Nazariya va amaliyotda korporativ boshqaruv


Korporativ boshqaruvning kodekslari


Download 1.79 Mb.
bet25/122
Sana24.12.2022
Hajmi1.79 Mb.
#1050671
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   122
Bog'liq
Маруза матн НАЗАРИЯ ВА АМАЛИЁТДА КБ 2021 (талаба учун)

5.3.Korporativ boshqaruvning kodekslari
Korporativ boshqaruv ma’naviy-ahloqiy asoslarga ham tayanadi. Bunda sheriklar o‘rtasidagi munosabatlar oddiy formal munosabatlar emas, balki bu munosabatlarda samimiylik, halollik, insoflilik, to‘g‘riso‘zlik, sheriklarga nisbatan hayrihohlik va g‘amxo‘rlik o‘ta muhim ahamiyatga ega. Agar shu ma’naviy-ahloqiy normalar bo‘lmasa yoki zaif bo‘lsa, korporativ boshqaruv o‘z samarasini bermaydi yoki salbiy oqibatlar bilan tugaydi. SHeriklar nizolashib, sudlashib yuradilar. Xuddi shu sababli ham O‘zbekistonda 2015 yil 24 apreldagi “Aksiyadorlik jamiyatlarida zamonaviy korporativ boshqaruv uslublarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 4720–sonli Prezident Farmoni qabul qilinib, ushbu Farmonda aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatining samaradorligini oshirish va korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish komissiyasi boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda rivojlangan davlatlarning muvaffaqiyatli tajribasi asosida “Korporativ boshqaruv kodeksi”ni ishlab chiqilishi va tasdiqlanilishi belgilandi. Ushbu Kodeksda samarali xalqaro amaliyotni inobatga olgan holda aksiyadorlik jamiyatlarida zamonaviy korporativ boshqaruv uslublarini joriy etish asosida quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish belgilandi:17

  • korporativ boshqaruvning ilg‘or uslublarini joriy etish bo‘yicha tavsiyalar, jumladan, uzoq muddatli istiqbolda rivojlanish strategiyasi va vazifalari, ichki nazorat tizimlari va ijro organining aksiyadorlar hamda investorlar bilan samarali o‘zaro hamkorlik mexanizmlarini belgilash;

  • aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatining ko‘lami, tarmoq xususiyatlari va yo‘nalishlarini inobatga olgan holda, namunaviy tashkiliy tuzilmani joriy qilish;

  • aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatining ochiqligini oshirish, ular tomonidan xalqaro standartlar asosida audit va moliyaviy hisobot axborotini nashr qilish.

Korporativ boshqaruv kodeksi – ixtiyoriy belgilanuvchi andozalar va ichki me’yorlar yig‘indisi bo‘lib, korporativ munosabatlarning tartibini o‘rnatadi va tartibga soladi. Kodeks korporatsiyadagi korporativ boshqaruvning barcha muhim elementlariga taaluqli bo‘lgan asosiy me’yorlardan va tavsiyalardan tarkib topishi kerak. Emitentlarning Kodeks qoidalariga rioya qilishidan asosiy manfaatdorligi qimmatli qog‘ozlar bozori orqali ularning investitsiyalarni jalb qilishga intilishidir.
Aksiyadorlik jamiyatlari faoliyati samaradorligini oshirish va korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish komissiyasi Korporativ boshqaruv kodeksini tasdiqladi. Ushbu hujjat aksiyadorlik jamiyatlariga tavsiyanoma xususiyatiga ega bo‘lib, 42 ta banddan iborat. Unda belgilanishicha, aksiyadorlik jamiyatlari tarmoqqa oid xususiyati va faoliyati turidan kelib chiqib, Kodeks tavsiyalarini joriy etish bo‘yicha ichki korporativ harakatlarni amalga oshirishi mumkin.
Korporativ boshqaruv kodeksi dunyoning ba’zi mamlakatlarida korporativ boshqaruvni tashkil qilishda amal qiladi. Korporativ boshqaruv kodeksi normalari korporativ boshqaruv ishtirokchilari uchun kasbkor etikasi qoidalari kabi ichki ishonchga asoslangan va albatta rioya qilinishi shart bo‘lgan harakatlar qoidalari hisoblanadi. Kodeksda korxona aktivlarining salmoqli qismiga yoki nazorat paket ulushlariga ega bo‘lgan aksiyadorlar bilan qarorlar qabul qilishda hal qiluvchi ta’sirga qilish imkoniyatiga ega bo‘lmagan oddiy ishtirokchilar o‘rtasidagi munosabatlarda bir-birini anglab etish hamda manfaatlar uyg‘unligini ta’minlashga qaratilgan bo‘lishi lozim. CHunki amaliyotda yirik ulushga ega bo‘lgan sarmoyador bilan kichik ulushga ega bo‘lgan sherik sarmoyadorlar o‘rtasida o‘zaro ishonch har doim ham shakllanmaydi. Yirik ulushga ega bo‘lgan manfaatdor shaxs kichik ulushga ega bo‘lgan manfaatdor shaxsning manfaatini hisobga olmaslik, aholining bo‘sh yotgan mablag‘larini kichik sherik sifatida biznesga sarmoya sifatida kiritishini ta’minlab bo‘lmaydi. Bu sarmoya kichik bo‘lishiga qaramay, ishtirokchilar soni ko‘p bo‘lishini inobatga olsak, sarmoya ulushi salmoqli hissani egallaydi.
O‘zbekistonda Korporativ boshqaruv kodeksi umumiy tuzishilishi bo‘yicha quyidagi tarkibdan tashkil topgan.

Download 1.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling