Nazariya va amaliyotda korporativ boshqaruv


Download 1.79 Mb.
bet61/122
Sana24.12.2022
Hajmi1.79 Mb.
#1050671
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   122
Bog'liq
Маруза матн НАЗАРИЯ ВА АМАЛИЁТДА КБ 2021 (талаба учун)

14.1.1-rasm. Risk funksiyalari

Risklarni korxonalar foydasiga ta’sirini baholash va kamaytirish maqsadida ularni turli belgilari bo‘yicha tasniflash muhim ahamiyat kasb etadi. Kichik biznes korxonalari joriy va uzoq muddatli vazifalarni amalga oshirishlarida bir qancha risk turlariga duch keladilar. SHuning uchun risklarning tabiatini va turlarini yoritish uchun ularni tasniflash maqsadga muvofiqdir. Korxonalari moliyaviy-xo‘jalik faoliyatining ajralmasi qismi bo‘lib, ular faoliyatiga u yoki bu darajada ta’sir ko‘rsatadi.


Risk obyektiv xususiyatga egaligidan kelib chiqib, unga ta’sir etuvchi omillarni yaxlit holda ko‘rib chiqish lozim va ularni kompaniya faoliyatiga nisbatan ichki va tashqi omillarga bo‘lish mumkin.
Tashqi omillarni ikki guruhga bo‘lib o‘rganish maqsadga muvofiq: bevosita ta’sir etuvchi omillar; bilvosita ta’sir etuvchi omillar.
Bevosita ta’sir etuvchi omillar riskka to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir etadi va bularga: qonunchilikning o‘zgarishi, raqobat, xo‘jalik yurituvchi subyektlar bilan munosabatlarning o‘zgarishi, soliq tizimining o‘zgarishi, korrupsiya va reket kabi omillarni kiritish mumkin. Bilvosita ta’sir etuvchi omillar risklarga to‘g‘ridan to‘g‘ri ta’sir etmasa ham ularning o‘zgarishiga ta’sir ko‘rsatadi va bularga: siyosiy holat, xalqaro miqyosdagi voqealar (masalan, jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi), faoliyat yuritilayotgan davlatning iqtisodiy nobarqarorligi, faoliyat olib borilayotgan sohaning iqtisodiy ahvoli, tabiiy ofatlar kabilarni kiritish mumkin.

Sof risklar ba’zida statistik risklar ham deyishadi, uning mohiyati shundaki sof risklar amaliy jihatdan har doim o‘zida yo‘qotishlarni aks ettiradi. Uning sabablari bo‘lib, uzluksiz ofatlar, baxtsiz xodisalar, boshqaruvchilik qobiliyatining pastligi (etishmasligi) va h.k. bo‘lishi mumkin.


Spekulyativ risklarni ba’zida dinamik yoki tijorat risklari ham deb atashadi. Uning mohiyati yo‘qotishni yoki qo‘shimcha daromadni o‘zida aks ettiradi. Uning sabablari bo‘lib, valyuta kursining o‘zgarishi, bozor konyukturasining o‘zgarishi, investitsiya sharoitlarining o‘zgarishi va h.k. bo‘lishi mumkin. Risklarning sohalar faoliyati bo‘yicha ko‘rinishlari quyidagicha bo‘lishi mumkin:
Ishlab chiqarish riski, tashqi va ichki omillar ta’sirida tovar va xizmatlar rejalari va majburiyatlarining bajarilmay qolishi bilan izohlanadi.

  1. Tijorat riski, moliyaviy – xo‘jalik jarayonlaridagi yo‘qotishlar bilan izohlanadi. Uning sabablari bo‘lib: realizatsiya xajmining pasayishi; xarid jajmining kutilmaganda pasayishi; xarid narxlarining o‘sishi (xom ashyo, yarim tayor tovarlar va h.k.); muomala xarajatlarining oshishi; muomala jarayonida tovarlarning yo‘qolishi (sifatining pasayishi) bo‘lishi mumkin.

  1. Moliyaviy risklar, korxonalarning o‘z moliyaviy majburiyatlarini bajarmasligi bilan yuzaga keladi. Uning sababi bo‘lib, pulning sotib olish qobiliyati yo‘qolishi, to‘lovlarni amalga oshirish uchun qobiliyatsizlik,

valyuta kursining o‘zgarishi va h.k. bo‘lishi mumkin.


Riskni to‘rt xil usulda baholash mumkin: Riskning taxminiy ehtimolini aniqlash turli yo‘llar bilan amalga oshirilishi mumkin. Ilmiy adabiyotlarda risklarni baholashning 4 usuli keltiriladi:

Download 1.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling