Nazariya va amaliyotda korporativ boshqaruv
Download 1.79 Mb.
|
Маруза матн НАЗАРИЯ ВА АМАЛИЁТДА КБ 2021 (талаба учун)
Kapital baho – bu korxonada bir-birlik kapitaldan foydalanganlik uchun amalga oshirilgan harajatlar birligi tushuniladi. Kapital bahoning birligi bo‘lib koeffitsient yoki foizlar hisoblanadi.38 Ma’lumki, bozor iqtisodiyoti sharoitida korxona har qanday moddiy yoki nomoddiy boyliklar tekinga berilmaydi. Har bir moddiy va nomoddiy boyliklarning o‘z qiymati borki, agarda korxona undan foydalansa uning egasi ma’lum bir miqdorda haq to‘laydi. SHunday ekan kapitalning ham bahosi mavjudki, korxona kapitaldan foydalanganligi uchun kapital egalariga belgilangan me’yorda va muddatlarda haq to‘lab turadi Demak, shu o‘rinda aytish lozimki, moliyaviy direktor yoki moliyaviy menejer korxonaning kapital bahosini doimo aniqlab borishi lozim. Korxonaning kapital bahosi (KB) quyidagi formula asosida aniqlanadi:39
(11.3.1) bu yerda: Xkf – kapitaldan foydalanilganlik uchun harajatlar miqdori; KM – kapital miqdori. Korxona faoliyatida turli manbalar hisobidan kapital shakllanishi mukmkin. Bu esa, o‘z navbatida, har bir manba hisobidan shakllangan kapitalning bahosi turlicha bo‘lishini keltirib chiqaradi. Bu har bir manba hisobidan shakllanadigan kapitalning bahosini aniqlashni taqozo etadi. Shunday ekan korxonalarda har bir kapitalning bahosi xususida to‘xtalib o‘tamiz. Ma’lumki, korxona kapitali xususiy kapital va qarz kapitaliga ajratiladi. Xususiy kapitalining o‘zi ham kapital bahosini hisoblash nuqtai nazardan oddiy aksiya va imtiyozli aksiya hisobiga shakllanadigan xususiy kapitalga ajratiladi. Qarz kapitali ham kapital bahosi nuqtai nazardan bank kreditlari, obligatsiyalar, kreditorlik qarzlari kabi kapitallarga ajratiladi. Har bir kapitalning o‘z bahosi bo‘lib, korxonalarda ushbu kapitallar bahosidan kelib chiqqan holda kapitalning o‘rtacha solishtirma qiymati - WASS (Weighted average cost of capital)ni aniqlash talab etiladi. Kapitalning o‘rtacha solishtirma qiymati (WASS)ni aniqlash uchun korxonadagi har bir kapitalning bahosini aniqlash lozim bo‘ladi. Download 1.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling