Investitsiyaning qoplanish muddati dastlabki investitsiyaning qoplanishi mumkin bo‘lgan kutilayotgan yillar soni sifatida aniqlanadi. Investitsiyaning qoplanish muddatini hisoblash algoritmi investitsiyadan prognoz asosida ko‘riladigan daromadlarni teng taqsimlanishiga bog‘liq. Agar, daromad yillar bo‘yicha teng taqsimlangan bo‘lsa qoplanish muddati bir xil vaqtdagi xarajatlarni yillik daromad miqdoriga bo‘lish yo‘li bilan aniqlanadi. Agar foyda bir tekis taqsimlanmagan bo‘lsa qoplanish muddati to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiya daromadlar hisobiga qoplanishi mumkin bo‘lgan yillar soni bo‘yicha hisoblanadi. (12.2.1-jadval)
12.2.1-jadval
S va L loyihalarining qoplanish muddatlari
Yillar
|
S loyihasi,
dollar
|
L loyihasi,
dollar
|
1
|
-10 000
|
-10 000
|
2
|
5 500
|
1 600
|
3
|
4 500
|
1 700
|
4
|
2 500
|
4 500
|
5
|
1 000
|
5 500
|
Misoldagi ma’lumotlarda ko‘rinib turibdiki, har bir loyihaning qoplanish muddati har xil ko‘rsatkichga ega. S loyihasi uchun qoplanish muddati 2 yilga teng, L loyihasi uchun qoplanish muddati 3,6 yilga teng.
Agar kompaniyada qoplanish muddati ikki yilga cheklangan bo‘lsa S loyihasi qabul qilinadi. Agar loyihalar alternativ bo‘lsa, S loyihasi L loyihasiga nisbatan ma’qul tushadi, chunki S loyihasi dastlabki investitsion harajatlarining qoplanish muddati juda qisqa.
Ayrim kompaniyalar ushbu kriteriyaning modifikatsiyalangan shakli qoplanishning diskontlashtirilgan muddatidan foydalanadi – u ham ushbu algoritm bo‘yicha aniqlanadi, lekin buning asosida ushbu loyihaning kapital bahosi bo‘yicha diskontlashtirilgan pul oqimlari yotadi. Bu ko‘rsatkich mazkur diskontlashtirilgan pul oqimlari bo‘yicha investitsiyani qoplash uchun zarur bo‘lgan yillar soni sifatida aniqlanadi.
Har bir loyihada kapital bahosi 15% ga teng deb faraz qilaylik.
Bunday sharoitni yuqoridagi jadval ma’lumotlari asosida ko‘rib chiqamiz.
Jadval ma’lumotlarini tuzish uchun pul oqimlarinin har bir elementining diskont qiymatini hisoblaymiz.
12.2.2-jadval
S va L loyihalarining diskont qiymati
Do'stlaringiz bilan baham: |