Nazariya va amaliyotda korporativ boshqaruv


Kompaniya qiymatini boshqarish


Download 1.79 Mb.
bet67/122
Sana24.12.2022
Hajmi1.79 Mb.
#1050671
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   122
Bog'liq
Маруза матн НАЗАРИЯ ВА АМАЛИЁТДА КБ 2021 (талаба учун)

15.3. Kompaniya qiymatini boshqarish
Kompaniya qiymatining oshishi investorlarni jalb etishga eng qulay omildir. CHunki kompaniya qiymati kompaniyaning to‘lovli xususiyatini baholab beradi. SHuning uchun kompaniyada talab darajasida korporativ boshqaruvni amalga oshirish uchun kompaniya qiymatini samarali boshqarish zarurdir. Mazkur kompaniya qiymatini boshqarishda quyidagi uslub (metod)lar, chora-tadbirlardan foydalanish maqsadga muvofiqdir:

    • tahliliy (analitik) innovatsiyalar: kompaniya baholashda iqtisodiy-moliyaviy taraqqiyotga moslashgan yangi ko‘rsatkichlardan foydalanish, yangi tahliliy algoritmlar, mezonlar va natijalarni o‘lchovchi ko‘rsatkichlardan foydalanish, yangi boshqaruv usullardan foylanish;

    • yangi strategiya va strategik tahlillarni ishlab chiqish;

    • rejalashtirish va korxona byudjetini moliyalashtirish jarayonlari;

    • moliyaviy masullikni kuchaytirish;

    • yuqori samaraga ega personalni mukofotlash tizimini amalga oshirish;

    • investorlar bilan yangi kommunikatsiya aloqalarni o‘rnatish.

Kompaniya qiymatiga ta’sir etuvchi omillarni o‘rganib chiqish, tahlil qilish va ulardan kerakli vaqtlarda samarali foydalanish kompaniyani kelgusida kompaniyaning moliyalashtirish boshqaruvini samarali amalga oshirishga xizmat qiladi.
Quyidagi rasmda kompaniya qiymatiga ta’sir etuvchi omillar tarkibi tasvirlangan. (11.3.1-rasm)
Yuqoridagi chizmada ko‘rsatilgan omillarning ta’sirini izohlasak, quyidagi xulosalar shakllanadi:

  • har qanday korxonada samarali yoki samarasiz faoliyat yuritishi rahbariyatning tanlab olgan strategiyasiga bog‘liqdir, ayniqsa, moliyaviy strategiyani juda ham aniq, samarali va to‘g‘ri xulosalar asosida yaratish zarur;

  • yuridik shaxsning rivojlanishi ko‘p jihatdan tashkiliy-huquqiy shaklni to‘g‘ri tanlashga ham bog‘liqdir. Boshqaruv, qarorlar qabul qilish, olingan foydani tasarruf etish tartibi, bitimlarni tuzish va amalga oshirish imkoniyati tanlab olingan tashkiliy-huquqiy shaklga ham bog‘liqdir. Masalan, tijorat banklari, katta hajmdagi tabiiy resurslarni qazib olish, qayta ishlash va tayyor mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi yuridik shaxslar, tijorat banklari aksiyadorlik jamiyati shaklida barpo etilsa, qishloq ho‘jaligi bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslar fermer yoki dehqon xo‘jaliklari kabi tashkiliy-huquqiy shaklga egadirlar;




Download 1.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling