymatini hisoblash qanday amalga oshiriladi? Kompaniya qiymatini boshqarishda baholovchi yo‘naltirilgan menejmentda qanday ko‘rsatkichlardan foydalaniladi? Kompaniya qiymatiga qanday omillar ta’sir ko‘rsatadi va ularni izohlab bering? Korporativ boshqaruvda qanday samarali menejent strategiyalarni bilasiz va ularning afzalliklarini sanab o‘ting? Kapital baho va xususiy kapital bahosi qanday formula asosida aniqlanadi? Kompaniya qiymatini boshqarish etaplarini sanab o‘ting. XVI BOB. O‘ZBEKISTONDA KORPORATIV SEKTORGA INVESTITSIYALARNI JALB ETISH 16.1. Investitsiya resurslarni rag‘batlantirishda korporativ menejment Investitsiya faoliyatining eng muhim elementi “investitsiya” bo‘lib, investitsiya daromad yoki foyda olish maqsadida kapital (investitsiya) egasi mablag‘ni muayya muddatga tadbirkorlik va boshqa faoliyat turlariga yo‘naltirilishidir. SHuni aytish lozimki, dunyo hamjamiyatining hozirgi taraqqiyot bosqichida birorta ham mamlakat investitsiyalarsiz ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotga erisha olmaydi. Investitsiyalar yordamida quyidagi vazifalarni echish mumkin: Birinchidan, ichki bozorda talabgor bo‘lgan import tovarlar o‘rnini bosuvchi mahsulotlarni ishlab chiqaradigan yangi korxonalarni qurish, uning asosida yangi ish o‘rinlarini yaratish imkoniyatini beradi. Ikkinchidan, mamlakatda faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar ishlab chiqarishini kengaytirish va istiqbolli rivojlanishini ta’min etuvchi omil – milliy korxonalarning xususiy kapital hajmini to‘ldiradi. Uchinchidan, milliy iqtisodiyotga texnologik yangilanish amalga oshadi va milliy sanoat ishlab chiqarishiga yangi texnika hamda zamonaviy uskunalar o‘rnatiladi va natijada jahon bozorida raqobatlasha oladigan milliy mahsulotlarni ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi. To‘rtinchidan, milliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan kredit mablahlari hisobidan istiqbolli loyihalarni amalga oshirish imkoni yaratiladi. Beshinchidan, milliy iqtisodiyotning jahon iqtisodiyotiga integrallashuvi amalga oshadi. Demak, investitsiyalar, makro-mikro darajalarida iqtisodiy o‘sishni ta’min etuvchi muhim omil bo‘lib, milliy ishlab chiqaruvchi subyektlar ularni jalb etish uchun qonun doirasida samarali hatti-harakatlarni amalga oshirish kerak. Bunda mahalliy korxonalar korxonaning iqtisodiy faoliyatiga investitsiyalarni jalb etish uchun korxona miqyosida quyidagi ishlarni bajarishlari kerak: Korxonada puxta ishlab chiqilgan va istiqbolga ega bo‘lgan biznes-rejaga ega bo‘lishlari lozim. Investorlar hamma vaqt ularning qo‘yilmalari kelajakda foyda keltirishini bilishga intiladilar. Investorlar faqat o‘zlari ishonch qozongan korxonalarga investitsiya loyihalarini moliyalashtiradilar. Investorlar shaffof va ochiq faoliyat yuritayotgan korxonalarga qiziqadi. SHuning uchun korxonalar buxgalteriya hisob hujjatlaridagi axborotlarning shaffofligi va oshkoraligi investorlarning talab darajasida bo‘lishi kerak. O‘zbekiston Respublikasining investitsiya imiji va investitsion jozibadorligini yanada yaxshilash, mamlakatning investitsion salohiyatidan xabardorlik oshirish, shuningdek, xorijiy investorlar bilan ishlashni takomillashtirish va ularga ko‘rsatiladigan xizmatlar sifatini yaxshilash maqsadida46 Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 2 iyulda 547-sonli Qarori qabul qilindi. Ushbu qaror bo‘yicha O‘zbekiston xorijiy investitsiyalarni jalb etishni faollashtirish bo‘yicha bir qator chora-tadbirlarni amalga oshirish belgilandi. Binobarin, ushbu chora-tadbirlar quyidagilarni tashkil etadi: O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzurida Xorijiy investorlarga ko‘maklashish guruhi tashkil etiladi. Ushbu qaror asosida xorijiy investorlarga ko‘maklashish ishlari Toshkent shahar xalqaro aeroportida kechayu-kunduz amalga oshirilishi kabi qulaylik yo‘lga qo‘yildi. Korporativ boshqaruvda xorijiy investitsiyalar portfeli korxonaning diversifikatsiyasi va daromadlilik darajasini ta’minlash maqsadida aksiyalar va boshqa qimmatli qog‘ozlarga yo‘naltiriladi. Korxona miqyosidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar - bu chet el investorlari tomonidan korxona faoliyatiga kiritiladigan moliyaviy, moddiy va nomoddiy ne’matlar va ularga doir huquqlar bo‘lib, ular foyda olish yoki uzoq muddatli manfaat ko‘rish maqsadini o‘zida aks ettiruvchi xalqaro investitsiya kategoriyasidir. Ustav fondidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarning minimal ko‘rsatkichi turli mamlakatlarda turlicha belgilangan bo‘lib, shu jumladan, Rossiya Federatsiyasida 10 foiz, O‘zbekistonda esa 30 foiz darajasida o‘rnatilgan. Bunday farqlarning mavjudligi xorijiy investorlar tomonidan korxona faoliyatini boshqarish yoki ushbu jarayonga ta’sir ko‘rsatish imkoniyati turli mamlakatlarda turli qonunlar va korporativ boshqaruv amaliyoti bilan bog‘liqligini anglatadi. Xorijiy investitsiyalar alohida korxonalar faoliyati uchun ishlab chiqarish va kapital samaradorligini oshirish, yangi texnologiyalarni joriy etish va iqtisodiy samaradorligini oshirishda ham muhim o‘rin tutadi. Ushbu jarayonlar mamlakatdagi boshqa ishlab chiqaruvchilar, buyurtmachilar va raqobatchilarga bilvosita ta’sir ko‘rsatishi orqali ichki iste’mol va kapital bozorlarining tarkibi va rivojlanishiga, shuningdek, ishchilarning ko‘nikmalari va amaliy tajribasini oshirishga yordam beradi. O‘tkazilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatmoqdagi, milliy iqtisodiyotning xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va ulardan foydalanish samaradorligi ichki va tashqi bozorning hajmi, tabiiy va mineral resurslar bilan ta’minlanganligi, malakali ishchi kuchi mavjudligi, zamonaviy transport va bozor infratuzilmasining shakllanganligi, makroiqtisodiy barqarorlik va iqtisodiy o‘sish sur’atlari kabi ko‘plab omillar bilan chambarchas bog‘liqdir. Xorijiy investorlar ishtirokini kengaytirish bilan bog‘liq jarayonni faollashtirishda soliq imtiyozlari muhim rag‘batlantiruvchi choralardan biri deb qaraladi. Ushbu omilning ahamiyati so‘nggi yillarda turli mamlakatlar o‘rtasida xorijiy investitsiyalarni jalb etish uchun raqobat kurashi qizishi oqibatida bir muncha ko‘tarildi. Bugungi kunda ko‘plab mamlakatlar muvaqqat chora sifatida mamlakatda qulay investitsiya muhitini yuzaga keltirish maqsadida xorijiy investorlar uchun alohida imtiyoz va rag‘batlar tizimini joriy etmoqdalar. Investorlarni jalb qilishda soliqlar orqali rag‘batlantirishdan respublikamizda ham keng foydalaniladi. Shu o‘rinda, respublikamizda turli imtiyozlar yordamida xorijiy investitsiyalarni sanoatning ustuvor sohalari yoki mintaqalarga yo‘naltirish maqsadida xususiy xorijiy investorlar uchun berilgan soliq imtiyozlarini keltirish lozim. O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida ko‘zda tutilgan rag‘bat va imtiyozlar yordamida xorijiy investitsiyalarni ortiqcha ish kuchi bo‘lgan viloyatlarda joylashtirish ko‘lamiga ta’sir o‘tkazish va xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar faoliyatidan mahalliy korxonalarga «bilim ko‘chishi»ning (jumladan, lokalizatsiya mexanizmi orqali mahalliy ishlab chiqaruvchilar va xizmat ko‘rsatuvchi korxonalarga yangi texnologiya va ko‘nikmalarni kiritilishi) ijobiy samarasini kuchaytirishga ega bo‘ladi. Korporativ boshqaruvda xorijiy investitsiyalarni jalb etishda quyidagi maqsadlar belgilanadi: 1. Ichki bozorni to‘liq egallash. 2. Eksportga yo‘naltirilgan faoliyatni amalga oshirish. 3. Ishlab chiqarish samaradorligini oshirish hamda «Bozor izlash»dan manfaatdor kompaniyalar, odatda, mezbon-mamlakatga investitsiyalar qo‘shishda yangi bozorlarga kirib borish, uning muayyan qismini egallab olish va o‘zining tanlash imkoniyatlarini kengaytirish nuqtai nazaridan kelib chiqadilar. Eksportga mahsulot ishlab chiqarishni ko‘zlagan investitsiyalar o‘z mamlakatida ishlab chiqarish va eksport harajatlari ortib borayotgan bir vaqtda tashqi bozorlarga xizmat ko‘rsatish uchun yangi joylashuvni izlab amalga oshiriladi. SHuningdek, xorijiy investorlar uchun makroiqtisodiy va siyosiy barqarorlik, xorijiy investitsiyalarni xuquqiy tartibga solishning aniq tizimi, keng ko‘lamli soliq imtiyozlari mavjudligi kabi omillar muhim ahamiyat kasb etadi. Bunday investitsiya turiga misol tariqasida nisbatan arzon va malakali ishchi kuchiga ega bo‘lgan, geografik jihatdan qulay joylashgan Markaziy va SHarqiy Evropa mamlakatlarini (G‘arbiy Evropa bozorlariga yaqin joylashganligi va Evropa ittifoqiga a’zo bo‘lish istiqboli tufayli) hamda Xitoyni (raqobatbardosh ish haqi darajasi, investitsion muhit va xarajatlar pastligi tufayli) keltirish mumkin. Resurs izlashga ixtisoslashgan investitsiyalar tabiiy resurslarni bosh omil deb qaraydilar. «Resurs yoki vosita» izlashdan manfaatdor firmalarni birinchi navbatda mamlakatda resurslar mavjudligi qiziqtiradi. Bunday resurslar hisobiga xom ashyo, arzon va malakali ishchi kuchi, moddiy infratuzilma yoki korxonalar, alohida texnologiya vositalari kirishi mumkin. Xom ashyo resurslari o‘z tarkibiga ba’zi mamlakatlarda mo‘l bo‘lib, ba’zilarida esa deyarli bo‘lmagan neft, gaz, mineral qazilmalarni oladi. O‘zbekistonda Gazprom, Lukoyl va qator boshqa xorijiy kompaniyalarning investitsiyalarini aynan shu guruhga kiritish mumkin. Yaxshi infratuzilmasi (avtomobil va temir yo‘llari, dengiz yillaridan foydalanish imkoniyati, telekommunikatsiyalar va xakozo) bo‘lgan mamlakatlar investor jalb qilish uchun qo‘shimcha imkoniyatga egadirlar. Ishlab chiqarish samaradorligini oshirish maqsadidagi investitsiyalar vertikal va gorizontal birlashuv yo‘li bilan dastlab mintaqaviy, so‘ngra xalqaro miqyosda ko‘lamlilik tufayli tejamkorlik samarasiga erishish uchun yo‘llanadi. Investitsiyalarning mazkur turi daromadni oshirish uchun ishlab chiqarish harajatlarini qisqartirish orqali turli mamlakatlardagi o‘z ishlab chiqarishlarining qiyosiy ustunligidan samaraliroq foydalanish maqsadida amalga oshiriladi. Download 1.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling