Nazariya va amaliyotda korporativ boshqaruv


Korporativ bitimlarni boshqarish


Download 1.79 Mb.
bet52/122
Sana24.12.2022
Hajmi1.79 Mb.
#1050671
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   122
Bog'liq
Маруза матн НАЗАРИЯ ВА АМАЛИЁТДА КБ 2021 (талаба учун)

11.3.Korporativ bitimlarni boshqarish
Yirik bitim qiymatining eng minimal miqdori bitimlar tuzish to‘g‘risida qaror qabul qilinayotgan sanada jamiyat sof aktivlari miqdorining 15 %idan ortig‘ini tashkil etgan bo‘lishi kerak. Ushbu shart asosida tuzilgan bitim yirik bitim hisoblanadi. Agar jamiyat bitim tuzish to‘g‘risida qaror qabul qilinayotgan sanada balans qiymati jamiyat sof aktivlari miqdorining 15 foizidan 50 foizigachasini tashkil etsa, mol-mulk xususida yirik bitim tuzish to‘g‘risidagi qaror jamiyat kuzatuv kengashining a’zolari tomonidan bir ovozdan qabul qilinadi, bunda kuzatuv kengashidan chiqib ketgan a’zolarning ovozi inobatga olinmaydi.
Korporativ boshqaruv kodeksi tavsiyalariga muvofiq Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi Ijroiya organining yirik bitimlarni mustaqil tuzishishi uchun Jamiyatning joriy xo‘jalik faoliyati bilan bog‘liq bitimlar ro‘yxatini aniqlaydi. Jamiyatning yillik biznes-rejasini tayyorlashda Jamiyatning ushbu jarayonda ishtirok etadigan tuzilmaviy bo‘linmalari reja yilida tuzishilishi rejalashtirilayotgan yirik bitimlarni aniqlangan taqdirida, ushbu bitimlar to‘g‘risidagi axborotni Ijroiya organi rahbariga ma’lum qiladi.
Oldingi paragrafda ta’kidlanganidek, yirik bitimning predmeti jamiyatning mol-mulkining bozor qiymati hisoblanadi va ushbu mol-mulkning bozor qiymati mol-mulkning eng ehtimol tutilgan narxi bilan belgilanadi. Ushbu qiymat bo‘yicha mazkur mol-mulk ochiq bozorda bitim tuzgan shaxslar barcha zarur axborotga ega bo‘lgan holda raqobat sharoitida o‘z manfaatlari yo‘lida oqilona va ixtiyoriy ravishda harakat qiladigan boshqa shaxsga berishlari mumkin.
Jamiyat Kuzatuv kengashi mol-mulkning bozor qiymatini aniqlashni tashkil etadi. SHuningdek, Jamiyat mol-mulkining bozor qiymatini aniqlash uchun bitimning taraflari tomonidan baholovchi tashkilotni jalb etishi ham mumkin. Jamiyat Kuzatuv kengashi Ijroiya organiga boshqa shaxsga berilayotgan mol-mulkning bozor qiymatini belgilangan tartibda aniqlashni topshiradi. Jamiyat tomonidan boshqa shaxsga berilayotgan mol-mulkning bozor qiymati yozma so‘rov yuborish yo‘li bilan birja kotirovkasi yoki baholovchi tashkilot bilan tegishli shartnoma tuzish yo‘li bilan baholash asosida aniqlash mumkin.
Agar aksiyalar va korporativ obligatsiyalar Jamiyatning yirik bitimi predmeti hisoblansa, qimmatli qog‘ozning bozor qiymati eng ehtimol tutilgan narx hisoblanadi. Agar qimmatli qog‘ozlar fond birjasining birja kotirovkasi varag‘iga kiritilgan bo‘lsa, ularning birja kotirovkalari mazkur qimmatli qog‘ozlarning bozor qiymati deb e’tirof etiladi.
Jamiyat tomonidan olinayotgan mol-mulk (ko‘chmas mulk, qimmatli qog‘ozlar, moddiy aktivlar va boshqalar)ning qiymati quyidagi tartibda aniqlanadi:
a) agar Jamiyat tomonidan olinayotgan mol-mulkning qiymati shartnoma tuzishilgan sanada O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining kursi bo‘yicha 300 AQSH dollari mikdoridagi summadan ortmasa, bitim tahlil o‘tkazish va tijorat takliflarini tanlash va to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma imzolash yo‘li bilan tuzishiladi;
b) agar olinayotgan mol-mulkning qiymati 300 AQSH dollaridan 100 000 AQSH dollarigacha bo‘lgan miqdordagi summani tashkil etsa, bitim birja savdosida birja savdolarida shakllangan narxlar bo‘yicha amalga oshiriladi;
v) agar Jamiyat tomonidan olinayotgan mol-mulkning qiymati 100 000 AQSH dollaridan 5 mln. AQSH dollarigacha teng bo‘lgan summani tashkil etsa, Jamiyat tashkil etadigan tender komissiyasi tomonidan xaridlar bo‘yicha tender o‘tkaziladi;
g) agar mol-mulkni xarid qilish investitsiya loyihasi doirasida amalga oshirilsa va Jamiyat tomonidan olinayotgan mol-mulk 5 mln. AQSH dollariga teng bulgan summadan ortsa, tarkibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan idoralararo tender komissiyasi tomonidan xaridlar bo‘yicha tender o‘tkaziladi;
d) agar mol-mulkni xarid qilish investitsiya loyihasi doirasida amalga oshirilsa va Jamiyat tomonidan olinayotgan mol-mulk 10 mln. AQSH dollariga teng bo‘lgan summadan ortsa, tarkibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan idoralararo tender komissiyasi tomonidan xaridlar bo‘yicha tender o‘tkaziladi va vakolatli organlar tomonidan ekspertiza o‘tkazish hamda investitsiya loyihasining hujjatlarini tasdiqlash ishi amalga oshiriladi.
Agar yirik bitim predmeti qarz, kredit, garov, kafillik hisoblansa, qarzni, kreditni, garovni yoki kafillikni ta’minlovchi mol-mulkning bozor qiymati aniqlanadi. Jamiyat buxgalteriyasi har chorakda hisobot davridan keyingi oyning 30-sanasidan kechiktirmay, Jamiyat sof aktivlarining balans qiymatini aniqlaydi va Jamiyat Ijroiya organi, Ichki audit xizmati, Korporativ maslahatchi va Jamiyatning tuzilmaviy bo‘linmalari rahbarlari e’tiboriga etkazadi. Jamiyat nomidan bitimlarni tuzishishga jalb etilgan Jamiyatning tuzilmaviy bo‘linmalari rahbarlari bitimlarni ekspertizadan o‘tkazadi va ushbu bitim yirik bitimga mos yoki mos emasligini tekshiradi. Jumladan, tuzishilgan bitim kundalik xo‘jalik faoliyati jarayoniga tuzishilganligi yoki aksi mansub emasligini tekshiriladi; bitim Jamiyatning aksiyalari va boshqa qimmatli kog‘ozlarini joylashtirish hisobiga tuzishilgan yoki tuzilmaganligini aniqlanadi; boshqa shaxsga berilayotgan mol-mulkning balans va bozor qiymatini oxirgi hisobot sanasidagi buxgalterlik hisoboti ma’lumotlariga asosan yirik bitimga muvofiqligi aniqlanadi; boshqa shaxsga berilayotgan mol-mulkning balans va bozor qiymati yoki olinayotgan mol-mulkning qiymati oxirgi hisobot sanasidagi buxgalterlik hisoboti ma’lumotlariga muvofiq Jamiyat sof aktivlari balans qiymatining 15 foizidan ortishi yoki ortmasligi aniqlanadi. SHundan so‘ng, tekshirilgan bitimda yirik bitim alomatlari aniqlansa Jamiyatning ekspertiza o‘tkazayotgan tuzilmaviy bo‘linmalari rahbarlari Jamiyat ijroiya organi rahbariga kutilayotgan bitim yirik bitimlar toifasiga kirishi to‘g‘risida bildirishnoma, shuningdek, boshqaruvning qaysi organi ushbu yirik bitimni amalga oshirish xuquqiga ega ekanligi to‘g‘risidagi xulosalarni taqdim etadi.
Jamiyat ijroiya organi rahbari esa yirik bitim belgilariga ega bitimni huquqiy ekspertizadan o‘tkazish uchun Jamiyatning yuridik xizmatiga taqdim etadi. Jamiyatning yuridik xizmati ham yirik bitim belgilari bo‘yicha bitimni ekspertizadan o‘tkazadi va tegishli xulosa taqdim etilgan taqdirda Jamiyatning Ijroiya organi rahbari ushbu bitimni tasdiqlash masalasini Jamiyat boshqaruvi muhokamasiga taqdim etadi. Jamiyatning yirik bitimlarni tuzish tartibiga rioya etilishini nazorat qilish Ichki audit xizmati va Jamiyat taftish komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi. Jamiyat ichki audit xizmati Jamiyatning moliya-xo‘jalik operatsiyalarini muntazam ravishda tekshirishda va Jamiyatning kutilayotgan yirik bitimini Jamiyat ijroiya organi bilan birgalikda o‘rganishda Jamiyatning yirik bitimlarni tuzish tartibiga rioya etilishi bo‘yicha joriy nazoratni amalga oshiradi. Ichki audit xizmati tomonidan amaldagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ma’qullanmagan yirik bitimlarni tuzish faktlarini aniqlasa Ichki audit xizmati rahbari aniqlangan faktlar haqida Kuzatuv kengashiga va Ijroiya organi rahbariga hisobot beradi. Jamiyatning boshqaruv organlari xilof ish tutganlarga nisbatan tegishli choralar ko‘radi. Jamiyat taftish komissiyasi Jamiyatning yirik bitimlarni tuzish tartibiga rioya etilishini kelgusida nazorat qilishni amalga oshiradi. Jamiyat taftish komissiyasi hisobot choragida Jamiyat tomonidan tuzishilgan shartnomalar va yirik bitimlarni har chorakda o‘rganadi, hisobot choragida Jamiyatda yirik bitimlar mavjudligi, shuningdek qonun hujjatlarining va Jamiyat ichki hujjatlarining bunday bitimlarni tuzishishga doir talablariga rioya qilingan yoki qilinmaganligi to‘g‘risidagi xulosa tayyorlaydi. Jamiyat taftish komissiyasi ushbu xulosani chorakda Jamiyat Kuzatuv kengashining majlisiga taqdim etadi.
Jamiyat yirik bitimlar to‘g‘risidagi axborotni: yillik hisobotda muhim faktlar asosida oshkor etadi. Jamiyatning hisobot davridagi yirik bitimlari to‘g‘risidagi axborot, shu jumladan, bitim predmeti va summasi, bitimning kontragenti va yirik bitimda emitentning kim (begonalashtiruvchi yoki oluvchi) ekanligi to‘g‘risidagi axborot ushbu tartibning birinchi ilovasiga asosan yillik hisobotning bir qismi hisoblanadi. (11.3.1-jadval)
11.3.1-jadval

HISOBOT YILIDA TUZILGAN YIRIK BITIMLAR RO‘YXATI



Bitim tuzishilgan sana

Kontragent ning F.I.SH. yoki to‘liq nomi

Bitim predmeti

Summasi

Emitent bitim bo‘yicha kim hisoblanadi (tovar va xizmatlarni oluvchi/begona- lashtiruvchi)


Download 1.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling