Nazariya va amaliyotda korporativ boshqaruv
Korporativ boshqaruvning standartlari
Download 1.79 Mb.
|
Маруза матн НАЗАРИЯ ВА АМАЛИЁТДА КБ 2021 (талаба учун)
5.2. Korporativ boshqaruvning standartlari
Korporativ boshqaruvning standartlari tuzishilgan mamlakatlarda mamlakatning o‘ziga xos xususiyatlari, qonunchilik asosilari asosida tuzishilgan. 1991 yilda Buyuk Britaniyada Adrian Kedberi rahbarligidagi Qo‘mita tomonidan korporativ boshqaruvning standarti “Kedberi kodeksi” tayyorlangan. Qo‘mita Moliyaviy axborotlar kengashi, London fond birjasi va hisobxona xodimlari kasaba uyushmasi tomonidan tuzishilgan. Fransiyadagi korporativ boshqaruv amaliyotida xususiy korxonalar uyushmasi milliy kengashi va Fransiya korxonalari harakati tomonidan tashkil etilgan guruh, M.Veno raislik qilgan Korporativ boshqaruv bo‘yicha qo‘mitaning tavsiyalari (1995 va 1999 y.)ni ham standart toifasiga kiritiladi. 1994 yilda “Jeneral Motors” Direktorlar Kengashi tomonidan “AQSHda korporativ boshqaruvning asosiy yo‘nalishlari va muammolari” tezislari tayyorlangan. Dunyoda eng yirik nafaqa fondi va etakchi institutsional investorlardan biri bo‘lgan “Istefoga chiqqan fuqarolik xizmatchilar Kaliforniya nafaqa fondi” tomonidan 1998 yilda “AQSHda korporativ boshqaruvning asosiy tamoyillari va yo‘nalishlari”; ishlab chiqilgan. Meksika tadbirkorlik muvofiqlashtirish kengashining Korporativ boshqaruv bo‘yicha qo‘mitasi 1999 yilda “Eng afzal amaliyot kodeksi”ni taqdim qilgan. Janubiy Afrika Respublikasi (JAR) Tadbirkorlik palatasi, Yoxannesburg fond birjasi va JAR Direktorlar instituti tomonidan 1994 yilda “Korporativ amaliyot va munosabatlar kodeksi” taqdim etilgan. 1999 yilda Gretsiyada Moliyaviy bozorlar bo‘yicha qo‘mitasi “Gretsiya korporativ boshqaruv tamoyillari”ni tayyorlagan. 2000 yilda Germaniya korporativ boshqaruv bo‘yicha guruh tomonidan eng ilg‘or amaliyotdagi nemis korporativ boshqaruv kodeksi yaratilgan. Braziliya korporativ boshqaruv instituti tomonidan 1999 yilda “Lozim darajadagi amaliyot kodeksi” tayyorlangan. Hindiston sanoat konfederatsiyasi tomonidan 1998 yilda “Tavsiya qilinuvchi korporativ boshqaruv kodeksi” taqdim qilingan. Malayziya Oliy moliya qo‘mitasi tomonidan 1999 yilda “Korporativ boshqaruv kodeksi” taqdim etilgan. Gonkong fond birjasi tomonidan 1989 yilda (keyinchalik to‘ldirilgan) “Eng afzal amaliyot kodeksi va umumjamoa kompaniyalarning direktorlari uchun tavsiyalari” taqdim etilgan. Korporativ boshqaruv kodeksida quyidagi talablar qo‘yiladi: - emitent ustav hujjatlariga; - emitent dividend siyosatiga; - emitent aksiyadorlarining Umumiy yig‘ilishini chaqirish va o‘tkazish tartibiga; - ishonchnomalar bilan ovoz berish tartibiga; - Kuzatuv kengashini shakllantirish qoidalariga; - Kuzatuv kengashi faoliyatining qoidalariga; - Kuzatuv kengashi a’zolariga taqdirlashni belgilash tartibiga; - mustaqil auditor faoliyati ustidan nazoratni amalga oshirish tartibiga; - insayderlik axborotlari ishlatilgan bitimlar va shuningdek manfaatdorlik mavjud bo‘lgan bitimlarning amalga oshirilishi ustidan ichki nazorat qilish tartibiga; - emitentning qayta tashkil qilinishi va tugatilishi bilan bog‘liq qarorlarning qabul qilinishi va muvofiq axborotlarni berish tartiblariga; - qimmatli qog‘ozlarni emissiya qilish va korporativ harakatlarni amalga oshirish (aktivlarni katta hajmda sotib olish va sotish, kompaniyalarning birlashishi, qo‘shib olinishi) bo‘yicha qarorlarning qabul qilinish tartibiga; - emitentning davlat hokimiyat organlari va mahalliy o‘z - o‘zini boshqarish organlari bilan o‘zaro munosabatda bo‘lish tamoyillariga. Yuqoridagi korporativ boshqaruv institutlari tomonidan korporativ munosabatlar ko‘rib o‘tilganidan so‘ng korporativ boshqaruvni amalga oshirish uchun takliflar tizimi ishlab chiqilgan. Download 1.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling