Nazariya va amaliyotda korporativ boshqaruv


“Kapital qiymati” konsepsiyasi


Download 1.79 Mb.
bet48/122
Sana24.12.2022
Hajmi1.79 Mb.
#1050671
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   122
Bog'liq
Маруза матн НАЗАРИЯ ВА АМАЛИЁТДА КБ 2021 (талаба учун)

3. “Kapital qiymati” konsepsiyasi 1938–yilda Amerikalik iqtisodchi Djon Uilyamsom ishlab chiqqan. Mazkur konsepsiya tizimli ko‘rinishda 1958 yilda mashhur amerikali tadqiqotchilar, Nobel mukofoti laureatlari Franko Modilyan va Merton Miller tomonidan ishlab chiqilgan. Ular “Kapital qiymati, korporativ moliyalar va investitsiyalar nazariyasi” nomli ishida konsepsiyani talqin etganlar. Ushbu konsepsiyaning mohiyati shundan iboratki, korxona xarajatlari kapitalni jalb etish va xizmat ko‘rsatish bo‘yicha alohida manbalar kesimida ko‘rsatiladi. SHunga bog‘langan holda alternativ moliyalashtirish manbalarini tanlashda jalb etilayotgan kapitalning qiymati miqdoriy baholanadi. Mulkdorlarning boyligini maksimallashtirishni ta’minlashdagi sharoitlarda kapital qiymati minimallashtiriladi.
4. “Kapital strukturasi” konsepsiyasi ham Modilyan va Miller tomonidan ilgari surilgan. Kompaniyaning xususiy va qarzdor kapitalining korxona bozor qiymatiga nisbatining ta’sir mexanizmlari ko‘rsatib o‘tilgan. Moliyaviy leveridjning samarasini baholash modelida ushbu konsepsiya asos etib olingan va bu modeldan moliyaviy boshqaruvlarda keng foydalaniladi.
5. “Pulning vaqt bo‘yicha qiymati” konsepsiyasining asosiy nazariyasi 1930–yilda Irvin Fisher tomonidan “Protsent nazariyasi: investitsiya echimlari jarayonida real daromadni hisoblash” ishida ifodalaydi. 1958–yilda Djon Xirshleyfer konsepsiyaning to‘liq mexanizmini «Optimal investitsiya qarorlar nazariyasi” nomli ishida bayon etgan. Mazkur konsepsiyaning xususiyati – pulning qiymatini investitsiyalashdagi alternativ imkoniyatlarga bog‘lagan holda joriydagi qiymatini kelgusidagi qiymatiga nisbatan yuqoriligidan iboratdir. Konsepsiyani hisobga olgan holda pul oqimini diskontlashning turli modellari ishlab chiqilgan.
6. “Tavakkalchilik va samaradorlik darajalarinig o‘zaro bog‘lik” konsepsiyasi 1921–yilda CHikago iqtisodiy nazariya maktabining asoschisi Frenk Nayt tomonidan ishlab chiqilgan. U konsepsiya nazariyasini «Tavakkalchilik, noaniqlik va foyda” nomli kitobida bayon etgan. Ushbu konsepsiyaning xususiyati – kutilayotgan daromad darajasini va tavakkalchilik darajasiga uzviy proporsional bog‘liqligidir. Konsepsiya asosida moliyaviy aktivlarni baholashning ko‘plab modellari va portfel nazariyasi tizimida investitsiya tahlili metodikasi ishlab chiqilgan.

Download 1.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling