Nazariya va amaliyotda korporativ boshqaruv


Korporativ kapitalning qiymati


Download 1.79 Mb.
bet64/122
Sana24.12.2022
Hajmi1.79 Mb.
#1050671
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   122
Bog'liq
Маруза матн НАЗАРИЯ ВА АМАЛИЁТДА КБ 2021 (талаба учун)

14.2. Korporativ kapitalning qiymati
Korporativ kapitalning qiymati - bu kapitaldan foydalanish qiymati ya’ni kompaniya investorlaroining daromadi. uning qiymatiga turli omillar ta’sir qiladi. jumladan, foiz stavkalari, hukumatning soliq siyosati, bozor holati kabi omillar o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. bu omillarni kompaniya boshqarishga imkoniyati mavjud emas. Ammo kompaniyaning loyihalaridagi risk darajasi, aktivlar riski korporatsiya rahbariyati tomonidan tartibga solinadi va nazorat qilinadi. Har ikkala holatda ham rahbariyat loyihaning istiqbolini baholaganda jalb etiladigan sarmoyalarning qaytarilishi ushbu kapital qiymatidan oshadimi yoki yo‘qligini aniqlaydi.
Binobarin , sarmoya ыiymati korporativ boshыaruv ыarorlarida hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Qaror bitta loyihaga taalluqli bo‘lsa, uni loyihani kapitallashtirish bo‘yicha qaror deb nomlanadi. Kapital qo‘yilmalarning to‘g‘ri byudjetini doimiy ravishda o‘zlashtiradigan kompaniyalar o‘z investorlari uchun qiymat yaratadilar. Shuningdek, kapital qiymati kompaniya biznesining qiymatini aniqlash, qo‘shib olish va sotib olish, iqtisodiy qo‘shilgan qiymatga asoslangan menejerlarning ish haqini hisoblash, qarz olish yki yangi kapital chiqarish bilan bog‘liq qarorlarni qabul qilish uchun zarurdir. Bundan tashqari, kapital qiymati tabiiy monopoliyalar faoliyatini tartibga solishda muhim omil hisobalanadi. Tartibga soluvchilar investorlarga korxonada taqdim etgan kapital qiymatini aniqlashlari kerak, monopolist kompaniya kapitalning o‘rtacha daromadliligiga erishishi va yuqori daromad olmasligi uchun tariflarni cheklash kerak.
Ko‘pchilik firmalar kapitalning tarkibiy qismlari deb nomlangan kapitalning har xil turlarida foydalanadilar va uning eng keng tarqalgan turlari oddiy va imtiyozli aksiyalar, qarz mablag‘lari hisoblanadi. Ushbu turdagi kapital egalariga o‘z aktivlarini qaytarish uchun turli xil talablar qo‘yiladi. Kompaniya kapitalining har bir tarkibiy qismi uchun talab qilinadigan foyda komponentning qiymati deb ataladi. Bu qiymat menejerlar tomonidan amalga oshirilayotgan strategiyalar va loyihalarning risk darajasiga bog‘liq.
Kapital tarkibiy qislarning xarajatlari kapitalning o‘rtacha hisoblangan qiymati (WASS)ni hisob-kitobi amalga oshiriladi. Har bir kompaniya uchun eng maqbul kapital strukturasi mavjud bo‘lib, u aksiyadorlar uchun qiymat yaratishda kompaniyaning qarz mablag‘lari, imtiyozli va oddiy aksiyalar shaklida jalb etilishi kerak bo‘lgan qismini ko‘rsatadi. Korporatsiya o‘z kapitalining maqsadli tuzilishini aniqlashi kerak va aynan kompaniya kapitalining o‘rtacha og‘irligini hisoblashda foydalaniladigan kapital elementlarining maqsadli nisbatlarini aniqlaydi. SHunday qilib, WACC har bir yangi ko‘tarilgan yoki marjinal kapital birligining o‘rtacha og‘irligidir.
Jahon miyosidagi bir qator konsalting firmalarining hisob-kitoblariga ko‘ra yirik kompaniyalar kapitalining o‘rtacha qiymati kompaniyaning riskliligi va moliyalashtirish tarkibidagi qarz mablag‘larining ulushiga qarab sezilarli darajada o‘zgaradi. Riskli biznes sohalarida ishtirok etadigan kompaniyalar kapitalning o‘rtacha yuqori narxiga ega. Biroq ular odatda kamroq qarz mablag‘laridan foydalanadilar. Ushbu ikki omil barqaror biznes sohasida faoliyatyuritadigan kompaniyalarga nisbatan kapitalning o‘rtacha og‘irlikdagi yuqori narxiga olib keladi. Ammo ko‘proq riskli kompaniyalar odatda yuqori daromad olish uchun katta imkoniyatlarga ega bo‘lib, ular loyihalarda sezilarli darajada daromad oladilar.



Download 1.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling